Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXAR ICHIDA VA SHAXAR ATROFIDA JAMOAT TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISH
TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISH · Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii · Olimov Ulug‘bek Dilshodjon o‘g‘Ii (Andijon Davlat Texnika Instituti) · Isroiljonov Izzatbek Ihtiyorjon o‘g‘Ii (Andijon Davlat Texnika Instituti)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Transport tarmog‘ini shahar hududlarida oqilona taqsimlash va turli xildagi shahar transportlari orasida yo’lovchilar tashishni muvofiqlashtirishda yo‘nalishlarni iloji boricha yo’lovchilar qatnovi uchun zarur bo‘lgan vaqtni tejash, ya'ni uni minimal bo‘lishi, harakat muntazamligi va tekisligini hisobga olib, yo‘nalish larning to‘g‘ri chiziqli bo‘lishiga erishish lozim. Bunday talablarning bajarilishi uchun harakatni eng qisqa yo‘nalish buyicha (amalda mavjud yo‘l va ko‘chalarni hisobga olib), aholi zich yashaydigan va markazni chetki tumanlar bilan birlashtiruvchi hamda turli xil, tutashuvchi yo‘nalishlar tashkil etish tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar: yo‘nalish, transport, avtobus, yo’lovchi. Avtobuslar harakatini tashkil etishda bir qator o‘zaro bog‘liq ekspluatasion- texnik shartsharoitlar hisobga olinishi zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 217 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT avtobuslar tarmog‘ining joylashuvi (konfiguratsiyasi); marshrutlar yo‘nalishi va xarakteri; yo‘l va bekatlarning o‘tkaza olish xususiyatlari; harakat tezligi va intervallari; avtobusning to‘lganlik darajasi va yo‘l davomida yo’lovchilarning almashinuvi. Bu shartlarning barchasi shahar planirovkasi (ayniqsa, yo‘l kommunikasiyalari joylashuvi) va uning xarakteri, aholi mavzelarining joylashuvi, yo’lovchilar oqimning ayrim transport uzellarida joylashganligi va shu kabilarga bog‘liqdir.Tashish muntazamligi marshrutdagi ma'lum sonli avtobuslar harakati muntazamligini talab etadi. Bunga esa harakat intervalining aniq bajarilishi (U) va unga mos chastota (R) ga rioya etish orqali erishiladi. Harakat chastotasi deyilganda marshrutdagi biror joydan bir soatda bir tomonga o‘tgan avtobuslar soni tushuniladi. Marshrutning biror bo‘lagida yoki kunning ayrim soatlarida yo’lovchilar oqimining o‘zgarishiga mos ravishda avtobuslarning harakat chastotasi o‘zgartiriladi. Harakat chastotasi marshrutdagi yo’lovchilar zichligi (bir soat ichida tashiluvchi yo’lovchilar soni) ga, yo’lovchilar almashuvi koeffisientiga va avtobus sig‘imiga bog‘liqdir. “Tashish cho‘qqisi” paytigato‘g‘ri keluvchi harakat chastotasini hisoblashda “tashish cho‘qqisi” soatlariga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha yo’lovchilar zichligi, boshqa paytlar uchun esa “tashish cho‘qqisi”dan boshqa payt (soatlar)dagi o‘rtacha yo’lovchilar zichligi hisobga olinishi lozim. Shahar marshrutlaridagi harakat chastotasi odatda soatiga 12-15 avtobusdan, ayrim marshrutlarda esa 4-5 avtobusdan iborat bo‘ladi. Yo’lovchilar zichligi quvvati katta bo‘lgan marshrutlarga ertalabki va kechki “tashish cho‘qqisi” soatlarida kamida 15 ta avtobus chiqarilishi lozim.Harakat intervali harakat chastotasiga bog‘liq bo‘lib, u ma'lum joy (bekatdan) navbatdagi avtobus qancha vaqt oralig‘ida avtobus o‘tishini bildiradi (U=60/Ya) va minutda o‘lchanadi. Harakat intervallari shahar marshrutlarida, odatda, 4-6 minutni va kamdan-kam qollarda 12-15 minutni tashkil etadi. Avtobuslar harakatini muntazam tashkil etish uchun ularning harakat jadvallari va grafiklari bo‘lishi zarur. Harakat grafigi har bir marshrut uchun alohida tuziladi. Bunday grafiklarni tuzishda marshrut, avtobus va haydovchilarning ish rejimlari asos qilib olinadi. Harakat fafiklarini belgilashda sutka ichi soatlarida, hafta Выпуск журнала №-22 Часть–1_ Март –2025 218 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kunlarida va yil fasllarida yo’lovchilar oqimining o‘zgarishini hisobga olish zarur.Bir guruh marshrutlar uchun harakat grafigini tuzishda, marshrutlar har birining xarakteri alohida hisobga olinadi. Bunda turli marshrutlardagi yo’lovchilar zichligi o‘zgarishi hisobga olinib, bir marshrutdan boshqasiga ayrim mikdordagi avtobuslarni o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunday o‘tkazishlarda, avtobuslar kamaytirilayotgan marshrutdagi yo’lovchilar tashish ishi jiddiy susaymaydigan bo‘lishi nazarda tutilishi lozim. Bundan tashqari, tejamkorlik nuqtai nazaridan, o‘tkaziluvchi avtobuslar bo‘sh (nolinchi) qatnovining belgilangan me'yordan ortib ketmasligiga ham e'tibor berilishi lozim.Harakat grafigi asosida harakat jadvali tuziladi. Tuzilgan jadvallar esa aholiga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish bilan birga avtobusdan oqilona foydalanishniham hisobga olgan bo‘lishi zarur. Jadvalda oxirgi punktlardan jo‘nash va ularga kelish hamda yo’lovchilar oqim ko‘p bo‘lgan uzellardan o‘tish vaqtlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday jadvallarni tuzishda sutka soatlari ichida ekspluatasion harakat tezliklarini turlicha belgilash maqsadga muvofiq, chunki yo‘llarning yuklanganligi, avtobuslarni to‘lganligi va boshqa shart-sharoitlar kun davomida o‘zgarib turadi. Shahar atrofidagi yo’lovchilarni tashishni tashkil etish shaharni unga yondosh qishloq tumanlari hamda mehnatkashlarning ommaviy dam olish joylari bilan har kuni va muntazam ravishda bog‘lashdan iborat bo‘lib yo’lovchilar oqimi nisbiy barqarorligi, peregonlarning shahardagidan kattaligi, texnik harakat tezligi hamda avtobus to‘lish darajasining nisbatan kattaligi, sutka ichida
Доказательный фрагмент
«Transport tarmog‘ini shahar hududlarida oqilona taqsimlash va turli xildagi shahar transportlari orasida yo’lovchilar tashishni muvofiqlashtirishda yo‘nalishlarni iloji boricha yo’lovchilar qatnovi uchun zarur bo‘lgan…»
Образец извлечения
Демо-превьюTransport tarmog‘ini shahar hududlarida oqilona taqsimlash va turli xildagi shahar transportlari orasida yo’lovchilar tashishni muvofiqlashtirishda yo‘nalishlarni iloji boricha yo’lovchilar qatnovi uchun zarur bo‘lgan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transport, yo‘nalish, avtobus, yo’lovchi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024