К содержанию
РецензированоUZ2025

ONA – HAYOTIMIZNING ASOSIY TAYNCHI

Mirzayeva Madina A'zamjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqola onalarning hayotimizdagi bebaho o'rni, ularning biz uchun tayanch ekanligi va jamiyatdagi muhim rolini o'rganadi. Maqolada onalarning farzandlar tarbiyasidagi o'rni, oila mustahkamligini ta'minlashdagi hissasi, shuningdek, jamiyatdagi faoliyati va yutuqlari tahlil qilinadi. Maqola onalarning mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati inson hayotida muhim o'rin tutishini ta'kidlaydi va ularga bo'lgan hurmatimizni namoyon etadi. Kalit so'zlar: Ona, tayanch, hayot, tarbiya, oila, jamiyat, mehr, fidoyilik, hurmat, minnatdorchilik. Annotatsiya: This article explores the invaluable role of mothers in our lives, their support and significant contribution to society. The article analyzes the role of mothers in raising children, their contribution to ensuring family stability, as well as their activities and achievements in society. The article emphasizes that the love, dedication, and patience of mothers play a crucial role in human life and demonstrates our respect for them. Kalit so'zlar: Mother, support, life, upbringing, family, society, love, dedication, respect, gratitude. Ona- bu hayotimizning eng muhim va qadrli insoni.U bizni dunyoga keltirib,mehr-muhabbat bilan tarbiyalaydi,har bir qadamimizda qõllab quvvatlaydi.Onaning mehri va fidoyiligi tufayli biz hayotning barcha sinovlariga bardosh beramiz.Uning mehri hech qanday shartga boğliq emas,onalar farzandlarini har qanday holatda ham sevadilar.Ular bizning baxtimiz uchun har qanday qiyinchiliklarga bardosh berishga tayyor. Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 82 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ona nafaqat farzandini dunyoga keltiradi,balki uning tarbiyasi,ta'limi va kamolotida ham beqiyos rõl õynaydi.Farzandining har bir yutuği va muvaffaqiyati ortida onaning mehnati va fidoyiligi yotadi.Onalar bolalarining yaxshi inson bõlib ulğayishini,jamiyatga foydali bõlishini orzu qiladilar.Ular bizga mehribonlik,adolat va insoniylik kabi fazilatlarni õrgatadilar.Onalarimizning cheksiz sabr-toqati va mehribonligi tufayli biz jamiyatda õz õrnimizni topamiz. Islom dinida ham onaning õrni va maqomi juda yuksakdir.Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: "Jannat onalarning oyoği ostidadir"deganlar. Bu hadis onalarga hurmat va ehtirom kõrsatishni naqadar muhim ekanligini ta'kidlaydi.Bu shuni anglatadiki,agar inson dunyoda onasining xizmatini qilib,uni rozi qilsa,Allohning roziligiga ham erishishi mumkin. Shuningdek,Qur'oni Karimda Alloh taolo insonlarni ota-onalariga yaxshilik qilishga buyuradi:"Biz insonga ota-onasini rozi qilishni buyurdik.Onasini uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida kõtarib yurdi..."(Luqmon surasi 14-oyat).Õzbek xalq maqollarida ham onaning õrni alohida e'tirof etilgan."Ona-farzandning quyoshi" "Onaning kõngli-farzandning boği".Bu maqollar onaning farzand hayotidagi muhim rõlini ifodalaydi.Ona farzand uchun eng ishonchli tayanch,eng mehribon dõst va eng yaqin maslahatgõy bõlib qoladi.U bizning har bir xursandchiligimizga sherik,har bir tashvishimizga esa dalda bõladi Adabiyotimizda ham ona obrazi keng yoritilgan.Masalan:Ahmad Lutfiy Qozonchining "Õgay ona" asarida ona obrazi takomili va uning farzand tarbiyasidagi õrni haqida sõz yuritiladi. Shuningdek,Abdulla Qodiriyning "Õtkan kunlar"asarida ham Kumush ona siymosi juda yorqin tasvirlangan.U mehribon,sabrli va vafodor ayol sifatida namoyon bõladi. Shunday ekan, onalarimizni qadrlash, ularning mehnatini e'tirof etish va ularga hurmat kõrsatish barchamizning burchimizdir.Har bir inson onasining tirikligiga shukr qilib,unga mehr kõrsatishi lozim.Biz ularning duolari va qõllab- quvvatlashi bilan hayotimizni yanada mazmunli va baxtiyor qilamiz. Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 83 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Aziz onajonlarimizga soğlik-salomatlik,baxt va farovonlik tilayman.Ularning chehrasida doimo tabassum,qalblarida esa tinchlik va xotirjamlik hukm sursin!Ular biz uchun eng aziz ne'mat ekanini unutmang! Xulosa: Ona - bu hayotning o'zidir. U farzandlarining dunyoga kelishi, tarbiyalanishi va kamolga yetishida bebaho o'rin tutadi. Onaning mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati inson hayotida muhim o'rin tutadi. U oilaning mustahkamligi va jamiyatning barqarorligi uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. Onalarga bo'lgan hurmatimizni doimo namoyon etishimiz, ularning mehnatini qadrlashimiz va minnatdorchilik bildirishimiz zarur. Chunki ona - bu hayotimizning asosiy tayanchidir. ADABIYOTLAR RO'YXATI: 1. Azizova, M. (2018). O'zbek ayoli: kecha va bugun. Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti. 2. Bekmurodov, A. (2015). Oila va jamiyat. Toshkent: "Fan" nashriyoti. 3. G'afurova, D. (2019). O'zbek oilasida ayolning o'rni. Toshkent: "Sharq" nashriyoti. 4. Qodirova, R. (2017). Oila psixologiyasi. Toshkent: "Navro'z" nashriyoti. 5. Umarova, N. (2016). Oila va huquq. Toshkent: "Adolat" nashriyoti. 6. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 7. Oila kodeksi. 8. O'zbek xalq maqollari va matallari (ona haqida). 9. Turli ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar. Выпуск

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola onalarning hayotimizdagi bebaho o'rni, ularning biz uchun tayanch ekanligi va jamiyatdagi muhim rolini o'rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola onalarning hayotimizdagi bebaho o'rni, ularning biz uchun tayanch ekanligi va jamiyatdagi muhim rolini o'rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ona, tayanch, hayot, tarbiya, oila, jamiyat, mehr, fidoyilik, hurmat, minnatdorchilik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники