К содержанию
РецензированоUZ2025

AUTIZM BOLALARDA NUTQNING O‘ZIGA XOSLIGI

Sadinova ShohidaIbragimovna

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada autizm spektridagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarda nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari yoritilgan. Nutqiy nuqsonlarning shakllanishi va darajalari, xususan, mutizm, exolaliya, intonatsion xususiyatlar va kommunikativ faoliyatga bo‘lgan ehtiyojlarning sustligi asosida to‘rt guruhga ajratilgan. Har bir guruhning o‘ziga xos nutqiy belgilarini tahlilqilishorqali autizmli bolalarga individual yondashuvning muhimligi asoslanadi. Kalit so‘zlar: Autizm, nutqiy nuqson, mutizm, exolaliya, kommunikativ faoliyat, nutq rivojlanishi,avtonom nutq, emotsional-irodaviy jarayonlar. Autizmli bolalarda nutqiy nuqsonlar kommunikativ jarayonlarning komponentlarini yetarlicha bo’lmasligida namoyon bo’ladi. Turli xil nutqiy nuqsonlar kuzatiladi. Bolalarning bir qismida mutizm kuzatiladi. Mutizm nutqning yo‘qligi bilan namoyon bo’ladi nutqiy kommunikatsiya va kommunikativ- talablar doirasiga bog’liq ravishda emotsional-iroda jarayonlari nutqning o'ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Mutizmni yuzaga kelishini nutq faoliyatining shakllanishidagi nuqson emas, balki nutqiy muloqotga bo’lgan motivatsiyaning yo‘qligi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.Biroq mutizmniifodalanish darajasi turlicha bo’ladi. To’liqmutizmdanutqning impressiv tomoninirivojlanishi judasustifodalangan. Alohida tovushlar va tovushlar birikmasi so‘z va ibora shaklida namoyon bo’lmaydi hamda autizmlibolada qiziqish uyg‘otmaydi. Verbal darajadagi barcha muloqotlardan vozkechishlari natijasidaularda passiv so'zlar zahirasini deyarli bo’lmaydi. Eshituvdiqqati zaifvarivojlanmagan. Bunday bolalarni tekshirish davomida, bolaga qaratilgan nutq ularda uni idrok etish, unga taqlid qilish xoxishi yo‘qday tuyuladi. Inson nutqi autizmli bolani qo'rqitadi hamda undato’liq emotsionalnoqulaylikni yuzaga keltiradi. Ba’zibolalarda nutqrivojlanishining zaminiham yo‘qdir. Bundaynutq nuqsonlari ko‘pinchaintellektual kamchiliklar bilan birgalikda yuzaga keladi. Ikkinchi guruh bolalari qisman mutizmdan qiynaladilar. Birinchi guruh bolalariga nisbatan nutqning saqlangan imkoniyatlari mavjud. Ushbu bolalarni nutqiy imkoniyatlarini nutqni to’liq rivojlanmaganligining birinchi darajasidagi nuqsonlar bilan taqqoslash mumkin. Ushbu bolalarning bir qismida nutq nuqsonlari birinchi va ikkinchi darajadagi nutqni to’liq rivojlanmaganligida namoyon bo’ladi. Autizmli bolaning nutqi logopat 931 bolaning nutqidan farqli ravishda avtonom ifodalanadi, ya’ni nutq sotsiumga qaratilmaydi hamda alohidatovushlarbirikmasi bilan ifodalanadi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue1,Iyun 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Uchinchi guruh bolalarda nutq birmuncha shakllangan bo’lib, tahminan nutqning to’liq rivojlanmaganligini ikkinchi va uchinchi darajalarigamos keladi. Biroq ikkinchi guruhdagilar singari nutq manzilsiz,aniq birshaxsga, birorbir obyektga nutqni qaratilishi yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Nutqning rivojlanishidagi bu bosqichda autizmli bola o‘zining “men” ini so‘z bilan ifodalash sohasida juda katta qiyinchiliklarga duch keladi. O‘zini “men” so’zi bilan ifodalashning qiyinchiliklari autizmli bolaning o‘zini tushunishi, o'zining shaxsini shakllanishidagi murakkabliklar bilan bog’liq. Autizmli bola o'zining ismini aytmaydi va 1 shaxsdagi olmoshni nutqida qo’llamaydi. O‘zi haqida ikkinchi va uchinchi shaxsda gapiradi. Uning nutqi exolaliya, nutqiy shtamplar, tovush birikmalari, so'z birikmalari yoki alohidajumlalarda ifodalanadi. Nutqining intonatsion tomoni o'ziga xosbo’lib, ovozi sun’iy, ba'zan falset ovoz bilan ajralib turadi. To'rtinchi guruhdagi bolalarda nutqining rivojlanish darajasini birmuncha yetarlichaligi bilan xarakterlanadi. Bola uzoq vaqt monologik nutqni olib boraoladi. Biroq dialogik nutqni olibborishi o'ziga xos qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Nutqiy stereotiplar, shtamplar, avtonom namoyon bo'lishning sustligi ifodalanadi. Biroq ushbu kamchiliklaryuqori nutqrivojlanishdarajasi bilan yumshatiladi hamda qisman namoyon bo'ladi. Shuni takidlash joizki ajratilgan nutq buzilishlariga ega bo'lgan autizmli bolalarning ajratilgan to'rt guruhi mustaqil tasnif bo'lib, K.S.Lebedinskaya, O.S.Nikolskaya (autizmli dizontogenez tipiga taaluqli emas). Autizmli bolalarda nutqning o‘ziga xos rivojlanishi ularning psixologik va emotsional holatlari bilan bevosita bog‘liq. Nutqning shakllanishi nafaqat fiziologik jarayon, balki sotsial va kommunikativ ehtiyojlar bilan ham belgilanadi. Shu sababli autizmli bolalarning nutqini rivojlantirishda individual yondashuv, ijtimoiy muhitni moslashtirish va maxsus pedagogik metodlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ularning nutqiy rivojlanishini tahlil qilishda har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini, emotsional fonini va motivatsion holatini inobatga olish zarur. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, autizmli bolalarda nutqning o‘ziga xosligi ularning emotsional,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada autizm spektridagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarda nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada autizm spektridagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarda nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mutizm, kommunikativ faoliyat, nutqiy nuqson, avtonom nutq, nutq rivojlanishi, Autizm, emotsional-irodaviy jarayonlar., exolaliya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники