К содержанию
РецензированоUZ2025

SHAXS VA UNING TOLERANTLIK TUSHUNCHASI

Abdumamatova Shodiya Zokirjon qizi

Современное образование и развитие · 1 · 393-396 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola shaxs va uning tolerantlik tushunchasini o’rganishga bag’ishlangan. Tolerantlik, insonlarning o’zaro munosabatlarida muhim rol o’ynab, boshqalar bilan fikr almashish, murosaga erishish va tinchlikni saqlashda asosiy omil sifatida ko’riladi. Maqolada tolerantlikning ahamiyati, uning shaxsiyatini rivojlantirish va jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o’rnini ta’kidlanadi. Tolerantlikning yo’qligi itimoiy nizolar va diskriminatsiyaga olib kelishi mumkinligi haqida fikirlar keltiriladi. Kalit so’zlar: tolerantlik, insonlararo munosabatlar, murosa, tinchlik, shaxsiy rivolanish, ijtimoiy barqarorlik, o’zaro hurmat, jamiyat. Tolerantlik (lot. tolerantia — sabr-toqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻlqlik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni murakkablashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 186 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Psixologik ma’noda tolerantlik bu- individning o’z asab va ruhiy muvozanatini tiklash, muvoffaqiyatli moslashtirish, adovatga yo’l qo’ymaslik va uni o’rab turgan olam bilan ijobiy munosabatlarni rivolantirish maqsadida muammoli va inqirozli vaziyatlarda tashqi muhit bilan faol aloqa qilish qobiliyatini belgilovchi birlashma, integral xususiyat sifatida ma’no mazmun kashf etadi. Zamonaviy davrda insonlarning o'zaro munosabatlari ko'proq murakkablashmoqda. Har bir shaxs o'z hayotida yagona va takrorlanmasdir, ammo shuning barobarida turli fikr, g'oya va qarashlarga nisbatan ochiqlik ham muhimdir. Bu ochiqlik va qabul qilish qobiliyati tolerantlik deb ataladi. Tolerantlik, istisnosiz, har bir shaxsning shaxsiyati va ijtimoiy hayotida muhim o'rin egallaydi. Tolerantlik tushunchasi, asosan, boshqalar bilan o'zaro munosabatlarda muhim rol o'ynaydi. Boshqa odamlarning fikriga nisbatan ochiqlik va hurmat, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun zamin yaratadi. Biror inson o'zining fikrlarida qat'iy bo'lsa-da, boshqalar bilan muhokama qilishga tayyor bo'lishi, kelishmovchiliklar vaqtida ham murosaga erishish imkoniyatini beradi. Tolerantlikning asosiy mezonlaridan biri, har kimning o'z fikrini ifoda etish huquqiga ega ekanligini anglashdir. Insonlar orasida turlicha fikrlar, kelishuvlar, din va madaniyatlar mavjud bo'lib, ular bilan birga yashash va birlikda rivojlanish uchun tolerantlik zarur. Bu, ayniqsa, globalizatsiya jarayonida o'zining ahamiyatini yanada oshirmoqda, chunki turli madaniyatlar o'rtasida muloqot va hamkorlik sodir bo'lmoqda. Biroq, tolerantlikning yo'qligi hukumatlar va ijtimoiy guruhlar o'rtasida nizolarni, urushlarni va inson huquqlarini poymol qilishni keltirib chiqarishi mumkin. Intolerantlik va diskriminatsiya, shaxslarning qabul qilinishi va hurmat qilinishi kerak bo'lganidan qat'i nazar, hatto eng oddiy ijtimoiy munosabatlarda ham kelib chiqishi mumkin. Bu, o'z navbatida, ijtimoiy kamchiliklar va taraqqiyotning oldini oladi. Shuning uchun, shaxsning tolerantligi nafaqat individual qobiliyat, balki jamiyatning rivojlanishi uchun ham zaruriy shartdir. Odamlar o'rtasida yaxshiroq munosabatlar o'rnatish, o'zaro hurmat va muloqot asosida kompleks muammolarga yechim topish uchun yondashuvlar ishlab chiqilishi lozim. Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 187 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shaxsning tolerantlik tushunchasi nafaqat shaxsiy sifat, balki jamiyat barqarorligi va rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Shaxslar o'rtasidagi diversitetni qabul qilish, o'zaro hurmat, va o'zaro munosabatlar orqali ijtimoiy birlikni yaratish, har birimizning burchimizdir. Tolerantlik va uning ahamiyatini anglab, kelajak avlodlariga tinch va ahil jamiyatni qoldirish uchun harakat qilishimiz zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.N.Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya”, Toshkent,2013 2. Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim tizimidagi faoliyati. Science and innovation, 1(B8), 322-326. 3. Akramova, D. (2022). Oliy ta’lim muassalari talabalarida pedagogik-psixologik moslashuvchanlikni mazmun mohiyati. Science and innovation, 1(B8), 2150-2153. 4. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ РАЗВИТИЯ МЕХАНИЗМОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ГИБКОСТИ У СТУДЕНТОВ КАК ПР

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola shaxs va uning tolerantlik tushunchasini o’rganishga bag’ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola shaxs va uning tolerantlik tushunchasini o’rganishga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy barqarorlik, jamiyat., insonlararo munosabatlar, tinchlik, o’zaro hurmat, murosa, tolerantlik, shaxsiy rivolanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники