К содержанию
РецензированоUZ2025

VRACHLAR ICHIDA ENG KO’P CHARCHAYDIGANLAR KIMLAR TIBBIYOT HODIMLARIDA SURUNKALI CHARCHOQ SINDROMI TAHLILI

Allamurodova BaxtigulBoymurodovna · Ilmiyrahbar: Saidov JasurBaxtiyorovich

Журнал научных исследований и их решений · 5 · 2025

Аннотация

Tibbiyot xodimlarining professional faoliyati yuqori darajadagi jismoniy va emotsional zo‘riqish bilan kechadi. Bu esa ularning katta qismini surunkali charchoq sindromi (SChS)ga duchor qiladi. Ushbu maqolada tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar orasida charchoq darajasi, uni yuzaga keltiruvchi omillar va eng ko‘p xavf ostida bo‘lgan shifokorlar guruhlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida profilaktika va kasbiy salomatlikni saqlash bo‘yicha tavsiyalarishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: surunkali charchoq sindromi, shifokorlar stressi, tibbiyotda kuyish (burnout), psixoemotsional zo‘riqish, sog‘liqni saqlash xodimlari Tibbiyot — bu inson salomatligi, hayoti va xavfsizligini tiklashga qaratilgan yuqori mas'uliyatli kasblardan biridir. Shifokorlar doimiy stress, tungi navbatchiliklar, o‘z vaqtida dam olmaslik, emotsional yuklama va bemorlar hayoti uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu holat ko‘p hollarda surunkali charchoq sindromi (SChS) va kasbiy “kuyish” sindromi (burnout) rivojlanishiga olib keladi. Bu sindromlar esa nafaqat shifokorning sog‘lig‘iga, balki uning diagnostik xatolarga yo‘l qo‘yish ehtimoliga, kasbiy faoliyat sifatiga va bemor xavfsizligiga ham salbiy ta’sirko‘rsatadi. Bugungi maqoladoirasidaquyidagi savollarga javob topishgaharakat qilinadi:  Vrachlar ichidaeng ko‘pcharchaydiganlarkimlar?  Qaysi omillarsurunkali charchoqni kuchaytiradi?  Kasbiy “kuyish”ga qarshi qanday chora ko‘rish mumkin? So‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasida mehnat qiluvchi xodimlar, xususan vrachlar o‘rtasida surunkali charchoq sindromi (SChS) va kasbiy “kuyish” (burnout) holatlari sezilarli darajada oshgan. Bu holat COVID-19 pandemiyasi davrida yanada keskinlashib, tibbiyot xodimlarining psixofiziologik toliqishi, ruhiy bosim ostida ishlash ko‘rsatkichlari, hissiy resurslarning tugashi holatlarini yuzaga keltirdi. Surunkali charchoq — bu oddiy “charchadim” degan ibora emas. Bu — energetik, emotsional, psixik va jismoniy quvvatning doimiy pasayib boruvchi holati bo‘lib, professional faoliyatga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vrachlar bu jarayonda nafaqat o‘z salomatligidan, balki kasbiy samaradorlikdan, bemorga bo‘lgan e’tibordan va yangiliklarga intilishdan ham voz kechishga majburbo‘lishimumkin. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Bu holatning xavfli tomoni shundaki, ko‘plab tibbiyot xodimlari uni vaqtincha holat sifatida qabul qiladi va professional charchoqni odatiy hol deb baholaydi, shuning uchun davolanish yoki ruhiy yordam olishga murojaat qilmaydi. Mazkur maqola doirasida tibbiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar o‘rtasida surunkali charchoq sindromining tarqalishi, asosiy sabablari va uning sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, eng ko‘p charchovchi tibbiy yo‘nalishlar aniq ko‘rsatilib, muammo yechimi bo‘yicha takliflarberiladi. Tahlil 3 ta davlat va 2 ta xususiy klinikada faoliyat yuritayotgan 120 nafar tibbiyot xodimi (shifokor, hamshira, feldsher) o‘rtasida so‘rovnoma asosida olib borildi. Shuningdek, 2019–2024 yillar oralig‘ida e’lon qilingan 15 ta xalqaro maqola va SChSga oid ilmiy tadqiqotlartahlil qilindi. So‘rovnomada quyidagilar baholandi:  Ish haftasi davomiyligi  Tungi navbatchiliklar soni  Sog‘lom uyqu miqdori  Emotsional toliqish darajasi (Maslach Burnout Scaleasosida)  Ishdan qoniqishdarajasi  Kasbiy xavf darajasi (intensivlik,reanimatsiya, tez yordam, tug‘ruqxonalar) So‘rovnoma asosidaolingan asosiy natijalar: Surunkali charchoqka uchrash Mutaxassislik Asosiysabablar darajasi Reanimatologlar 87% Tungi navbatchilik, yuqori xavf Tez yordam vrachlari 82% Shoshilinch holatlar, kuchli stress Ginekologlar / Tungi chaqiriqlar, emotsional 75% akusherlar yuklama Mas’uliyatli qarorlar, uzoq Jarrohlar 71% operatsiyalar Bemorlarga ko‘p muomala, hissiy Terapevtlar 62% “yig‘ilish” Hamshiralar 68% Jismoniyzo‘riqish, kam baholanish Boshqa natijalar:  70%tibbiyot xodimlari o‘zini muntazamcharchagan deb his qiladi.  60%dan ortig‘i kuniga 6soatdan kam uxlaydi.  48%ish joyini o‘zgartirish yoki kasbdan ketishni o‘ylab ko‘rgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, reanimatologlar, tez yordam vrachlari va akusher-ginekologlar surunkali charchoq sindromiga eng ko‘p duchor bo‘lmoqda. Bunga asosiy sabablar — tungi worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI navbatchiliklar, doimiy tayyorlik holati, yuqori kasbiy mas'uliyat, hayot-mamot vaziyatlari va bemorning jismoniyva ruhiy ahvoli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shug‘ullanishdir. SChS ko‘pincha ruhiy tushkunlik, motivatsiya yo‘qolishi, bemorlarga nisbatan sovuqqonlik, ishda e’tiborsizlik va hatto jismoniy kasalliklar shaklida namoyon bo‘ladi. Bu esa tibbiyot xodimining kasbiy sifatini pasaytiri

Доказательный фрагмент

«Tibbiyot xodimlarining professional faoliyati yuqori darajadagi jismoniy va emotsional zo‘riqish bilan kechadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tibbiyot xodimlarining professional faoliyati yuqori darajadagi jismoniy va emotsional zo‘riqish bilan kechadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sog‘liqni saqlash xodimlari, shifokorlar stressi, tibbiyotda kuyish (burnout), psixoemotsional zo‘riqish, surunkali charchoq sindromi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники