К содержанию
РецензированоUZ2025

ENDOFIT MIKROORGANIZMLARNING FARMOKOLOGIK AHAMIYATI VA BIOTEXNOLOGIK QO’LLANILISHI

BIOTEXNOLOGIK QO’LLANILISHI · Olimjonova Maxliyoxon · Mamurjonova Farangiz

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 3–29 · 2025

Аннотация

ushbu maqolada endofit mikroorganizmlar – bu o‘simlik to‘qimalarida yashovchi, biroq ularga zarar yetkazmaydigan mikroorganizmlar bo‘lib, ular o‘zaro foydali aloqalar orqali o‘simliklar hayotiy faoliyatini yaxshilaydi. Ushbu mikroorganizmlar o‘zlarining ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarish qobiliyati tufayli farmakologik va biotexnologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, endofitlar tomonidan sintez qilinadigan bioaktiv moddalar antibakterial, antifungal, antivirus, antikansoregen, immunostimulyator va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning farmatsevtik qo‘llanilish salohiyati juda keng. Ayniqsa, Taxomyces andreanae tomonidan ishlab chiqariladigan taksol, Fusarium turlaridan olingan camptothecin kabi moddalar saraton kasalliklariga qarshi dori vositalarining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, endofitlar biotexnologiyada fermentlar ishlab chiqarishda, o‘simlik himoyasida, biopreparatlar yaratishda va atrof-muhitni bioremediasiya qilishda keng qo‘llanilmoqda. Biotransformatsiya va genetik muhandislik usullari orqali bu mikroorganizmlarning faoliyatini optimallashtirish imkoniyati ham mavjud. Ushbu maqola endofit mikroorganizmlarning farmakologik ahamiyati, ularning ishlab chiqarayotgan bioaktiv metabolitlari va biotexnologik sohalardagi qo‘llanilishi haqida ilmiy-analitik yondashuv asosida tahlil qiladi. Yangi dori vositalarini yaratish va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqishda endofitlarning o‘rni yildan-yilga ortib bormoqda. Shu sababli, bu mikroorganizmlarni chuqur o‘rganish nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb hisoblanadi. Kalit so‘zlar: endofit mikroorganizmlar, farmakologik ahamiyat, bioaktiv metabolitlar, antibakterial modda, antifungal, antikansoregen, immunostimulyator, biotexnologiya, biotransformatsiya, genetik muhandislik, taksol, camptothecin, fermentlar, biopreparatlar, o‘simlik himoyasi, biofarmatsevtika, dori vositalari, bioremediasiya, ikkilamchi metabolitlar, bioaktiv birikmalar.

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada endofit mikroorganizmlar – bu o‘simlik to‘qimalarida yashovchi, biroq ularga zarar yetkazmaydigan mikroorganizmlar bo‘lib, ular o‘zaro foydali aloqalar orqali o‘simliklar hayotiy faoliyatini yaxshilaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada endofit mikroorganizmlar – bu o‘simlik to‘qimalarida yashovchi, biroq ularga zarar yetkazmaydigan mikroorganizmlar bo‘lib, ular o‘zaro foydali aloqalar orqali o‘simliklar hayotiy faoliyatini yaxshilaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘simlik himoyasi, biofarmatsevtika, biopreparatlar, bioaktiv metabolitlar, biotransformatsiya, bioaktiv birikmalar., endofit mikroorganizmlar, antikansoregen, farmakologik ahamiyat, antifungal, camptothecin, dori vositalari, biotexnologiya, immunostimulyator, fermentlar, ikkilamchi metabolitlar, taksol, antibakterial modda, genetik muhandislik, bioremediasiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники