К содержанию
РецензированоUZ2025

MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA HAVONING IFLOSLANISH DARAJASI VA ATROF-MUHITGA TA’SIRINING HUDUDIY FARQLARI

Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasidagi havo ifloslanishining asosiy manbalari, ifloslantiruvchi moddalarning kontsentratsiyasi, ularning salomatlik va ekologik tizimlarga ta’siri hamda ushbu jarayonning hududlar bo‘yicha farqlari tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar, masofadan zondlash va ekologik monitoringlar asosida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston hududlarida havoning ifloslanish darajasi solishtirilib, ta’sirzonalarianiqlangan. Kalit so‘zlar: Havo ifloslanishi, PM2.5, SO₂, NOx, ekologik xavf, Markaziy Osiyo, urbanizatsiya, sanoatlashtirish, transchegaraviy ifloslanish. Markaziy Osiyo — o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoitga ega bo‘lgan mintaqa bo‘lib, sanoatlashtirish, urbanizatsiya, transport vositalari ko‘payishi va tabiiy resurslardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida havo sifati yildan-yilga yomonlashmoqda. Aholi salomatligi va ekologik barqarorlik uchun muhim omillardan biri bo‘lgan atmosfera havosining ifloslanishi bugungi kunda mintaqaviy darajadagi dolzarb muammoga aylangan. So‘nggi yillarda PM2.5 va PM10 zarrachalari, azot oksidi (NOx), oltingugurt dioksidi (SO₂) va karbonat angidrid (CO₂) kontsentratsiyalarining yuqoriligi mintaqaning yirik shaharlarida va sanoat markazlarida keng tarqalgan. Shu bilan birga, Orol dengiziinqirozi natijasidayuzaga kelgan chang-tuz aralashmalari ham havo sifatiniyomonlashtiruvchi muhimomillardan biridir. Mazkur maqolada ushbu ifloslanish darajasining mintaqa davlatlari bo‘yicha hududiy tafovutlari, salomatlik vatabiiy muhitga ko‘rsatgan ta’siri tahlilqilinadi. Tadqiqot quyidagi metodik asoslarga tayanadi:  Statistik tahlil: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO), IQAir, World Bank va mahalliy ekologik agentliklar ma’lumotlari asosida PM2.5, NOx, SO₂ va boshqa asosiy ifloslantiruvchilarning yilliko‘rtacha miqdori aniqlangan;  Masofadan zondlash: MODIS va Sentinel-5P sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari orqali ifloslanishning tarqalishi vazichligi vizualizatsiya qilingan;  GIS asosidagi hududiy xaritalash: mintaqaning yirik sanoat markazlari, transport yo‘llari va ekologik xavfzonalari xaritada aks ettirilgan;  Hududiy taqqoslash: beshta Markaziy Osiyo davlati bo‘yicha asosiy shaharlarda havo sifatining solishtirmatahlili;  Salomatlik va ijtimoiy ta’sir: aholining respirator kasalliklari, allergiya va yurak-qon tomirmuammolarining ifloslanishbilan bog‘liqligi statistiktahlil qilindi. Hududiy ifloslanish darajalari: Mintaqa/ShaharPM2.5 (µg/m³) SO₂ (ppb)NOx (ppb)Aholigata’siri Toshkent (UZ) 38 8.2 12 Yuqori Olmaota(KZ) 45 10.5 14 Yuqori worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Mintaqa/ShaharPM2.5 (µg/m³) SO₂ (ppb)NOx (ppb)Aholigata’siri Dushanbe (TJ) 29 6.1 9 O‘rta Bishkek (KG) 34 7.4 11 Yuqori Ashxobod(TM) 25 5.9 8 Nisbatan past Asosiy ifloslanish manbalari:  Transport vositalari: Toshkent, Olmaota va Bishkekda avtomobillarning ko‘pligi havoning sifatsizlanishiga sabab bo‘lmoqda.  Sanoat korxonalari: Olmaota viloyatidagi metallurgiya va ko‘mir zavodlari; Toshkent va Chirchiq atrofidagi kimyo vaqurilish sanoatiifloslanishning yuqori darajasini belgilaydi.  Tabiiy faktorlar: Orolqum chang-zarrachalari Mo‘ynoq va Nukus orqali butun mintaqaga tarqalib, havoningsifati vako‘rish masofasiga ta’sirqilmoqda.  Qurilish va urbanizatsiya: ko‘plab yangi qurilishlar chang hosil bo‘lishini kuchaytirmoqda. Atrof-muhit va sog‘liqkata’siri:  Yiliga taxminan 8–10 mingdan ortiq nafas olish yo‘llari kasalliklari havoning yomonlashuvi bilan bog‘liq (WHOma’lumotlariga ko‘ra);  O‘simlik qoplami kamaymoqda, ayniqsa shahar atrofida chang va gazlarning ko‘pligi fotosintez jarayonini susaytirmoqda;  Bolalar va keksalar orasida astma, bronxit, yurak-qon tomir kasalliklari ko‘rsatkichlari ortmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlar Qozog‘iston va O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Bu holat ayniqsa yirik shaharlar, sanoat tumanlari va transport markazlarida kuchli ifodalangan. Mintaqaning umumiy iqlimi qurg‘oqchil bo‘lib, yog‘ingarchilik kamligi havoda ifloslantiruvchi moddalarni uzoqsaqlanishiga olib keladi. Orolbo‘yi hududida esa havoning ifloslanishi an’anaviy antropogen omillar bilan emas, balki tabiiy–antropogen (Orol dengizi tubidan ko‘tarilgan tuz va chang) manbalar bilan izohlanadi. Bunday ifloslanish uzoqmasofalarga tarqalib, transchegaraviy ekologik xavfga aylanmoqda. Yuqoridagi muammolarni yumshatish uchun mintaqada ekologik monitoring tizimlarini integratsiyalash, avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatish, yashil hududlarni kengaytirish va transport tiziminimodernizatsiya qilish dolzarb hisoblanadi. Markaziy Osiyo mintaqasida havo ifloslanishining darajasi va atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siri sezilarli darajada hududiy farqlarga ega. Bu tafovutlar iqlimiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan bog‘liq. Ayniqsa, yirik shaharlar va sanoat hududlarid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasidagi havo ifloslanishining asosiy manbalari, ifloslantiruvchi moddalarning kontsentratsiyasi, ularning salomatlik va ekologik tizimlarga ta’siri hamda ushbu jarayonning hududlar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasidagi havo ifloslanishining asosiy manbalari, ifloslantiruvchi moddalarning kontsentratsiyasi, ularning salomatlik va ekologik tizimlarga ta’siri hamda ushbu jarayonning hududlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Havo ifloslanishi, SO₂, PM2.5, sanoatlashtirish, transchegaraviy ifloslanish., ekologik xavf, NOx, Markaziy Osiyo, urbanizatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники