К содержанию
РецензированоUZ2025

NAFAS A‘ZOLARIGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR

Boboyeva Dono Abduqodirovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Respiratory disorders are changes in the lungs associated with reduced lung function, impaired airway patency, and decreased respiratory rate, which lead to the use of respiratory medications. Respiratory medications are divided into the following groups: • respiratory stimulants; • antitussives; • expectorants; • medications used in bronchial asthma Key words: Caffeine, bemegrid, etimizol, libexin, mucolytic, surfactant, bronchodilators, parasympathetic, bronchial, adrenomimetics, cholinoblockers, myotropic. Nafas stimulatorlari deb, uzunchoq miyada joylashgan va nafas jarayonini idora qiladigan nafas markaziga ta‘sir ko‘rsatib, uning faoliyatini jonlantiradigan preparatlarga aytiladi. Ular ta‘sir mexanizmiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: — nafas markazini bevosita faollashtiruvchi dori vositalari; — bilvosita ravishda nafasni qo‘zg‘atuvchi dori vositalari; — aralash ta’sirga ega bo’lgan dori vositalari. Nafas markazini bevosita faollashtiradigan dori vositalariga psixostimulator va analeptik ta‘sirga ega kofein, bemegrid, etimizol prcparatlari kiradi. Etimizol - bosh miyaning po'stloq osti tizimlari va uzunchoq miya markazlarini faollashtiradi. Analeptiklardan farqli o‘laroq, etimizol miya po‘stlog‘iga susaytiruvchi ta ’sir ko‘rsatadi. Nafas stimulatorlari narkotik analgetiklar bilan, is gazi bilan yengil zaharlanganda, chaqaloqlar asfiksiyasida, narkozdan so’ng o ‘pka ventilatsiyasini tiklash maqsadida ishlatiladi. Og‘ir hollarda esa sun'iy nafas oldirishga o‘tiladi. Bilvosita analgetiklar, uxlatuvchi, narkoz moddalari bilan zaharlanganda qo‘llanilmaydi. [1] Yo’talga qarshi vositalar ta‘sir mexanizmiga ko‘ra ikkiga bo’lnadi: markaziy va periferik ta’sirga ega preparatlar. Markaziy ta‘sirga ega vositalar — kodein, etilmorfin uzunchoq miyada joylashgan yoltal markazini susaytiradi. (Narkotik Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 148 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT analgetiklarga qarang!) Periferik ta’sirga ega vositalarga libeksin va boshqalar misol b o ‘la oladi. Libeksin. U ning ta ’sir mexanizmi yuqori nafas yo'llari shilliq pardasining sezuvchanligini pasaytirishi, shuningdek bronxolitik xususiyatlari bilan bog‘liq. Yo’talga qarshi faolligi bo‘yicha kodeinga yaqinlashadi. Nafas yo‘llari yallig’lanishi (o ‘tkir va surunkali bronxit)da qo’llaniladi. [2] Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar mexanizmiga ko‘ra ularning quyidagi guruhlari farqlanadi: -balg'am ko'chiruvchi vositalar termopsis o’ti, gulxayri ildizi, qizilmiya ildizi, mukaltin, glitsirram, andiz, botqoq ledumi, katta tog‘jam bil, pektussin, terpingidrat, natriy benzoat, likorin gidroxlorid; -mukolitiklar — atsetilsistein, karbosistein, bromgeksin, ambroksol, tripsin; -surfaktantlar — kurosurf, ekzosurf. Balg'am ko'chiradigan dorilarga me’da shilliq qavatining retseptorlarini ta'sirlab, bronxial bezlar sekretsiyasini kuchaytiradigan, harakatlanuvchi epiteliy faolligini zo'raytiradigan va buning natijasida balg'amni suyiltirib, chiqib ketishini osonlashtiradigan preparatlar kiradi. Bunday ta‘sir, asosan, qustiruvchi vositalarning kichik dozasiga xosdir. Ular ko'pincha bilvosita ta’sir etadigan preparatlar deb ham yuritiladi. Nafas yo'llarining yallig‘lanishida va boshqa xastaliklarda ushbu dori vositalari balg'am ko‘chishini yengillashtirib, yo‘talni yumshatadi. [3] Bronxlar devoridagi silliq muskullami bo'shashtiradigan, spazmda bronxlarni kengaytiradigan moddalar kiradi va ular bronxolitiklar deyiladi. Bronxolitiklar bronxial astma kasalligida yaxshigina kor qiladi. Ular bu kasallik xurujining oldini oladi va uni bartaraf etadi. Ma‘lumki, bronxlar silliq muskullari parasimpatik va simpatik nervlar orqali boshqariladi. Parasimpatik nervlar mushakda qisqartiruvchi, simpatik nervlar esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, parasim patik nervga tegishli M-xolinoretseptorlar qo‘zg‘atilsa, bronxlar torayadi, simpatik nervga tegishli b-adrenoretseptorlar qo‘zg’atilsa, bronxlar kengayadi. Shuning uchun bronxial astma xurujida xolinoretseptorlarni bog‘lab, parasimpatik nerv ta’siri yo'qotiladi yoki adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib simpatik nerv faoliyati oshiriladi, Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 149 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT natijada bronxlar kengayadi va nafas siqilishi yo'qoladi. Bronxolitiklarga ta‘sir mexanizmi turlicha bo’lgan, bronxlarni kengaytiruvchi preparatlar kiradi. [4] FOYDALINGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT- YOUTH INNOVATIVE THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206. 2. M.N.Mahsumov, X.Aliyev, M.A.Odilov, N.A.Musayeva “FARMAKOLOGIYA ASOSLARI” Toshkent “ILM ZIYO”-2007 3. F.Sh.Toshmuhammedova, H.U.Aliyev, R.Z.Nizomov “FARMAKOLOGIYA VA RETSEPTURA” 2003 4. S.S.Azizova “FARMAKOLOGIYA” Toshkent Yangi asr avlodi 2006 5. Yu.M. Mamadov, M.A.Xo’jamberdiyev, B.Yu.Mamatov “KLINIK FARMAKOLOGIYA” Toshkent “TURON-IQBOL” 2010 Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 150

Доказательный фрагмент

«Respiratory disorders are changes in the lungs associated with reduced lung function, impaired airway patency, and decreased respiratory rate, which lead to the use of respiratory medications.»

Образец извлечения

Демо-превью

Respiratory disorders are changes in the lungs associated with reduced lung function, impaired airway patency, and decreased respiratory rate, which lead to the use of respiratory medications. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Caffeine, bemegrid, etimizol, libexin, mucolytic, surfactant, adrenomimetiklar, Kofein, parasimpatik, mukolitik, surfaktant, bronxlar, miotrop., xolinoblokatlar, bronxolitiklar, libeksin
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники