Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSNING RIVOJLANISHIDA OLIY TA'LIMNING O'RNI
Zayniddinova Gulasal Vohidjon qizi
Современное образование и развитие · 1 · 393-396 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada shaxsning rivojlanishida oliy ta'lim asosiy omil ekanligi keltirilgan. Kalit so’z: Shaxs, oliy ta'lim, könikma, tajriba, ilmiy, madaniy, innovatsion ğoyalar. Oliy ta’lim shaxsning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, balki insonning ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishiga ham xizmat qiladi. Insonning tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olishiga yordam beradi. Universitet va institutlarda talabalarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy tajribalar ham beriladi, bu esa ularning kasbiy rivojlanishiga asos yaratadi. Shuningdek, ilmiy izlanish olib borish, yangi innovatsion g‘oyalar ustida ishlash kabi jihatlar ham shakllanadi. Oliy ta’lim jarayonida talabalar mustaqil fikrlash, muammolarni tahlil qilish va ularga innovatsion yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Tanqidiy fikrlash insonni hayotdagi har xil vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Universitet muhitida talabalar turli millat va madaniyat vakillari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning dunyoqarashini kengaytiradi, turli madaniyat va qadriyatlarni hurmat qilishga o‘rgatadi. Oliy ta’lim insonda yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar turli loyihalarda ishtirok etish, jamoaviy ishlash va o‘z fikrlarini erkin ifodalash orqali kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Faqatgina kasbiy tayyorgarlik emas, balki insonning shaxs sifatida shakllanishida ham muhim rol Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 177 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘ynaydi. U talabalarda halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, ijtimoiy mas’uliyat kabi fazilatlarni rivojlantiradi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy taʼlim tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yildagi „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni muvofiq, Oliy taʼlim oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar Oliy taʼlim oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan Oʻzbekiston Respublikasida dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy diniy oʻquv yurtlari ham bor. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet Oliy taʼlimi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikka ega boʻlish imkonini beradi. Bunda rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda oʻrganilishi majburiy va ixtiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oʻqitilish tartibi, miqdori, vaqti, nazariy va amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat, nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, reyting davri, taʼtil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoqlash muddati asosiy pedagogik hujjat — oʻquv rejasida belgilab beriladi. Oʻquv rejasida oʻrganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va taʼlimning qoʻshimcha turlari singari qismlarga boʻlinadi. Oʻquv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ koʻrinishlarida olib borilishi koʻzda tutilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI: 1.N.Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya”, Toshkent,2013 2. Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim tizimidagi faoliyati. Science and innovation, 1(B8), 322-326. Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 178 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 3. Akramova, D. (2022). Oliy ta’lim muassalari talabalarida pedagogik-psixologik moslashuvchanlikni mazmun mohiyati. Science and innovation, 1(B8), 2150-2153. 4. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ РАЗВИТИЯ МЕХАНИЗМОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ГИБКОСТИ У СТУДЕНТОВ КАК ПРОБЛЕМА СОВРЕМЕННОСТИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(8), 19-23. 5. Akramova, D. E. qizi Suvonqulova, MD (2023, January). RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VA MILLIY QADRIYATLAR NAMUNALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIGI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 393-396). 6. Akramova, D. E. qizi Azimova, XD (2023, January). MAKTABGACHA TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARIDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 382-385). 7. Ergashevna, A. D. (2023). TARBIYALANUVCHILARDA MOSLASHUVCHANLIK MEHANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. Journal of new century innovations, 23(2), 169- 173. 8. Акрамова, Д. Э., & Йўлдошева, Н. (2023). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ МАЖМУИ. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 362-364). 9. Акрамова, Д. Э., & Бобомуродова, О. Б. (2023). ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ ВА УСУЛЛАРИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА. In INTERNATIONAL CONFEREN
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada shaxsning rivojlanishida oliy ta'lim asosiy omil ekanligi keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada shaxsning rivojlanishida oliy ta'lim asosiy omil ekanligi keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shaxs, ilmiy, könikma, innovatsion ğoyalar., madaniy, oliy ta'lim, tajriba
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025