К содержанию
РецензированоUZ2025

JADIDLAR ASARLARI ORQALI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING INSONIYLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH

O'QUVCHILARINING INSONIYLIK FAZILATLARINI · Pulatova Dilfuza Saidbayevna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik merosi - boshlang'ich sinf o'quvchilarining insoniylik fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati to’g’risida batafsil hikoya qilinadi. Tayanch tushunchalar: jadid, ma’rifatparvarlar, ma’rifatparvarlik faoliyati, pedagogik meros, yangi usul maktabi, darslik, kutubxonalar Hozirgi kunda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Aslida ham kelajakni shu yoshlar yaratadi. Bugungi kunda xalq ta`limi xodimi oldida turgan eng muhim masala bu– yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Buning uchun salohiyatli, zamonaviy ilm-fan sirlarini puxta o`zlashtirgan kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda. Boshlang`ich sinflarda ta`lim-tarbiyaning zamon talablari darajasida takomillashtirilishi, yoshlarning ma`naviy barkamol shaxslar bo`lib yetishida asosiy omillardan hisoblanadi. Buning uchun o`qituvchilarning ilmiy-pedagogik va metodik tayyorgarligini oshirish, darslarni ilmiy jihatdan takomillashtirish, ilg`or va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga to`liq joriy qilish to`grisida ko`plab fikrlar bayon etilmoqda. Ma’naviyat – uzluksiz da’vom etadigan jarayon. Ma’naviyat yuksak shaxslar yurtini tanitadi. Shaxsning esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo’lmasligi ko’pchilikka ayon haqiqatdir. Milliy pedagogikamizning asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 29 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “Tarbiya biz yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir!”, - degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi. Maktab yoshidagi bolaning ma’naviyatini, tafakkurini shakllantirish bu doimiy tizimlilik, uzviylikni, davomiylikni talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda buyuk mutafakkir, davlat arbobi Jadidlar yaratgan merosidan foydalanishni davr taqozo qilmoqda. Bizga ayonki, XX asrning boshlariga kelganda Turkistonda erk g‘oyasi, ozodlik uchun kurash jiddiy tus oldi. Chor Rossiyasining sitam, jabr-zulmi, xalq boshiga solgan adoqsiz zo‘ravonliklari xalqning sabr kosasining to‘lib- toshishiga olib keldi. Xalq orasidan chorizm siyosatining asl mohiyatini teran anglab yyetgan ma’rifatli kishilar bu zulmga qarshi kurash olib borish uchun maydonga chiqdilar. “Jadid” atamasining o‘zi atama sifatida aynan XIX asr oxirida ilk bor Turkiston ziyolilar hayotiga kirib keldi. “Jadid” atamasi (“jadid” – “yangi” demakdir). Turkistonga B.Qosimov fikriga ko‘ra, 1884-yil birinchi bor iste’molga kiritilgan va “Tarjumon” gazetasi orqali Sharqu G‘arbning juda ko‘p o‘lkalarida yoyila boshlagan bo‘lsa-da, bizga 90-yillarda kirib keldi. “Jadid” atamasi va jadidchilik harakati esa “jadidlar otasi” deya nom olgan Ismoil Gaspirali nomi bilan bog‘liqdir. I.Gaspirali haqida uning “Hayot va mamot masalasi” asari orqali ko‘proq ma’lumot olishimiz mumkin. Shu asarda keltirilgan ta’rifga ko‘ra, “uchinchi muallim” I.Gaspirali jadid ma’rifatparvarlaridan biri M.Behbudiy so‘zlari bilan aytganda, “Rusiyadagi butun turk-tatar xalqlarini juda oz tarixiy muddatda xayr-xo‘shlik bilan bir milliy oilaga birlashtirmoqqa noil bo‘ldi”. Kitobda yozilganidek, I.Gaspirali “Sharq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan, maktabmaorifida chinakam inqilob yasagan, “usuli savtiya”ni boshlab berdi. Boshlang’ich sinf o’quvchilaridagi ma`naviy ehtiyoj, talab, qiziqishni qondirish asosida milliy-ma’naviy merosni o’rgatishning muhim usullaridan biri dars jarayonida ilmiy manbaalarning maxsus tahlilini uyushtirishdir. Boshlang’ich sinf Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 30 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o’quvchisi turli usullar vositasida mavzu mohiyatida olg’a surilgan asosiy g’oya negizida qator o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosi dinamikasi bilan tanishish jarayonida, ularda xalqimiz qadimdan ulug’lab kelayotgan insoniy fazilatlar shakllanib boradi. Masalan, 4-sinf o’qish darslarida berilgan ertaklar “Qanoat va ochko’zlik, insonparvarlik va saxovat” mavzusi orqali o’zbek xalqining o’ziga xos insonparvarlik, qanoatlilik va saxovatlilik qadriyatlarining mohiyatini o’quvchi ongiga singdirishda ularning mazmunini ochib beruvchi qator tushunchalarga ham to’xtaladi. O’quvchi dars jarayonida qanoat negizida – ozga ham, ko’pga ham, og’irlikka ham, xursandchilikka ham ko’nikish, sabr qilish, nafsni tiyish ekanligi; ochko’zlik – qanoatsizlik, sabrsizlik, natijasi sifatida insonparvarlik – kishilar o’rtasidagi mehr-oqibat, muruvvat, saxiy qalblilik, imon, do’stlik, birodarlik, muruvvat me`yorini belgilovchi xislat; saxovat – himmatlilik belgisi; qanoat, saxovat, insonparvarlikning ahamiyati; yoshlar o’rtasidagi sabrsizlik, ochko’zlik, razolat, jaholatning tub negizlari va ularni bartaraf etish yo’llari haqida ma`lumot oladi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy uchun ma`rifatparvarlik, A.Avloniy, Behbudiy, Hamza, A.Fitrat, A.Qodiriy, A.Cho’lponlar uchun milliy g’urur, o’zlik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik merosi - boshlang'ich sinf o'quvchilarining insoniylik fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati to’g’risida batafsil hikoya qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik merosi - boshlang'ich sinf o'quvchilarining insoniylik fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati to’g’risida batafsil hikoya qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifatparvarlar, kutubxonalar, ma’rifatparvarlik faoliyati, jadid, darslik, pedagogik meros, yangi usul maktabi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти