К содержанию
РецензированоUZ2025

TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARIDA CHET TILINI O‘RGANISHGA NISBATAN MOTIVATSIYA XOSIL QILISH

Abdumutalova Dilnoza Davronbek qizi (TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARIDA CHET TILINI O‘RGANISHGA) · Abdumutalova Dilnoza (Andijon davlat chet tillari instituti,) · Student of Andijan State (Andijon davlat chet tillari instituti,) · Ilmiy rahbar: Muqimjon Axunov Muhammadaminovich (Institute of foreign Lanluages)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

The article analyzes the formation of motivation for learning a foreign language among medical institute students in English and Uzbek languages and the interpretation of motivation through foreign language teaching methodology. The study of linguodidactical research on the learning of a foreign language among Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 24 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT medical institute students and the problems of foreign language teaching methodology are presented in the context of the comparative implementation of the methodology of different languages. Keywords: linguodidacty, methodology, motivation, foreign language. Mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar ezgu niyatlarga, halqimiz turmush tarzini yaxshilashga, O‘zbekistonni taraqqiy etgan mamlakatlar katoriga olib chiqishga qaratilgan. Yurtimiz kelajagi, xalq farovonligi, shu bilan bog‘liq istiqbolli rejalarimizni amalga oshirish ko‘p jihatdan zamon talablariga javob beradigan, bilimli yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan bog‘likdir. Mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri xam aynan siyosiy jixatdan yetuk, bilimli, yuqori saviyada fikrlash madaniyatiga ega, xorijiy texnologiyadan xabardor va ilmiy texnikaviy axborotlardan tibbiyot soxasiga oid zarur materiallarni tanlab oladigan, kompyuter texnologiyalarini mukammal egallagan malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Ushbu qayd etilgan vazifalalarni bajarishda barcha mutaxassislik fanlari qatori xorijiy tillarni ham o‘ziga xos alohida o‘rni borligini ta’kidlash lozim, chunki hozirgi vaqtda turli soha mutaxassislarida chet tillarni o‘rganishga nisbatan yangicha munosabat shakllanmoqda. Bu halqaro munosabatlarni o‘sishi va tobora rivojlanib borayotganligi natijasida kelib chiqqan va chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan extiyojdir. Bo‘lg‘usi vrachlarni chet tillardan xabardor bo‘lishi ularga xorijdagi ilg‘or tajribadan va tibbiyot soxasidagi yangi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, xorijdagi yetuk tibbiyotga oid muassasalarda malaka oshirib kelish imkoniyatlariga ega bo‘lishlariga katta yordam beradi. Ma’lumki, chet tillarni o‘qitishda ularga o‘rganilayotgan chet tilini o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadni to‘g‘ri tushuntirish, bu tilni kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida foydalanishi mumkinligi bilan bog‘liq qiziqarli misollar keltirish talabalarda o‘rganilayotgan chet tiliga nisbatan motivatsiyani keltirib chiqaradi. Tibbiyot talabalarini ingliz tili o‘rganishga kiziqtirish uchun turli omillardan samarali foydalanish talab etiladi. Shulardan biri o‘rganilayotgan mavzudan Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 25 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko‘zlangan maqsadni tiniq bayon qilib berish va o‘kuv materialining talabalar bilim darajasiga mos kelishidir. Bu ularda o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchni xosil qilishga yordam beradi. Agar talabalar berilgan topshiriqni kanday bajarishni bilmasalar va u talabalar bilim darajasiga nisbatan murakkab bo‘lsa, ular topshiriqni bajarishga qiziqmaydilar, ularda istak va xoxish xam bo‘lmaydi. Birok talaba berilgan topshiriqni bajara olsa, unda yana shunga o‘xshash topshiriqni bajarishga bo‘lgan istak-xoxish ortadi. Uning yutug‘ini o‘qituvchi tomonidan biroz maqtab qo‘yilishi esa talabani ruxlantirib yuboradi va unda chet tshgani o‘rganishga nisbatan motivatsiya xosil bo‘ladi. Zamonaviy interfaol usullardan o‘rinli foydalanish ham talabalardagi motizatsiyani yanada orttirishga yordam beradi. Masalan, "o‘pka" (lungs) mavzusini o‘rganishda "klaster" va "breynstroming" (aqliy xujum) kabi interfaol usullardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda o‘qituvchi o‘pka rasmidan foydalangan xolda " lungs" so‘zini o‘quv jarayoniga olib kiradi va shu so‘z yordamida klaster tuziladi. Bu so‘z birikmasi, gap va mavzuga oid fikr bildirish orqali amalga oshiriladi. Bunday ketma-ketlilik osondan murakkabga borish xususidagi didaktik tamoyilga ham mos keladi. Turli rolli o‘yinlardan foydalanish talabalarda nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga va o‘stirishga katta yordam beradi, chunki rolli o‘yinlar talabalarning faolligini oshiradi va ulardagi uyatchanlik, ikkilanish, xato qilib qo‘yishdan cho‘chish kabi psixologik to‘siklarni olib tashlashga yordam beradi. Shuningdek, individual va gurux-gurux yoki juft-juft bo‘lib ishlash ham talabalarning faolligini oshiradi. Xulosa qilib aytganda, talabalarda o‘rganilayotgan chet tiliga nisbatan motivatsiyani hosil qilish ular tomonidan o‘quv materialini o‘rganish samaradorligini oshiradi hamda ko‘nikma va malakalarni shaqllantirishni kafolatlovchi omillardan biri hisoblanadi. FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili gramatikasi.Toshkent1996 y. 2. Аракин В.Д.Практический курс англискoгo языка. Владос 2000. 3. Бархударов Л. Граматика английского языка.М.1975. 4. Белеев Н. Граматика ангилийского языка. М.1975. Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 26 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 5. Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. Toshkent 1996. Качалова К.Практическая грам

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the formation of motivation for learning a foreign language among medical institute students in English and Uzbek languages and the interpretation of motivation through foreign language teaching m…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the formation of motivation for learning a foreign language among medical institute students in English and Uzbek languages and the interpretation of motivation through foreign language teaching m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
linguodidacty, methodology, motivation, foreign language, chet tili., motivatsiya, lingvodidaktika, metodika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники