Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIM TOSHBOYEVNING "ULTONTOZ" ROMANI POETIKASI
Oltiboyeva Nodira
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье анализируются художественные особенности романа Олима Тошбоева "Ультонтоз". В произведении освещаются социально-политические проблемы колониального периода, опасность утраты национальной идентичности и современные проявления манкуртизма. Через образы персонажей, построение сюжета и языковые средства раскрывается идейно-художественная ценность произведения. Annotation: This article analyzes the artistic features of Olim Toshboyev’s novel "Ultontoz". The work addresses socio-political issues of the colonial period, the threat of losing national identity, and contemporary manifestations of "mankurtism". Through character portrayals, plot construction, and linguistic means, the ideological and artistic value of the novel is revealed. Kalit so‘zlar: Ultontoz, Alpomish, milliy o‘zlik, mustamlakachilik, manqurtlik, badiiy uslub, obrazlar tizimi. Ключевые слова: Ультонтоз, Алпомыш, национальная идентичность, колониализм, манкуртизм, художественный стиль, система образов. Keywords: Ultontoz, Alpomish, national identity, colonialism, mankurtism, artistic style, system of images. Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 151 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Olim Toshboyev zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lib, uning ijodi milliy va tarixiy qadriyatlarni yuksak badiiy mahorat bilan ifodalashi bilan ajralib turadi. Uning “Ultontoz” romani mazmun jihatidan boy, tasvir vositalari bilan o‘ziga xos va poetik jihatdan yetuk asarlardan biridir. Ushbu maqolada “Ultontoz” romani poetikasining asosiy xususiyatlari, badiiy vositalari va tasviriy san’at unsurlarining o‘rni tahlil qilinadi.Olim Toshboyev "Ultontoz" romani orqali zamonaviy o‘zbek romanchiligida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. "Ultontoz" romani o‘zbek adabiyotidagi eng muhim asarlardan biri bo‘lib, u milliy o‘zlik, mustamlakachilik va ijtimoiy o‘zgarishlar muammolarini badiiy yondashuv bilan yoritadi. Romanda qahramonlar tizimi, til va uslub, xalq dostonlari bilan bog‘liqlik kabi jihatlar chuqur tahlil qilingan. Asar o‘zbek adabiyotida milliy tarix, epik tasvir va zamonaviy ijtimoiy muammolarni birlashtirgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu asar, nafaqat o‘z ma'nosida, balki poetikasi jihatidan ham o‘ziga xos xususiyatlar va muallifning ijodiy dunyoqarashini aks ettiradi. Muallifning "Ultontoz" romani ana shunday dolzarb masalalarni yoritadi. Asarda mustamlakachilik davridagi zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarning yo‘qotilishi va manqurtlik tushunchasi badiiy yondashuv orqali aks ettirilgan. Yozuvchi romanning sarlavhasini juda ustalik bilan tanlagan. "Ultontoz" so‘zi ikki ma’noni anglatadi: biri – "tagcharm" (ya’ni pastkash, qadr-qimmatsiz odam), ikkinchisi esa "manqurt" (o‘z xalqiga qarshi chiqqan, o‘zligidan voz kechgan kishi). Shu bois romandagi qahramonlar orasida aynan shunday manqurtlar tasvirlangan. Romanning syujeti ikki asosiy davrni qamrab oladi: Birinchi qismida amirlikning tugatilishi va mustamlakachilar kirib kelishi – bu davrda jamiyatda keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Ikkinchi qismida sho‘ro tuzumining kuchayishi va milliy qadriyatlarning yo‘qolishi – yangi siyosat jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirishi haqida. Romandagi voqealar Asqartog‘, Murodtepa singari tarixiy hududlarda kechadi. Asarda ikki avlod vakillarining taqdiri yoritiladi: birinchi avlod – mustamlakachilikka qarshi kurashganlar, ikkinchi avlod esa mustamlakachilikka moslashganlar. Qahramonlar tizimi va ularning badiiy talqini. Qaynar – bosh qahramon, Umar yuzboshining qizi. Otasining vafotidan keyin Sho‘ro tuzumiga xizmat qilib, milliy qadriyatlarni yo‘q qilish siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 152 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT U hatto o‘g‘liga ham sho‘ro mafkurasiga mos ravishda Revo deb ism qo‘yadi. Ammo u ich-ichidan tanlovining noto‘g‘riligini his qiladi. Kurash – Qaynarni qattiq hurmat qiluvchi akasi bo‘lib, milliy g‘urur va qadriyatlar uchun kurashadi. U sho‘ro hukumati zulmiga chiday olmay, Afg‘onistonga qochishga majbur bo‘ladi. Uning taqdiri milliy qahramonlarning fojiali yo‘lini eslatadi. Ko‘chkin Asranqulovich – mustamlakachilar xizmatidagi amaldor. U xalq manfaatidan voz kechib, o‘z shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi. "Ultontoz" va "Alpomish" dostoni o‘rtasidagi bog‘liqlik. Asarda "Alpomish" dostoni bilan bog‘liq ramziy parallel mavjud. "Alpomish" dostoni milliy g‘urur va jasorat timsoli bo‘lsa, "Ultontoz" millatning o‘zligini yo‘qotgan holatini aks ettiruvchi asar sifatida talqin qilinadi. Asosiy o‘xshashliklar: Qaynar va Alpomish – har ikkisi ham qahramonlik sinovlaridan o‘tadi, lekin Qaynar o‘zligini yo‘qotadi. Kurash va xalq himoyachilari – milliy qadriyatlar va ozodlik uchun kurashadi. "Ultontoz" romanining asosiy mavzularidan biri – insonning ichki kechinmalari, o‘zligini qidirish jarayoni va zamon bilan yuzma-yuz kelgan muammolaridir. Toshboyev, o‘z qahramonlari orqali zamonaviy jamiyatning muammolariga, ijtimoiy adolatsizlik va individualizatsiya jarayonlariga e’tibor qaratadi. Bu jihat o‘quvchida chuq
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются художественные особенности романа Олима Тошбоева "Ультонтоз".»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются художественные особенности романа Олима Тошбоева "Ультонтоз". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ultontoz, Alpomish, national identity, colonialism, mankurtism, artistic, mustamlakachilik, badiiy uslub, obrazlar tizimi., manqurtlik, milliy o‘zlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024