К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDULLA QAHHOR NASRIDA IRONIK KONTEKST YARATISHDA GRAMMATIK VOSITALARNING ROLI

Ergasheva Zebo Odiljon qizi

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulla Qahhor nasrida ironik kontekst yaratishdagi grammatik vositalarning roli tahlil qilinadi. Adibning hikoyalarida hazil, kinoya, istehzo orqali ijtimoiy-tanqidiy g‘oya berilishi kuzatiladi va bu holat aynan tilning grammatik tuzilmalari orqali kuchaytiriladi. Qahhor dialog va muallif nutqida turli sintaktik qurilmalar, zamon shakllari, majhul nisbat, inkor shakllar va bog‘lovchilar vositasida ikki ma'nolilik, kinoya va kulgili paradokslar yaratadi. Maqolada Qahhor ijodidan olingan aniq misollar orqali ironiyani kuchaytiruvchi grammatika vositalari turlari o‘rganiladi: fe’l zamonlarining almashuvi, inkor va ijobiy gaplarning ziddiy uyg‘unligi, parallel tuzilma va ifodaviy ziddiyat, ironik ohang hosil qiluvchi yordamchi birliklar. Shuningdek, ironiyaning pragmatik vazifalari – tanqid, ijtimoiy fikr ifodasi, obrazni fosh etish, ijtimoiy-hayotiy muammolarni yengil kulgu orqaligina emas, balki grammatik shakllar orqali teran berish xususiyatlari yoritiladi. Maqola grammatik-stilistik tahlil metodlari asosida yozilgan bo‘lib, Abdulla Qahhor ijodining stilistik poetikasini chuqur anglashga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Abdulla Qahhor, ironik kontekst, grammatika vositalari, fe’l zamonlari, inkor shakllar, majhul nisbat, sintaksis, badiiy uslub, o‘zbek nasri, tanqidiy ohang, stilistika, dialog, istehzo. Abdulla Qahhor nasrida grammatika vositalari faqatgina ifoda vositasi sifatida emas, balki badiiy- estetik ma’no yaratish, ayniqsa, ironiyani yuzaga chiqarishda samarali ishlatilgan vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Qahhor o‘z hikoyalarida tilning sintaktik, morfologik va intonatsion imkoniyatlarini chuqur his etgan holda, oddiy grammatik shakllar orqali teran mazmun, nozik kinoya va hazil-istehzo uyg‘unligini yaratishga erishadi. Ironik kontekstlarning samarali ta’siri aynan muallifninggrammatik vositalarni badiiy niyatga muvofiq ravishda ishlatganligidadir. Qahhorning “Sinchalak”, “Og‘riq”, “Tabib” kabi hikoyalarida ironiyaning tabiiy va o‘tkir chiqishi, ko‘p jihatdan, sintaktik qurilishlar va intonatsion ohang bilan chambarchas bog‘liq. Jumladan, gapdagi bo‘laklarning tartibini o‘zgartirish, takroriy sintaktik qurilmalar, leksik-funksional ziddiyatlar ironiyani kuchaytiradi. Masalan, bir xil grammatik konstruksiyalarda ikki xil ma’no talqini berish orqali Qahhor kulgili, ammo ijtimoiy tanqidiy ohang hosil qiladi. Bu usul ko‘pincha muallifning tanqidiy pozitsiyasini, jamiyatdagi sun’iylik, zohiriy madaniyat, riyo va ikkiyuzlamachilikni fosh qilishdaishlatiladi. Qahhor ironiyasi odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kinoya emas, balki grammatika orqali bilinar-bilinmas ko‘rinishda vujudga keladi. Shuningdek, fe’l zamonlarining ustalik bilan almashinuvi, ayniqsa, hozirgi zamon shaklida aytilgan gaplar orqali kelajakdagi nomaqbul oqibatlar tasvirlanib, o‘quvchida kinoyaviy ohang uyg‘otiladi. Bunda ayniqsa, majhul nisbatdagi fe’llar, nisbat shakllari, inkor gaplar orqali mavjud holat bilan aytilayotgan fikr o‘rtasidagi zidlikni ochish muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ijobiy ohangda tuzilgan jumlalarning aslida salbiy yoki tanqidiy ma’noanglatishi ham Qahhor ironiyasining grammatik asoslaridan biridir. “Domla juda yaxshi odam, faqat gapini hech kim tushunmaydi” kabi konstruksiyalar grammatik jihatdan ijobiy shaklda bo‘lsa-da, semantik jihatdan salbiy baho beriladi. Bunday uslubik vositalar personaj xarakterini ochishda, ijtimoiy munosabatlarga tanqidiy munosabat bildirishdao‘tasamarali vositabo‘lib xizmat qiladi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Shuningdek, Qahhor grammatik parallelizmdan foydalanib, kulgili, biroq mazmunan achchiq haqiqatlarni ironik shaklda ifodalaydi. Jumladan, bir nechta gapni bir xil fe’l shaklida, ammo mazmunan zid holatlarni ifodalovchi tarzda tuzish orqali dramatik vaziyatlarga kulgili ohang beradi. Bu uslub Qahhor nasrining o‘ziga xosligiga xizmat qiluvchi kuchli stilistik belgilardan biridir. Ironik kontekst yaratishda yordamchi so‘zlar, bog‘lovchilar va ta’kidlovchilarni joyida ishlatish ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, “degan bo‘ldi”, “go‘yoki”, “axir”, “yana ham” kabi vositalar orqali muallif nutqiga kinoyaviy ohang, ijtimoiy masofani ko‘rsatish, yoki personajni kulgili holatga tushirishkabi maqsadlar amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda, Abdulla Qahhor ironiyasi faqat leksik darajada emas, balki chuqur grammatik asosga ega. U har bir gap tuzilishini, fe’l shaklini, bog‘lovchi va yordamchi vositalarni ehtiyotkorlik bilan tanlab, ularni g‘oyaviy yuklama bilan birlashtiradi. Bu orqali u o‘z asarlarida nafaqat kulgu uyg‘otadi, balki teran ijtimoiy mazmunni, tanqidiy fikrni, madaniy va ma’naviy muammolarni ham kinoyaviy tarzda ilgari suradi. Qahhor ijodidagi ironik kuch aynan grammatik vositalarning badiiy niyat bilan uyg‘unlashganligida namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan, u o‘zbek nasriy stilistika

Доказательный фрагмент

«Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulla Qahhor nasrida ironik kontekst yaratishdagi grammatik vositalarning roli tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulla Qahhor nasrida ironik kontekst yaratishdagi grammatik vositalarning roli tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdulla Qahhor, sintaksis, badiiy uslub, tanqidiy ohang, o‘zbek nasri, stilistika, dialog, inkor shakllar, grammatika vositalari, fe’l zamonlari, ironik kontekst, majhul nisbat, istehzo.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники