К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGIDA YaLLIG‘LANIShGA QARShI DORI VOSITALARINING O‘RNI

QARShIDORI VOSITALARINING O‘RNI

Научный информационный бюллетень · 8 · 2025

Аннотация

Chronic obstructive pulmonary disease (COPD) is a recurrent and progressive disorder characterized by airway obstruction and persistent inflammation. Inflammation plays a crucial role in its pathogenesis. Therefore, anti-inflammatory therapy is central to the management of COPD. This article analyzes the anti-inflammatory drugs used in COPD, their mechanisms ofaction, and clinical efficacy. Keywords: COPD, corticosteroids, roflumilast, mucoactive and antioxidant agents, PDE-4 inhibitors. Mavzuning dolzarbligi. O‘SOK dunyo bo‘ylab katta miqyosda tarqalgan va o‘lim holatlari yuqori bo‘lgan kasalliklardan biri sanaladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘SOK 2030 yilga kelib o‘lim sabablari orasida uchinchi o‘ringa chiqishi mumkin. Bu kasallikning asosiy patogenetik mexanizmi — nafas yo‘llarining doimiy yallig‘lanishi va shu bilanbog‘liqtug‘mato‘sqinlikdir. Yallig‘lanishga qarshi dorilar nafas yo‘llaridagi yallig‘lanishni kamaytirish, simptomlarni yengillashtirish va kasallikning progressiyasini sekinlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ularning to‘g‘ri va oqilona qo‘llanilishi O‘SOKni uzoq muddatli boshqarish va bemorning hayot 28 sifatiga ijobiyta’sirko‘rsatadi. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) o‘limning asosiy sabablaridan biriga aylanmoqda. Har yili taxminan 3 mln. inson o‘limiga O‘SOK sabab bo‘ladi va barcha Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. o‘limlarning 4,8 %ini tashkil qiladi, 2030 yilga kelib o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha 4-o‘rinni egallashi mumkin (BSST). Buning asosiy sabablaridan biri kasallikning kech aniqlanishidir [3,6,7]. O‘SOK tarqalishi yoshga bog‘liq ravishda, ayniqsa 40 yoshdan so‘ng (37 %) ko‘payib boradi, shuningdek ayollarga qaraganda erkaklarda ko‘puchraydi [2,9,10]. O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda o‘lim xavfi o‘tkazgan xurujlar soniga qarab ortadi. Kasallik qo‘zg‘alishining asosiy sabablari – traxeobronxial infeksiya va aeropollyutantlarning (atrof muhitning ifloslanishi) agressiv ta’siridir. O‘SOK uchun nafas yo‘llarining obstruksiyasi xarakterli bo‘lib, odatda kuchayib boradi va bu surunkali yallig‘lanish reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi [3,5]. Kasallikning qo‘zg‘alishi o‘pkaning spesifik va nospesifik himoyasini susayishi, o‘pka to‘qimasini zararlaydigan, virulentligi yuqori bo‘lgan mikroorganizmlar fonida sodir bo‘ladi. Patogen mikroorganizmlar ishlab chiqargan toksinlarga organizm yallig‘lanish reaksiyasi bilan javob qaytaradi, bu esa kasallikning qo‘zg‘alishiga va og‘irlashishiga sabab bo‘ladi. Bakterial qo‘zg‘atuvchilar orasida H. Influenzae (52%), Moraxella satarrhalis (13%), Streptococcus pneumoniae (16,5%), Enterobacteriaceae va Pseudomonas aeruginosa asosiy o‘rinni egallaydi. O‘SOKning qo‘zg‘alishida bakterial omil mavjudligi antibakterial terapiya o‘tkazishni talab qiladi. Shu sababdan ham O‘SOKni kompleks davolashda antibakterial terapiya ham muhimo‘rin egallaydi [1,11]. O‘SOKda antibakterial terapiya o‘tkazish o‘pka to‘qimasiga bakteriyalarning salbiy ta’sirini kamaytiradi, kasallikning kuchayishini va ikkilamchi bakterial infeksiyani oldini oladi, o‘pka to‘qimasini zararlanishini kamaytiradi. Shu o‘rinda shuni ham hisobga olish kerakki, O‘SOKning qo‘zishi 50-60 %dan ko‘p holatlarda bakterial infeksiya bilan bog‘liq emas. Avdeev S.N. keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘SOK qo‘zishining 4 ta biologik klasteri farqlanadi: bakteriyalar bilan bog‘liq (35%), balg‘am eozinofiliyasi (24%), virusli (34%), kuchsiz yallig‘lanishli(11%) [9]. Tekshiruv materiallari va metodi. Google Scholar ma’lumotlar bazasida O‘SOKni davolashda yallig‘lanishga qarshi dori vositalarini ratsional qo‘llash va tanlash to‘g‘risida maqolalar tahlil qilindi. Asosiy qism. O‘SOKdagi yallig‘lanishning asosiy sababchisi ingalyatsiya qilingan zararli agentlar — birinchi navbatda sigaret tutini va atmosfera ifloslanishidir. Bu agentlar tufayli makrofaglar, neytrofillar, CD8+ T-limfotsitlar va boshqa yallig‘lanish hujayralari faollashadi. Bu hujayralar yallig‘lanish mediatorlarini — interleykinlar (IL-1β, IL-6, IL-8), tufayli oksidlashtiruvchistress, proteazalar vaboshqalarni ishlabchiqaradi. Yallig‘lanish nafas yo‘llarining devorlaridagi epitelial o‘zgarishlar, bezovtalik va ekssudatsiyani keltirib chiqaradi, natijada havo oqimi cheklanadi. Buning oqibatida nafas qisilishi, yo‘tal va balg‘am ajralishi kabi simptomlar yuzaga keladi. Shu sababli yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi terapiya patogenetik maqsadni ko‘zlaydi. Yallig‘lanishga qarshidorilarning turlari 1.Ingalyatsionkortikosteroidlar(IKS) 29 IKSlar O‘SOKda keng qo‘llaniladigan eng samarali yallig‘lanishga qarshi dorilar qatoriga kiradi. Ular: Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 8,issue2,Iyul 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKInd

Доказательный фрагмент

«Chronic obstructive pulmonary disease (COPD) is a recurrent and progressive disorder characterized by airway obstruction and persistent inflammation.»

Образец извлечения

Демо-превью

Chronic obstructive pulmonary disease (COPD) is a recurrent and progressive disorder characterized by airway obstruction and persistent inflammation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
COPD, corticosteroids, roflumilast, mucoactive and antioxidant agents, PDE-4, kortikosteroidlar, O‘SOK, mukoaktiv va antioksidant vositalar, PDE-4 ingibitorlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники