К содержанию
РецензированоUZ2025

DORIVOR LAVANDA GLIKOZIDLAR SIFATIDA AHAMIYATI

Karimova Munisa Lazizjon qizi · Rahmаnova Firuza Erdanovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada dorivor lavanda (Lavandula) o`simligi o`rganilgan bo`lib, u Lavanda turkumi,labgullilar oilasiga mansub yarim buta.O`simlikning vatani o`rta yer dengizining Fransiya va Ispaniya qirg`oqlari hisoblanadi. O`simlik tabiiy holatda yevropaning hamma joylarida, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada ekiladi. Ushbu o`simlik farmakologiya va kosmetalogiyada qo`llaniladi. Lavanda tarkibida turli xil biologik faol moddalar,jumladan,glikozidlar mavjud bo`lib,ular organizmga terapevtik ta`sir ko`rsatadi. Ushbu maqolada lavanda glikozidlarining ahamiyati va ularning dorivor xususiyatlari tahlil qilinadi. Kalit so`zlar:lavanda, glikozidlar, dorivor xususiyati,mikroblarga qarshi, yallig`lanishga qarshi,farmakologik ahamiyati Kirish: Labgullilar oilasiga mansub o`simliklar orasida lavanda o`zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur.Lavandaning hozirda 30dan ortiq tur, o`nlab kenja turlar va yuzlab gibrid navlar aniqlangan. Lavandaning 4ta asosiy turi bo`lib, ular ichida sovuqqa chidamli, turli xil jozibali navlarga ega bo`lgan va gulining go`zal ranggi bilan ajralib turadigan Lavanda vera deb nomlanadigan turi ham mavjud.Lavandaning foydalari bo`yicha o`tkazilgan tadqiqotlar uning tug`riq og`rig`ini sezilarli darajada kamaytirishi,uyqu sifati va uyqusizlik muolajasi,hamda qonning shakar darajasiga foydali ta`sir ko`rsatishi aniqlandi. Lavanda uzoq vaqtdan beri dorivor maqsadlarda qo`llanilgan. Rimliklar lavandani vannaga qo`shish uchun ishlatilgan, o`rta asrlarda esa u eng qimmatbaho efir moyi o`simliklaridan biri bo`lib, atir va sovun tayyorlashda ishlatilgan. Lavanda o`simligi ko`plab bioaktiv o`simliklarni,jumladan, efir moylari,glikozidlarni o`z ichiga oladi. Glikozidlar Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 28 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT murakkab organik moddalar bo`lib, uglevod va aglikon qismidan tashkil topgan. Lavandada quyidagi glikozidlar uchraydi: 1.Luteolin-7-O-glikozid: yallig`lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega. 2.Apigenin-7-O-glikozid: yurak-qon tomir tizimini qo`llab-quvvatlovchi ta`sirga ega. 3.Hesperidin: qon-tomirlarni mustahkamlovchi glikozid. Hesperidin va boshqa flavonoid glikozidlar yurak mushaklarini mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi va qon bosimini me`yorlashtirishga yordam beradi. Luteolin-7-O-glikozid va apigenin-7-O-glikozid yallig`lanishni kamaytirish xususiyatiga ega. Bu ta`sir artrit,astma va yurak kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Lavanda o`zining tinchlantiruvchi ta`siri bilan mashhur. Uning tarkibidagi glikozidlar asab tizimini tinchlantiradi, uyqusizlik va stressni kamaytirishga yordam beradi. Lavanda barglari va gullaridan tayyorlangan damlama glikozidlarning organizmga tabiiy ravishda singdirilishini ta`minlaydi. Buni natijasida asab tizimini tinchlantirishi, uyqu sifatini yaxshilashi, ovqat hazm qilishni yaxshilashi uchun ishlatiladi va yana lavanda glikozidlari asosidagi malham va kremlar teriga yallig`lanishga qarshi va tiklovchi ta`sir ko`rsatadi. Xulosa:Lavanda tarkibidagi glikozidlar dorivor ahamiyatga ega bo`lib,organizmga ko`plab foydali ta`sirlarni ko`rsatadi. Ular yallig`lanishga qarshi, tinchlantiruvchi va yurak faoliyatini qo`llab-quvvatlovchi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun lavanda ekstraktlar va efir moylari tibbiyot,kosmetologiya va farmakologiyada keng qo`llaniladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Тургунов Д. Э., Рахманова Ф. Э., Каржавов А. Р. ТЕРАПЕВТИЧЕСКОЕ ПРИМЕНЕНИЕ И ТОКСИЧНОСТЬ ШАФРАНА //Universum: медицина и фармакология. – 2023. – №. 4-5 (98). – С. 47-51. Мамадиярова Х., Юсупова С., Рахманова Ф. ОБ ИЗУЧЕНИИ ПРОЦЕССА ПОЛУЧЕНИЯ ДЕФОЛИАНТА НА ОСНОВЕ ХЛОРАТА НАТРИЯ И АМИНОГУАНИДИНФОСФАТА. – 2021. Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 29 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Erdanovna R. F. et al. DORIVOR OSIMLIKLARNING YURAK GLIKOZIDLARI SIFATIDA TASIRI VA QOLLANILISHI //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2025. – Т. 4. – №. 46. – С. 71-73. Рахмонова Ф. Э. НЕЙРОПРОТЕКТИВНЫЕ, ГИПОТЕНЗИВНЫЕ, АНТИГИПОКСИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ШПИНАТА //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2025. – Т. 3. – №. 36. – С. 212-216. Рахмонова Ф. Э. и др. ПОЛЕЗНЫЕ СВОЙСТВА ИМБИРЯ ДЛЯ ОРГАНИЗМА //INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY. – 2024. – Т. 2. – №. 4. – С. 22-27. Рахманова Ф. Э. ЖАРОПОНИЖАЮЩИЕ, ОТХАРКИВАЮЩИЕ И АНТИГЕЛЬМИНТНЫЕ СВОЙСТВА ШПАТА //PEDAGOG. – 2025. – Т. 8. – №. 2. – С. 135-138 Рахмонова Ф. Э. ЦЕННЫЙ ЛЕКАРСТВЕННЫЙ СОСТАВ РУККОЛЫ, ПОЛОЖИТЕЛЬНО ДЕЙСТВУЮЩИЙ НА ОРГАНИЗМ //JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH. – 2025. – Т. 2. – №. 6. – С. 129- 136. Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 30

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dorivor lavanda (Lavandula) o`simligi o`rganilgan bo`lib, u Lavanda turkumi,labgullilar oilasiga mansub yarim buta.O`simlikning vatani o`rta yer dengizining Fransiya va Ispaniya qirg`oqlari hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dorivor lavanda (Lavandula) o`simligi o`rganilgan bo`lib, u Lavanda turkumi,labgullilar oilasiga mansub yarim buta.O`simlikning vatani o`rta yer dengizining Fransiya va Ispaniya qirg`oqlari hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mikroblarga qarshi, yallig`lanishga qarshi, lavanda, farmakologik ahamiyati, dorivor xususiyati, glikozidlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники