К содержанию
РецензированоUZ2025

" OG’RIQ QABUL QILINMAYABDI" AYOLLARDA SURUNKALI OG’RIQLARNI E'TIBORDAN CHETDA QOLISHI

E'TIBORDAN CHETDAQOLISHI · AllamurodovaBaxtigul Boymurodovna · Ilmiy rahbar:SaidovJasur Baxtiyorovich

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

Surunkali og‘riq sindromlari dunyo bo‘yicha millionlab insonlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayollarda surunkali og‘riqlar erkaklarga nisbatan ko‘proq uchrasa-da, ularning shikoyatlari ko‘pincha yetarli darajada jiddiy qabul qilinmaydi. Ushbu maqola ayollarda og‘riqni baholashdagi gender noadollik, psixosomatik yondashuvlarning salbiy oqibatlari va tibbiyotdagi sistematik muammolarni tahlil qiladi. Maqolada ilmiy manbalar va klinik kuzatuvlar asosida yechimlar taklifetiladi. Kalit so‘zlar: surunkali og‘riq, gender noadolligi, psixosomatik tashxis, endometrioz, ayol sog‘lig‘i,sog‘liqnisaqlashda stigma Surunkali og‘riq — bu 3 oydan ortiq davom etuvchi og‘riq holati bo‘lib, u organizmda davomli patologik jarayon mavjudligini bildiradi. Ayollar orasida surunkali og‘riq, ayniqsa, endometrioz, fibromialgiya, surunkali tos og‘rig‘i, migren, IBS (ichak sindromi) kabi tashxislar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ko‘pi hayot sifati, mehnatga layoqat, jinsiy va ruhiy salomatlikka salbiy ta’sirko‘rsatadi. Ammo muammo shundaki: ko‘plab ayollar o‘z og‘riqlarining yetarlicha jiddiy qabul qilinmasligidan, "haddan tashqari emotsional" yoki "psixologik muammosi bor" degan noto‘g‘ri qarashlarga uchrayotganidan shikoyat qilishadi. Bu esa ularni ruhiy tushkunlikka, o‘zini ayblashga vasog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishga olib keladi. Tadqiqotda 2022–2024 yillar oralig‘ida O‘zbekiston va xorijdagi 20 dan ortiq ilmiy maqola va kasbiy tibbiy maqolalar tahlil qilindi. Shuningdek, 30 nafar 25–45 yosh oralig‘idagi ayollar bilan chuqurlashtirilgan suhbatlar (intervyular) o‘tkazildi. So‘rovlar asosida ularning og‘riq shikoyatlari, tibbiyxizmatdan qoniqish darajasi varuhiy holatlari baholandi. 30 nafar ayoldan 24 nafari (80%) og‘riq sababli bir necha bor vrachga murojaat qilgan, ammo dastlabki tashxislar asossiz “vegetativ distoniya”, “nevroz”, “stress” yoki “ayollik holati” deb belgilangan. 1006 Endometrioztashxisi kechikkan holatlar: 7ta Fibromialgiya bilanyashayotgan,lekinrasmiy tashxis olmaganlar: 9nafar Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue1,Iyun 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. 18 nafar respondent tibbiy xizmatdan “beparvo yondashuv”, “kuchsizlik deb qabul qilish”, “shikoyatni psixologik deb hisoblash”holatlariga uchragan. 22 nafar ayol shikoyatlariga e’tibor qaratilmagani sababli ruhiy tushkunlik, o‘ziga ishonchsizlik, ijtimoiychekinish holatlarini boshidankechirganini bildirgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sog‘liqni saqlash tizimi ayollarda surunkali og‘riqni baholashda gender noaniqliklardan aziyat chekmoqda. Ayollarning og‘riqqa bo‘lgan individual javobi biroz emotsionalroq ko‘rinsa ham, bu ularning shikoyatlarini psixologiklashtirish uchun asos bo‘lolmaydi. Bu yondashuv nafaqat bemor salomatligiga, balki vaqtida qo‘yilmagan tashxis, asoratlar vasamarasizdavolashga olib keladi. Ayrim sindromlar, xususan:  Endometrioz—diagnostikasi o‘rtacha 5–7yilga kechikadi  Fibromialgiya —ko‘plab hollarda“tasavvuriy og‘riq” sifatidanoto‘g‘ri baholanadi  Surunkali tos og‘riqlari — ginekologik yoki nevrologik nuqtai nazardan yetarlicha o‘rganilmaydi Bu esa kasbiy e’tiborsizlik, ayollik sog‘lig‘iga bo‘lgan sistematik beparvolik va bilim yetishmasligining oqibatidir. Ayol organizmi erkaknikidan biologik, gormonal va emotsional jihatdan farq qiladi. Shu bois har bir og‘riq shikoyati chuqur baholanishi, differensial diagnostika asosida tahlil qilinishi kerak. "Bu oddiy hayz og‘rig‘i", yoki "sizda psixologik muammo bor" degan noto‘g‘ri yondashuvlar—sog‘liqnisaqlashdagi gender tengsizligining mahsulidir. Ayollarda surunkali og‘riqni yetarlicha jiddiy baholamaslik — bu shunchaki diagnostik xato emas, bu sog‘liqni saqlash tizimidagi ijtimoiy va jinsiy tenglik muammosidir. Bu og‘riqlarni “psixologik” deb chetga surish nafaqat ayol bemorga, balki jamiyatning sog‘lom genofondiga xavftug‘diradi. Tibbiyot sohasi uchun tavsiyalar:  Ayollar og‘riqlarini jiddiy klinikmezonlarasosidabaholash  Ginekologik va nerv-sohasiga oid og‘riqlarda genderga sezgirprotokollar ishlab chiqish  Tibbiyot xodimlarini genderga oid tibbiyetikaga o‘rgatish  Surunkaliog‘riqlarbilan ishlovchi mutaxassislarni ko‘paytirish  Ayol sog‘lig‘ibo‘yichaixtisoslashtirilgan klinikalar tarmog‘ini kengaytirish Foydalanilganadabiyotlar 1. Fillingim R.B. et al. (2021). Sex, Gender, and Pain: A Review of Recent Research. Pain, 162(2), 456–465. 2. WHO. (2022). Gender and Health: Addressing Pain Inequities in Women's Health. 1007 Geneva. 3. Della Guardia M. et al. (2020). Endometriosis and Delay in Diagnosis: An Analysis. European Journal of Obstetrics & Gynecology,250,94–100. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue1,Iyun 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : r

Доказательный фрагмент

«Surunkali og‘riq sindromlari dunyo bo‘yicha millionlab insonlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Surunkali og‘riq sindromlari dunyo bo‘yicha millionlab insonlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
endometrioz, gender noadolligi, surunkali og‘riq, psixosomatik tashxis, ayol sog‘lig‘i, sog‘liqni saqlashda stigma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники