Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LOLADOSHLAR OILASI (LILIACEAE) NING EKOLOGIYASI VA BIOLOGIYASI.
Abdullayev Oybek Shakirjanovich · Erkinboyeva GuljaxonOzodbek qizi
Научный информационный бюллетень · 8 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda introduksiya qilinayotgan manzarali daraxt va butalar bioekologiyasi keltirilgan. Eng kop introduksiya qilinayotgan o’simliklardan Loladoshlar oilasi (Liliaceae) bo’lib Yevroosiyo, Afrika va Shimoliy Amerikaning mo’tadil mintaqalarida tarqalgan 45 avlod va 1 300 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning uncha ko’p bo’lmagan turlari Afrika va Janubiy Amerikaning tropiklaridagi tog’larda uchraydi. Biz shu o’simlik xaqida to’liq ma’lumotyoritib beramiz. Калитсўзлар:Manzarali o’simliklar, buta, iqlim,daraxt, tur, turkum. Loladoshlar oilasi (Liliaceae) Yevroosiyo, Afrika va Shimoliy Amerikaning mo’tadil mintaqalarida tarqalgan 45 avlod va 1 300 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning uncha ko’p bo’lmagan turlari Afrika va Janubiy Amerikaning tropiklaridagi tog’larda uchraydi. Loladoshlar -piyozli ko’pyillik o’simliklar. Ularning eng balandi Himolaydagi gigant kardiokrinum (Cardiocrinum giganteum) bo’lib, bo’yi 4 m ga yetadi. Eng kichigi - Janubiy Afrikadagi mitti litantusning (Litanthus pusillus) bo’yi esa 25 mm bo’lib, uning piyozi no’xatdek keladi. Loladoshlar orasida ikkita epifit turlar ma’lum. Bular Madagaskar orolidagi urgeniyasimon rodokodon (Rhodocodon urgeneoides) va Sharqiy Osiyodagi daraxtsimon liliya (Lilium arboricola). Biroq daraxt po’stlog’idagi mox qatlami orasida ularning ham piyozi bor. Odatda ko’payish piyozchalarining chuqurlashishi maxsus tortuvchi ildizlar yordamida amalga oshadi. Bu ildizlar yo’g’on va etli bo’lib, qurib borgan sayin kaltalashadi hamda piyozchalarni pastga tortib ketadi. Lolalarda (Tulipa) piyozchalarning chuqurlashishi ularjoylashgan stolonlaryordamida amalga oshadi. 996 Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue1,Iyun 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Loladoshlarning piyozlari ko’p yillik, bir necha yillik halqalardan iborat bo’lishi yoki bir yillik, har yili qayta hosil bo’lishi mumkin. Har ikkala holda ham piyozlar faqat barg tangachasidan, faqat pastki tangachadan yoki ularning har ikkalasidan iborat bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda etli g’amlovchi tangachalardan tashqari pardasimon tangachalar ham bo’lib, ularning uchi yer ustiga ham chiqadi va yashil barglarning asosini o’rab turadi. Bir yillik piyozlarda barcha tangachalar vegetatsiya oxirida qurib qoladi va ular orasida avvalroq guldor poyaning asosida shakllangan o’rindosh piyoz shakllanadi. Ko’p yillik piyozlarda tangachalarning bir qismi quriydi, shu sababli bir necha yillik qurigan tangachalar yig’ilib qoladi. Yer ustki guldor poyalari bargli, bargsiz strelkalar yoki faqat gulli bo’lishi mumkin. Faqat gulli poyalarda barcha barglar ildizoldi barglardan iborat bo’ladi. Barg yaprog’i butun, ko’pincha tig’simon yoki tasmasimon, ba’zan yuraksimon va 6 bandli (Cardiocrinum va Drimiopsis avlodlarida) bo’ladi, odatda parallelsimon tomirlanadi. Gullari mayda yoki yirik, yakkayoki to’pgullarga, odatda shingilgayig’ilgan. Gul oldi bargchalari odatda mayda, ba’zan yirik sariq barglar ko’rinishida poyaning yuqorisida yig’ilgan (Fritillarianing ayrim turlari, Eucomis turkumida). Gullari ikki jinsli, aktinomorf, kam hollarda zigomorf (masalan, Camassia, Fritillaria, Bellevalia, Muscari va Lachenalia turkumlarining ayrim turlarida, Cardiocrinumda). Gulqo’rg’on tojsimon, 2 qator joylashgan 6 qismdaniborat. Loladoshlarning gullari xushbo’y hidli, juda ko’p miqdorda nektar ajratadi, turli hasharotlar yordamida, ayrimlari esa qushlar yordamida changlanadi. Mevasi - ko’sakcha. Urug’lari yassi yoki sharsimon. Urug’ining tarqalish usuli bo’yicha Loladoshlar ko’pincha ballistlarga mansub, ya’ni mevasi yetilgach, ko’sakcha yoriladi va undagi urug’lar ma’lum masofaga otilib ketadi. Bu usul uchun tik va egiluvchan poya xos bo’lib, meva yetilish vaqtida shamol yoki boshqa ta’sir ostida chayqalib turadi hamda urug’ni qadimgi qamal quroli - ballista (toshotar) singari otadi. Bunday o’simliklar (anemoxor ballistlar) urug’i yassi bo’lib,ularda shamoldatarqalishga yordam beradigan moslamalarmavjud. Ayrim Loladoshlarning (mirmekoxorlar) urug’ini chumolilar tashib ketadi. Ularning poyalari meva yetilish vaqtida yerga egiladi. Urug’ida elayosomalar - etli va yumshoq qo’shilmalar bo’lib, ular urug’dan oson ajraladi va chumolilar tomonidan iste’mol qilinadi. Loladoshlar bir-biridan yaqqol ajralib turuvchi 997 2 kenja oilaga: loladoshlar (Lilioideae) va ssilladoshlar (Scilloideae) kenja oilalariga ajraladi. 7 Loladoshlar kenja oilasi 4 bo’g’inga taalluqli 10 avlod va taxminan 470 ga yaqin turni o’z ichiga oladi.Bu kenja oilavakillari shimoliyyarimsharda uchraydi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue1,Iyun 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. LOLADOSHLAROILA
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda introduksiya qilinayotgan manzarali daraxt va butalar bioekologiyasi keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda introduksiya qilinayotgan manzarali daraxt va butalar bioekologiyasi keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Manzarali o’simliklar, tur, turkumManzarali o’simliklar, turkum, daraxt, buta, iqlim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014