Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXS KAMOLOTIDA OILANING AHAMIYATLILIGI MASALALARI
ZOKIROVA NOZIMA MAXMUDJON QIZI
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
shaxs barkamolligi masalasi bugungi kunda har tomonlama o‘rganililmoqda. Ilmiy asoslar bilan tadqiq etilib, kerakli konsultatsiyalar berib borilmoqda. Oila muqaddas dargoh. Insoniylik munosabatlari ham asosan oilada taraqqiy etadi. Kalit so‘zlar: shaxs, barkamollik, oilaviy munosabatlar, fazilat, sog‘lom turmush tarzi, axloqiy kamolot, ko‘nikma, malaka, individuallik Shaxs kamoloti borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Kelajak egalari bo‘lgan yoshlarni mustaqil, erkin fikrlovchi, sog‘lom turmush tarziga xos insoniy fazilatlarga ega qilib tarbiyalash borasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Oila va oilaviy munosabatlar masalasi ilmiy amaliy o‘rganilib tadqiq etilmoqda. Oila mustahkam bo‘lishi, uning axloqiy, huquqiy asoslari, barqarorligi komil insonni tarbiyalashning birinchi zaminidir. Darhaqiqat, har qanday jamiyatning taraqqiy etishi, mustahkamligi shu jamiyatda tug‘ilib, shaxs sifatida shakllanadigan insonning dunyoga kelishi va voyaga etishda bosh omil bo‘lmish oilalarning barqarorligiga uzviy bog‘liqdir. Oiladagi ma’naviy muhit yaxshiligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri- inoqlik, ahillik, totuvlikdir. Inoqlik oila a’zolari bir-birini hurmat qilishi, bir-biriga ishonishi va suyanishi natijasida yuzaga keladi. SHaxs kamoloti uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomilasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, etakchilik hislatlariga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi- Выпуск журнала №-22 Часть–2_ Март –2025 190 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bularning barchasi avvalo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdiqlab beradi. SHaxsning turli yosh davrlarida o‘ziga xosligini doimo inobatga olishimiz zarur. SHaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e’tiqodiga aloqador ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Tarbiya shakllarini amalga oshirishning qulay yo‘li avvalo ota-onalarning ma’naviy va huquqiy bilim saviyasini oshirish, ularda sog‘lom tafakkur va zamonaviy farzandlar tarbiyalash dunyoqarashini shakllantirishdir. Binobarin, ota-onalik shunday ma’suliyatli vazifaki, uning jamiyatimiz manfaatiga mos tarzda amalga oshirilishi uchun inson ham ma’naviy jihatdan, ham psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. Ota-onalarning har biri o‘z farzandi tarbiyasi bilan asosli ravishda shug‘ullanishi, buning uchun esa tarbiya ishining o‘ziga xos tomonlarini, qonuniyatlarini, bolaning psixologik va yosh xususiyatlarini, jismoniy va fiziologik rivojlanishi qonuniyatlarini bilishlari barkamol avlodni tarbiyalash sohasida muvaffaqiyatlarga erishishning asosiy omillaridir. Oilada bola tarbiyasining o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Psixologik adabiyotlarda ular quyidagicha: 1) oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish; 2) ota-ona obro‘sini saqlash; 3) tarbiyada ota-ona, kattalar o‘rtasida talabchanlik birligi; 4) bola shaxsini mehnatda tarbiyalash; 5) oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi; 6) bolani sevish va izzat qilish; 7) oilada qat’iy rejim va kun tartibi o‘rnatish; 8) tarbiyada bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish; 9) bola taraqqiyotini aniqlab borish; 10) bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini hosil etish va boshqalar. Oila muhitida bolalarda yoshlikdan boshlab borliqni hissiy idrok etish, boshqa odamlar haqida o‘ylash va qayg‘urish, jamoatchilik, yaxshilik, samimiylik, adolat, go‘zallik kabi axloqiy fazilatlar qaror topadi. Выпуск журнала №-22 Часть–2_ Март –2025 191 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ota-onalar shu narsani unutmasliklari kerakki, bolalarda taqlidchanlik kuchli bo‘ladi. Bu bilan bola o‘z hayotiy tajribasini boyitadi va shu bilan birga turli xil ko‘nikmalarni hosil qilib boradi. Ota-ona ibrati bola shaxsiga eng kuchli ta’sir etadigan omil hisoblanadi. Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uning ahilligi, mustaqilligi, obodonchiligi va madaniyatliligi u yashayotgan jamiyatning farovonligi hamda ma’naviyat me’zoni hisoblanadi. Demak, oila intizomi jamiyat va davlat intizomining negizidir. Oilasida intizom, axillik, inoqlilik, yaqinlariga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usi shakllangan kishi, davlat va jamiyat ishida ham shu kabi oliy tuyg‘ular sohibi, yoinki sohibasi sifatida faol xizmat qiladi. Bunday kishilar har bir ishni o‘z joyida va o‘z vaqtida belgilab, tartib-intizom asosida chin dildan, vijdonan bajaradi. Bunday intizom va tartib butun xalq va millatning sharafiga aylanadi Oilada shakllangan odob-axloq, xulq-atvor keyinchalik mahallada, mehnat jamoalarida, o‘quv muassasalarida rivojlanib shaxsning ongi va qalbiga singib boradi. FOYDALANILGSAN ADABIYOTLAR: 1.Mustaqil fikrlash. Karimova V.M, Sunnatova R.I, Tojiboyeva N. T.2000. 2. Ibrokhimjonovna T. N. PERSONAL EDUCATION AS A MAI
Доказательный фрагмент
«shaxs barkamolligi masalasi bugungi kunda har tomonlama o‘rganililmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюshaxs barkamolligi masalasi bugungi kunda har tomonlama o‘rganililmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ko‘nikma, barkamollik, axloqiy kamolot, shaxs, oilaviy munosabatlar, malaka, individuallik, sog‘lom turmush tarzi, fazilat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025