К содержанию
РецензированоRU2025

TA’LIM JARAYONLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH · podpolkovnik Beysenov Kenjabay Sarsanbayevich · СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ (O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье показаны важные аспекты совершенствования образовательных процессов на основе цифровых технологий и приведены научно обоснованные предложения и рекомендации, основанные на практическом опыте. Ключевые слова: Интернет, информационные технологии. дифференциация, цифровые технологии, хранение и сбор информации; систематизация информации, искусственный интеллект, компьютерные сети. IMPROVING EDUCATIONAL PROCESSES ON THE BASIS OF DIGITAL TECHNOLOGIES Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 391 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Annotation: This article shows important aspects of improving educational processes on the basis of digital technologies and provides scientifically based proposals and recommendations based on practice experiences. Keywords: Internet, Information Technology. differentiation, digital technologies, storage and collection of information; systematization of information, artificial intelligence, computer networks. O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishi hamda ilmiy texnika taraqqiyoti jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalariga axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarni tadbiq qilish darajasini tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob’yektiv jarayoni va zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ish ko’ramiz. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga ma’lum bo’lgan komp’yuter, mul’timedia vositalari, komp’yuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, bilimlar ombori kabilar misol bo’lishi mumkin. “XXI asr - axborotlashtirish asri”da ta’lim sohasiga elektron ta’limni joriy etish, har bir ta’lim muassasasida: o’qitish va o’qish jarayonining; ta’lim muassasasi boshqarilishining; ta’lim muassasasi bo’linmalarining; ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Axborot texnologiyalari – ob’yekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati to’g’risida yangi Выпуск журнала №-22 Часть–3_ Март –2025 392 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sifatdagi axborot olish uchun ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullarining majmuidan foydalanuvchi jarayon. Axborot texnologiyalari mavjud usullar va vositalardan foydalanib ma’lum axborotlarga ishlov berib, qayta ishlab yangi ko’rinishdagi inson faoliyati uchun zarur bo’lgan axborotlarni yaratish jarayonidir. Axborot texnologiyasining maqsadi – inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydir xatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilish uchun axborot ishlab chiqarish. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi: talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga; o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o’zlashtirilishiga; o’quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga; interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o’qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga; sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o’quv materiallarini o’zlashtirish strategiyasini egallashiga; axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga; o’rganilayotgan jarayon va hodisalarni komp’yuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, ushbu ta’lim vositasining didaktik imkoniyatlariga ob’yektning tabiiy jihatlari, texnik va texnologik fazilatlari, o’quv va tarbiyaviy jarayonida didaktik maqsadlarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan aspektlari sifatida qaralishi mumkin. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining tasniflanishiga mos ravishda didaktik imkoniyatlarini uchta guruhga ajratish mumkin: O’quv ma’lumotlarini taqdim etish. Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish. O’quv ma’lumotlarini uzatish. O’quv jarayonini tashkil etish. O’quv ma’lumotlarini taqdim etish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari: axborotlarni ta’limga oid elektron resurslar

Доказательный фрагмент

«В данной статье показаны важные аспекты совершенствования образовательных процессов на основе цифровых технологий и приведены научно обоснованные предложения и рекомендации, основанные на практическом опыте.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье показаны важные аспекты совершенствования образовательных процессов на основе цифровых технологий и приведены научно обоснованные предложения и рекомендации, основанные на практическом опыте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Internet, Information Technology. differentiation, digital, axborotni saqlash va yig’ish, axborotni tizimlashtirish, raqamli texnologiyalar, komp’yuter tarmoqlari., sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari. differensiyalashtirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники