Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILAVIY MUNOSABATLARDA FARZAND TARBIYASI MASALALARI
Meliboev Doniyor Hayotjon o‘g‘li
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHaxs oilada tarbiya topadi. SHaxslararo munosabatlar ijobiy iliq bo‘lgan muhitda mustaqil fikrga ega, yangicha ilg‘or g‘oyalar mualliflari etishib chiqadi. Kalit so‘zlar: oila, shaxs, ijodiylik, mustaqil tafakkur, psixologik muhit, jamiyat, tarbiya, komil inson, samarali ta’sir, hayot maktabi Keng imkoniyatlar mamlakati bo‘lgan obod diyorimizda yoshlarni mustaqil, erkin fikrlovchi, sog‘lom turmush tarziga xos insoniy fazilatlarga ega qilib tarbiyalash borasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Oila mustaxkam bo‘lishi, uning axloqiy, huquqiy asoslari, barqarorligi komil insonni tarbiyalashning birinchi zaminidir. Oilaviy munosabatlar muhiti yaxshi bo‘lgan sharoitda farzandlarni komil inson qilib tarbiyalab voyaga etkazish imkoniyati to‘laqonlidir. Har qanday jamiyatning taraqqiy etishi, mustahkamligi shu jamiyatda tug‘ilib, shaxs sifatida shakllanadigan insonning dunyoga kelishi va voyaga etishida bosh omil bo‘lmish oilalarning barqarorligiga uzviy bog‘liqdir. Farzand taraqqiysi uchun xavfsiz, uni hissiy qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘z faoliyatini namoyon qilishga imkon beradigan tabiiy muhit oila hisoblanadi. Oilada bolalar o‘zaro munosabat, ijtimoiy rollarning ko‘nikma va malakalarini egallaydilar hamda dastlabki me’yor, qadriyat tushunchalarini shu erda anglay boshlaydilar. Oiladagi ma’naviy muhit yaxshiligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri- inoqlik, ahillik, totuvlikdir. Inoqlik oila bir-birini hurmat qilishi, bir-biriga ishonishi va suyanishi natijasida yuzaga keladi. Выпуск журнала №-22 Часть–2_ Март –2025 182 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Psixolog V.P.Levkovich tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatadiki, shaxslararo munosabatlar yomon bo‘lgan oiladagi bolalarda dushmanlik, ishonchsizlik, befarqlik va boshqa salbiy sifatlar shakllangan va bu bolaning ichki dunyosiga ham zarar etkazgan bo‘ladi. Ota-onalarning farzandlariga mehr-muhabbatli bo‘lishlari va buni to‘g‘ri ifodalab berishlari oiladagi psixologik muhitning har tomonlama sog‘lom, ma’naviy mustahkam bo‘lishiga erishishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Oiladagi axloq, odob tarbiyasi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. “Ota-ona farzandlariga berayotgan tarbiya inson shaxsi shakllanishining birinchi poydevoridir. Bu poydevor inson ma’naviy olami degan jarayonning hammasi emas, balki boshlanishi. Bu poydevor aql, idrok, ma’suliyat bilan barpo etilgan bo‘lsa uning ustiga go‘zal, mustahkam bino qo‘rish mumkin. Bu binoning chiroyi, naqshlari inson xayotining barcha davrlarida shakllanib, sayqal topib boradi.” 1 Ijobiy sifatlarni bolada shakllantirib, rivojlantirish uchun avvalo ota-ona qolaversa katta yoshdagilar o‘zlariga tanqidiy ko‘z bilan qarashlari, o‘zlarining shaxsiy namunasi bolalarga qanday ta’sir etishini o‘ylab ko‘rishlari lozim. Ota- onaning namunasi bolalar uchun ko‘rgazmali hayot darsidir. Ota-onaga, jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo‘lgan munosabati bola qalbida yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul yoki noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Faqatgina og‘zaki so‘zlar emas, balki ongli, o‘ylab qilingan ishlar bola ongi va qalbiga borib etadi. Tarbiya jarayonida oilaning tarbiyasi katta ahamiyatga ega. Kattalarning ko‘rsatmalari va xatti-xarakatlari avvalo katta avlodning ishlari, bolalar tarbiyasiga u yoki bu tomondan bevosita yoki bilvosita ta’sir etadi. Oila qurishda turmush, bolalar tarbiyasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatga tayyorlash kabi maqsadlar ko‘zlanadi. Oilani bunday ijtimoiy vazifasi jamiyat uchun ham, er – xotin uchun ham juda muhimdir. “Insonni o‘rgatib baxtli qilib bo‘lmaydi, ammo uni shunday tarbiyalash kerakki, u baxtli bo‘lsin” degan edi. A.S. Makarenko. Ota – onalar qanchalik ma’naviy boy, e’tiqodli va ta’sir usullarini bilishlari lozimki, shu darajada takomillashgan uslub orqali o‘z farzandlarini tarbiyalaydilar. 1 Yusupov E. Oila manaviyat bulog’i. Т.: 2003 y, 116-b Выпуск журнала №-22 Часть–2_ Март –2025 183 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ular faqat maslahat berish, ma’qullash, mukofatlash, jazolash, suhbat va hikoya, fikr almashish bilangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan birgalikda ishlash, ularni mehnat faoliyatiga tortish orqali ham tarbiyalaydilar. Inson o‘ziga ato etilgan baxtning to‘rtdan uch qismini oiladan, chorakdagi etar-etmas qismini boshqa narsalardan topadi. Ba’zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi o‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning kuchayib borishiga olib kelishi mumkin. O‘g‘il bolalarda feminin sifatlarning ko‘proq namoyon bo‘lishining sabablaridan biri ham oilada ota rolining, mavqeyining pastligi bo‘lsa, qiz bolalarda maskulin sifatlarining ortishiga ayolning oilada ro‘zg‘or boshqaruvi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun mas’ulligining ortganidir. Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni sog‘lom, barkamol, bilimli, mustaqil va erkin fikr sohibi etib tarbiyalashimiz muhimdir. Oilaviy munosabatlar jarayonida farzandlarni erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalasak, bundan
Доказательный фрагмент
«oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHaxs oilada tarbiya topadi. SHaxslararo munosabatlar ijobiy iliq bo‘lgan muhitda mustaqil fikrga ega, yangicha ilg‘or g‘oyalar mualliflari etishib chiqadi. Kalit so‘zlar: oila, shaxs, ij…»
Образец извлечения
Демо-превьюoila jamiyatning bir bo‘lagi. SHaxs oilada tarbiya topadi. SHaxslararo munosabatlar ijobiy iliq bo‘lgan muhitda mustaqil fikrga ega, yangicha ilg‘or g‘oyalar mualliflari etishib chiqadi. Kalit so‘zlar: oila, shaxs, ij… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik muhit, tarbiya, hayot maktabi, ijodiylik, mustaqil tafakkur, oila, komil inson, samarali ta’sir, jamiyat, shaxs
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025