К содержанию
РецензированоUZ2025

YAPON VA O‘ZBEK TILLARIDA SANOQ QO‘SHIMCHALARI: LINGVISTIK VA QIYOSIY TAHLIL

Ilhomova Nozima

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article presents a comparative linguistic analysis of numeral suffixes in Japanese and Uzbek. In Japanese, numeral suffixes change depending on the type of noun and are associated with specific categories. In Uzbek, however, numeral suffixes are used more generally, and their variations in different contexts are examined. The study analyzes the grammatical and semantic aspects of these suffixes, identifying their similarities and differences. The article clarifies how numeral suffixes function in Japanese and Uzbek and provides a deeper insight into their linguistic characteristics. Key words: Numeral suffixes, Japanese language, Uzbek language, comparative analysis, semantics, pragmatics, linguistics. Аннотация: В данной статье проводится сравнительный лингвистический анализ счётных суффиксов в японском и узбекском языках. В японском языке счётные суффиксы изменяются в зависимости от типа Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 86 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT существительного и связаны с определёнными категориями. В узбекском языке, напротив, они используются более универсально, и их изменение в различных контекстах рассматривается отдельно. В статье анализируются грамматические и семантические особенности этих суффиксов, выявляются их сходства и различия. Исследования определяется, как функционируют счётные суффиксы в японском и узбекском языках, а также раскрываются их лингвистические особенности. Ключевые слова: счётные суффиксы, японский язык, узбекский язык, сравнительный анализ, семантика, прагматика, лингвистика. Tilshunoslikda sanoq qo‘shimchalari otlarning sonini ifodalash va tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir tilning sanoq qo‘shimchalari tizimi o‘ziga xos bo‘lib, ular grammatika, semantika va pragmatika jihatidan turlicha shakllangan. Yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari har xil tizim asosida ishlaydi: yapon tilida ular otlarning turiga qarab o‘zgarib, maxsus kategoriyalarga bo‘linadi, o‘zbek tilida esa ular nisbatan umumiyroq qo‘llanilib, kontekstga qarab shakllanadi. Yapon tilida sanoq qo‘shimchalari ob’ektlarning shakli, materiali, harakatchanligi yoki funksiyasiga qarab turli toifalarga bo‘linadi. Bunday klassifikatsiya so‘zga grammatik moslashuv talab qiladi va ularni noto‘g‘ri ishlatish grammatik xatolik hisoblanadi. Yapon tilida asosiy sanoq qo‘shimchalari quyidagicha tasniflanadi: 本 (ほん, -hon/-pon/-bon) – uzun va silindrsimon narsalar (kitob, qalam, tayoq). 枚 (まい, -mai) – yupqa va yassi narsalar (qog‘oz, chiptalar, kiyim-kechak). 個 (こ, -ko) – mayda va umumiy narsalar (tuxum, tosh, olma). 人 (にん, -nin, ひとり -hitori, ふたり -futari) – odamlar soni uchun. 匹 (ひき, -hiki/-piki/-biki) – mayda hayvonlar va ba’zan hasharotlar. 頭 (とう, -tou) – yirik hayvonlar (sigir, ot, fil). 冊 (さつ, -satsu) – kitoblar, jurnallar. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 87 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 台 (だい, -dai) – texnika vositalari (mashina, televizor, kompyuter) [1-2]. Yapon tilida son va sanoq qo‘shimchasining talaffuzi ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, 1 hon (ip), 3 bon (sanbon), 6 pon (roppon) kabi. Bu holat yapon tilini o‘rganishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. O‘zbek tilida sanoq qo‘shimchalari yapon tilidagidek qat’iy klassifikatsiyaga ega emas. Sanoq birliklari narsa yoki jonli mavjudotning shakli, materiali yoki hajmiga qarab unchalik o‘zgarmaydi. Asosiy sanoq qo‘shimchalari quyidagilar: -ta – universal sanoq qo‘shimchasi, deyarli barcha otlarga qo‘shilishi mumkin: Uchta kitob, beshta qalam, oltita non. -dona – mustaqil yoki alohida ajraladigan ob’ektlar uchun ishlatiladi: Ikki dona tanga, uch dona tuxum, to‘rt dona olma. -par – juft holatda keladigan narsalar uchun: Bir par poyabzal, uch par qo‘lqop. -nafar – odamlar sonini sanash uchun: Uch nafar talabalar, besh nafar mehmonlar. -boshi – chorva mollari va yirik hayvonlar uchun: Ikki bosh qo‘y, besh bosh sigir [3]. Yapon va o‘zbek tillaridagi sanoq qo‘shimchalari bir-biridan farq qilgani bilan, ularda ayrim o‘xshash jihatlar ham mavjud. Ushbu bo‘limda ikkala tilning sanoq tizimidagi umumiyliklarni ko‘rib chiqamiz. 1. Har ikkala tilda sanoq qo‘shimchalari mavjudligi Yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari mustaqil grammatik birlik sifatida mavjud bo‘lib, ular otlar bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan: Yaponcha: 一本 (ippon) – bitta tayoq O‘zbekcha: bitta tayoq Ko‘rinib turibdiki, har ikkala tilda ham bitta narsani sanash uchun maxsus birliklar mavjud. 2. Sanoq qo‘shimchalari son bilan bog‘lanadi Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 88 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari sonlar bilan ishlatiladi va ot oldidan yoki keyin kelishi mumkin. Yaponcha: 三枚の紙 (sanmai no kami) – uchta qog‘oz O‘zbekcha: uchta qog‘oz Har ikkala til ham sonni sanaladigan ot bilan bog‘lash uchun sanoq qo‘shimchasidan foydalanadi. 3. Xususiyatiga qarab maxsus sanoq qo‘shimchalari mavjudligi Yapon va o‘zbek tillarida sanoq qo‘shimchalari sanalayotgan narsa turiga qarab o‘zgaradi. Yaponcha: 細長い物 (細い) – uzun

Доказательный фрагмент

«This article presents a comparative linguistic analysis of numeral suffixes in Japanese and Uzbek.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents a comparative linguistic analysis of numeral suffixes in Japanese and Uzbek. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Numeral suffixes, Japanese language, Uzbek language, yapon tili, qiyosiy tahlil, lingvistika., pragmatika, semantika, sanoq qo‘shimchalari, o‘zbek tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники