Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ORQA MIYA JAROHATLARI FONIDA OSHQOZON SHILLIQ QAVATIDAGI MORFOLOGIK VA FUNKSIONAL O‘ZGARISHLAR: PATOGENETIK BOG‘LIQLIK VA KLINIK ASORATLAR
VA KLINIK ASORATLAR · SoliyevAbbosjon Alisher oʻgʻli · МОРФОЛОГИЧЕСКИЕИ ФУНКЦИОНАЛЬНЫЕИЗМЕНЕНИЯСЛИЗИСТОЙ (Buxoro davlat tibbiyot instituti.) · ПАТОГЕНЕТИЧЕСКАЯВЗАИМОСВЯЗЬИКЛИНИЧЕСКИЕ ОСЛОЖНЕНИЯ (Buxoro davlat tibbiyot instituti.)
Научный информационный бюллетень · 8 · 2025
Аннотация
Spinal cord injuries are severe conditions that lead to dysfunction of the central nervous system. These injuries affect not only motor and sensory functions but also the activity ofinternal organs, particularly the stomach. Studies have shown that following spinal cord injury, patients develop gastric microcirculatory disturbances, reduced secretion and motility, as well as dystrophic and inflammatory changes in the gastric mucosa. Morphologically, capillary stasis, glandular cell atrophy, and impaired epithelial regeneration are observed. Over time, such alterations may progress to gastritis, stress ulcers, gastric atrophy, and even dysplasia. This article reviews the underlying pathophysiological mechanisms and assesses potential clinical outcomes based onscientificliterature. Keywords: spinal cord injury; autonomic dysfunction; gastric morphology; microcirculation; stress ulcer; gastritis; secretory cells; atrophy; histological changes. Orqamiya jarohatlari: etiologiyasi, uchrash chastotasi vaasoratlari Orqa miya jarohatlari (OMJ) markaziy asab tizimining og‘ir patologiyalaridan biri bo‘lib, harakat, sezuv va ichki organlar faoliyatida chuqur buzilishlarga olib keladi. Ushbu holat, odatda, to‘satdan yuzaga keladi va bemorhayot sifatinikeskin yomonlashtiradi. OMJning asosiy sabablarini travmatik va no-travmatik omillarga ajratish mumkin. Travmatik sabablarga avtomobil va mototsikl halokatlari, balandlikdan qulashlar, sport jarohatlari va zo‘ravonlik bilan bog‘liq shikastlanishlar kiradi. Bu guruhga kiruvchi holatlar, ayniqsa, 20–40 yoshli faol aholi orasida ko‘p uchraydi. No-travmatik holatlar esa o‘sma, orqa miya infarkti, infeksion mielit yoki degenerativ-distrofik kasalliklar kabi surunkali jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 250 mingdan ortiq yangi OMJ holatlari qayd etiladi. Uchrash chastotasi hududlar bo‘yicha farq qiladi — ba’zi mamlakatlarda har 100 000 aholiga 10–20 ta holat to‘g‘ri kelsa, yo‘l-transport vositalariga tobelik yuqori bo‘lgan hududlarda bu ko‘rsatkich 50 taga yetadi. O‘zbekistonda aniq statistik ma’lumotlar yetarli emas, biroq mavjud tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, har yili yuzlab yangi bemorlar ushbu tashxis bilan shifokorlar qaramog‘iga tushadi. Ko‘pchilik hollarda avtohalokatlar, qurilish yoki ishlab chiqarish sohasidagi baxtsiz hodisalar yetakchi sabab bo‘lib chiqadi. Erkaklar ushbu jarohatlarga ko‘proq duchor bo‘lishadi. Orqa miya zararlanganda nafaqat harakat va sezuv tizimi, balki vegetativ asab tizimi ham ishdan chiqadi. Buning natijasida turli asoratlar rivojlanadi. Asabiy boshqaruvning buzilishi ichki organlar — ayniqsa yurak, o‘pka, oshqozon-ichak tizimi, siydik-tanosil a’zolari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oshqozonda motorika pasayadi, shilliq qavat ishemiyaga uchraydi, stress yaralar paydo bo‘lishi mumkin. Nafas olish muammolari yuqori bo‘yin sohasi zararlanganda tez- tez uchraydi. Teri ostida yotgan joylarda yotoq yaralari (dekubituslar), qon aylanish sekinlashuvi 832 fonida tromboz va emboliya holatlari kuzatiladi. Siydik ajratish buzilishi, jinsiy faoliyatning so‘nishiesa bemorning ruhiy holatiga ham salbiyta’sirqiladi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue1,Iyun 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Ko‘rinib turibdiki, orqa miya jarohati bu faqatgina harakat tizimi muammosi emas, balki butun organizmga ta’sir qiluvchi kompleks holatdir. Bunday bemorlarni erta bosqichda aniqlash, neyroxirurgik va simptomatik yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya dasturlarini tizimli olib borish — asoratlarni kamaytirish va hayot sifatini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan ham O‘zbekiston sharoitida ushbu yo‘nalishda maxsus ixtisoslashgan markazlar faoliyatini kengaytirish vaprofilaktik tadbirlarni kuchaytirish dolzarb masalalardan biridir. Orqa miya jarohatlarining oshqozonga ta’siri: patofiziologik mexanizmlar morfologik o‘zgarishlarvaklinikasoratlar Orqa miya jarohatlarida asabiy boshqaruv buzilishi butun organizm, xususan, ichki a’zolar faoliyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Bunda oshqozon, vegetativ (avtonom) innervatsiyaga kuchli bog‘liq bo‘lgan a’zo sifatida, eng tez va aniq reaksiya bildiruvchi tizimlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ko‘krak va bo‘yin sohasidagi orqa miya shikastlarida bu holat yanada keskin namoyon bo‘ladi. Oshqozon nerv bilan boshqarilishi, asosan, vagus nervi orqali amalga oshadi. Biroq orqa miya orqali o‘tuvchi simpatik va parasimpatik tolalar ham uning sekretsiyasi, motorikasi va qon ta’minotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Orqa miya zararlanganda bu nerv yo‘llari uziladi yoki bosimostidaqoladi, buesa oshqozonfaoliyatidabir qatoro‘zgarishlarga olib keladi. Eng birinchi yuzaga keladigan o‘zgarish — bu vegetativ disfunktsiyadir. Natijada oshqozonning qon bilan ta’minlanishi (mikrosirkulyatsiya
Доказательный фрагмент
«Spinal cord injuries are severe conditions that lead to dysfunction of the central nervous system.»
Образец извлечения
Демо-превьюSpinal cord injuries are severe conditions that lead to dysfunction of the central nervous system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- spinal cord injury, autonomic dysfunction, gastric morphology, microcirculation, atrofiya, orqa miya jarohati, histologik o‘zgarishlar., sekretor hujayralar, stress-yara, gastrit, vegetativ disfunktsiya, mikrosirkulyatsiya, oshqozon morfologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026