К содержанию
РецензированоUZ2025

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MILLIY MUSIQA TO‘GARAGI RAHBARINING PEDAGOGIK MAHORATI VA REPERTUAR MASALALARI

Kalliev Abatbay

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan milliy musiqa to‘garagi rahbarining pedagogik mahoratini shakllantirish, uning ijodiy yondashuvi,ijodiy tarbiya berishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, to‘garak faoliyatida tanlanadigan repertuar mazmuni, uningyoshlardunyoqarashi vamilliy o‘zliknianglashga ta’siri haqidaham fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: milliy musiqa, pedagogik mahorat, to‘garak rahbari, repertuar tanlovi, oliy ta’lim, ijodiy yondashuv. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: Bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday murakkab vazifalarni qо‘yayotganini barchamiz kо‘rib, bilib turibmiz. Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish, dunyo miqyosida raqobatbardosh bо‘lish uchun xalqimizni, avvalambor, yoshlarimizni ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat, taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz kerak. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga kо‘tarish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oliygohlarimizni ta’lim va ilm-fanning yirik markazlariga aylantirish bо‘yicha boshlagan katta ishlarimizni jadal davom ettirishimiz lozim1 – degan edi. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda oliy ta’lim muassasalari bilan birga darsdan tashqari to‘garaklar faoliyati shakshubhasiz katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan milliy musiqa to‘garaklari bu borada muhim pedagogik vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu to‘garaklar orqali talabalar nafaqat milliy musiqiy merosimiz bilan tanishadilar, balki o‘z iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Milliy musiqa to‘garagi rahbarining pedagogik mahorati esa bu jarayonning samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. To‘garak rahbarining musiqiy bilim va ko‘nikmalari, tarbiyaviy yondashuvi, ijodiy izlanishlari hamda repertuar tanlashdagi yondashuvi talabalar dunyoqarashiga, ularning milliy qadriyatlarni anglashigabevosita ta’sirko‘rsatadi. Oliy ta’lim muassasalaridagi milliy musiqa to‘garagi rahbari yuqori darajadagi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Bunday pedagog nafaqat milliy musiqamizning boy merosini chuqur bilishi, balki uni talabalarga ta’sirchan va zamonaviy usullar bilan yetkazib bera olishi kerak. Uning bilim doirasi milliy cholg‘ular, xalq qo‘shiqlari, an’anaviy musiqiy janrlar va ularning tarixiy ildizlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, u notalarni o‘qish va yozish, musiqiy asarlarni tahlil qilish, ularni sahnada jonlantirish kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerak. Pedagogik mahorat faqat bilim bilan cheklanmaydi. U to‘garak mashg‘ulotlarini samarali tashkil eta olishi, talabalar bilan individual va guruhli ishlashga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarga ega bo‘lishi zarur. Har bir talabaning qiziqishi, iste’dodi va ehtiyojlarini inobatga olgan holda darslarni rejalashtira olishi, ularni rag‘batlantirib, ijodiy faoliyatga jalb eta bilishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, milliy musiqa to‘garagi rahbari talabalarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, estetik did va san’atga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini tarbiyalay oladigan bo‘lishi lozim.2 Uo‘z faoliyatida xalq og‘zaki ijodiyotidan, milliy 1MirziyoyevSh.О‘zbekistonо‘qituvchivamurabiylariga//gaz.О‘zbekistonadabiyotivasan’ati.–Toshkent,“Sharq”. 2021yil,1oktabr.№40.(4647) 2RasulovK.Pedagogikmahorat.–Toshkent.2007-yil.230b. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI qadriyatlarimizdan keng foydalanishi, shu asosda innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqib, yangi sahna ishlanmalarini yaratishga intilishi kerak. Shuningdek, rahbar kuchli kommunikativ ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qila olishi, jamoada ishlashga qodir bo‘lishi zarur. U to‘garak faoliyatini ommalashtirish, turli madaniy tadbirlarni tashkil etish va talabalarni ko‘rik-tanlovlarga tayyorlash orqali ularning sahnaviy madaniyatini yuksaltiradi. Umuman olganda, oliy ta’lim muassasalaridagi milliy musiqa to‘garagi rahbarining pedagogik mahorati – bu chuqur bilim, ijodkorlik, yuksak tarbiyaviy salohiyat vazamonaviypedagogik yondashuvlarning uyg‘unligidir. So‘nggi yillarda milliy musiqiy boyliklarni tiklash, to‘plash, nashr qilish hamda ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini o‘rganish bo‘yicha e’tiborga molik ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, bu ulkan bebaho xazinaning qamrovi va ko‘lami oldida qilingan ishlarni talab darajasida deb bo‘lmaydi.3 Qudratli tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo‘lgan xalq musiqa ijodiyotidan ta’lim tizimida, xususan, oliy ta’lim muassasalarida dars va darsdan tashqari (turli madaniy-ommaviy tadbirlar, badiiy havaskorlik to‘garaklari, ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik va hokazo) faoliyatlarda keng foydalanishni yanada kuchaytirish, birinchidan, ta’lim mazmunini boyitsa, ikkinchidan, ta’limning milliy negizini mustahkamlaydi. Xo‘sh, oliy ta’lim muas

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan milliy musiqa to‘garagi rahbarining pedagogik mahoratini shakllantirish, uning ijodiy yondashuvi,ijodiy tarbiya berishdagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan milliy musiqa to‘garagi rahbarining pedagogik mahoratini shakllantirish, uning ijodiy yondashuvi,ijodiy tarbiya berishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodiy yondashuv., pedagogik mahorat, milliy musiqa, oliy ta’lim, to‘garak rahbari, repertuar tanlovi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники