К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’LIMDA FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH: XXI ASR SHAROITIDA YANGI METODIK YONDASHUVLAR

Jumayeva Mukarrama Bekzod qizi

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada funksional savodxonlik tushunchasi, uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va uni shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘quvchilarning hayotga mos, qo‘llaniladigan bilimlar asosida fikrlay olish, muloqot qilish, axborot bilan ishlash, qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik yondashuvlar tavsiya etiladi. Tajribaviy kuzatuvlarga asoslangan natijalar va takliflar keltiriladi. Kalit so‘zlar: funksional savodxonlik, XXI asr ta‘limi, tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati, metodik yondashuv, real hayotga tayyorgarlik XXI asr insonidan faqat bilimli bo‗lish emas, balki o‗z bilimini turli hayotiy vaziyatlarda samarali qo‗llay olish, axborotni tahlil qilish, fikrini asoslay olish va boshqa shaxslar bilan samarali muloqotda bo‗lish talab etiladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, o‗quvchilarda funksional savodxonlikni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Funksional savodxonlik bu — o‗quvchining o‗rgangan bilimlarini real hayotda qo‗llay olish layoqati, ijtimoiy faoliyatda, kasb tanlashda, qaror qabul qilishda foydalana olish qobiliyatidir. Ushbu ko‗nikmalarni shakllantirish uchun ta‘limda an‘anaviy yodlash va testga yo‗naltirilgan yondashuvlardan voz kechilib, faol, interaktiv va amaliyotga yaqin metodlar joriy qilinmoqda. Funksional savodxonlikni shakllantirish uchun qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan asosiy metodlar quyidagilardan iborat: Muammoli vaziyatlar asosida o‘qitish — o‗quvchi fikrlaydi, izlanadi, takliflar beradi. Masalan, kundalik hayotda uchraydigan ekologik, iqtisodiy, huquqiy muammolarni muhokama qilish orqali real qarorlar chiqarishga o‗rganiladi. Hayotiy topshiriqlar orqali o‘rganish — do‗kon narxlari taqqoslanadi, budjet tuziladi, mehnat shartnomasi tahlil qilinadi. Bu orqali o‗quvchi turmushga tayyorlanadi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar — ―nega?‖, ―agar bo‗lsa-chi?‖, ―alternativa bormi?‖ kabi savollar yordamida o‗quvchi mulohaza yuritishga o‗rganadi. Axborot savodxonligini shakllantirish — matn, infografika, statistika, jadvallar ustida ishlash orqali o‗quvchining tahliliy salohiyati kuchayadi. Bahs va munozara — turli nuqtai nazarlarni taqqoslash, o‗z fikrini asoslash va himoya qilish, muloqot etikasi, madaniyatli qarama-qarshilikni o‗rganish imkonini beradi. Raqamli vositalar orqali o‘qitish — funksional savodxonlikni mustahkamlashda raqamli vositalar, xususan, test platformalari, video darslar, onlayn jadvallar, elektron grafik tahlil vositalari keng imkoniyat yaratadi. Amaliyotda kuzatilgan holatlar shuni ko‗rsatdiki: 190 worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI  Real hayotga yaqinlashtirilgan topshiriqlar orqali o‗quvchilarda savodxonlik ko‗rsatkichlari an‘anaviy metodlarga qaraganda 30–40% yuqori bo‗ldi.  Maktabda tashkil etilgan ―savodxonlik haftaligi‖ doirasidagi interaktiv darslarda o‗quvchilar o‗z fikrini mustaqil ifodalash, fakt va statistikaga tayanish ko‗nikmalarini egalladi.  O‗quvchilarning ko‗pchiligi huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy mavzularga oid savollarga hayotiy yondashuv asosida javob bera oldi. Funksional savodxonlik o‗quvchining kelajak hayotiga tayyorgarligidir. Bu savodxonlik o‗qish va yozish bilan cheklanmaydi; u axborotni tahlil qilish, xulosalash, ehtiyojga qarab harakat qilish, qonuniy va iqtisodiy bilimlarni hayotga tatbiq etish qobiliyatini ham o‗z ichiga oladi. Shuning uchun maktab ta‘limi faqat nazariy bilimlar emas, balki kundalik hayotda to‗g‗ri yo‗l topishga xizmat qiladigan amaliy kompetensiyalarni shakllantirishi lozim. O‗quv dasturlarining mazmuni, baholash tizimi, o‗qituvchining roli shunga mos ravishda yangilanmog‗i zarur. Funksional savodxonlik bugungi ta‘limning asosiy mezoni bo‗lib, o‗quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlashda muhim rol o‗ynaydi. Uni shakllantirish uchun quyidagilar zarur:  dars mazmunini hayotga yaqinlashtirish;  faollikka yo‗naltirilgan metodlardan foydalanish;  muloqot va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga alohida e‘tibor berish;  AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanish. Shu yondashuvlar orqali o‗quvchilar maktabda olgan bilimlarini real hayotda to‗laqonli qo‗llay oladigan, funksional jihatdan tayyor shaxslarga aylanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. UNESCO. (2022). Building Functional Literacy for Lifelong Learning. 2. OECD. (2019). Skills for 21st Century Learners. 3. O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi. (2021). Ta’limda funksional savodxonlik bo‘yicha metodik tavsiyalar. 4. Sa‘dullayeva, M. (2023). Funksional savodxonlik: ta’limdagi yangi paradigma. ―Ta‘lim va innovatsiya‖ jurnali, 2(1), 12–19. 5. Hasanov, S. (2022). Tanqidiy fikrlash va hayotiy topshiriqlarning integratsiyasi. // ―Pedagogik metodika‖, №4. 191 worldlyjournals.com

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada funksional savodxonlik tushunchasi, uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va uni shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada funksional savodxonlik tushunchasi, uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va uni shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muloqot madaniyati, metodik yondashuv, XXI asr ta’limi, real hayotga tayyorgarlik, tanqidiy fikrlash, funksional savodxonlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники