К содержанию
РецензированоUZ2025

XOTIN-QIZLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

XOTIN-QIZLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLARNING · PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Shukurоva Ilminur Bahtiyоrjоn qizi. (Andijоn davlat pedagоgika instituti) · Salohiddinova Mushtariybegim Jo‘raxon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, shunindek jamiyat hayotida xotin-qizlarning nufuzi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, mahalla tizimida xotin-qizlarni himoya qilish va ularga moddiy, ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, tashabbuslar hamda ijtimoiy-ma’naviy targ‘ibot ishlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: ayollar huquqlari, gender tenglik, ayollar daftari, himoya orderi, mahalla tizimi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligi, huquqiy islohotlar Hozirgi kunda dunyo miqyosida, Xotin-qizlar huquqlarining himoyasi va ularga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish har qanday jamiyat rivoji uchun muhim ahamiyatga ega. Afsuski, bugungi kunda zo‘ravonlik ko‘rinishlari hanuzgacha dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar xotin- qizlarni himoya qilish va ularga moddiy-ma’naviy ko‘mak berish masalasini davlat siyosati darajasiga olib chiqdi. Quyida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan muhim ishlarga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 114 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2019-yilda qabul qilingan "Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi1 qonun mamlakatda ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik holatlarini kamaytirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonun zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga huquqiy yordam ko‘rsatish, ularga psixologik va tibbiy yordam berish mexanizmlarini yaratdi. Shu jumladan, himoya orderlari amaliyotga joriy qilindi. Bu hujjat zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan cheklov choralari qo‘llash imkoniyatini berdi. Ushbu yillarda zo‘ravonlik holatlarini kuzatish va oldini olish maqsadida respublika miqyosida maxsus “Isyon markazlari” tashkil etildi. 2023-yilda bunday markazlarning soni 200 dan oshdi. Ular orqali minglab jabrlangan xotin-qizlar yordam olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 2020-yilda qabul qilingan "Gender tenglikni ta’minlash to‘g‘risida"gi2 qonun ham xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qonun orqali erkaklar va ayollarning huquq va imkoniyatlari tengligi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi. Shu asosda, ayollarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda faolligini oshirishga oid dasturlar ishlab chiqildi. Prezident tashabbusi bilan 2021- yilda joriy qilingan “Ayollar daftari” loyihasi og‘ir sharoitda yashayotgan, yordamga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin egalladi. Ushbu dastur doirasida mamlakat bo‘ylab yordamga muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularga ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy yordam ko‘rsatildi. 2022-yilda mazkur loyihaga asosan 590 mingdan ziyod ayol kiritildi, ularning ko‘pchiligi doimiy ish bilan ta’minlandi yoki kasb-hunarga o‘qitildi. Masalan, qishloq joylarida yashovchi xotin-qizlar tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasblar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarga jalb qilindi. 2023- yilda tashkil qilingan "Mehribonlik qo‘llari" jamoasi mahalla va qishloq ayollariga yordam beruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu dastur orqali ehtiyojmand oilalarga nafaqat moddiy yordam, balki maslahatlashuv va psixologik qo‘llab-quvvatlash ham ko‘rsatilmoqda. 2023-yilda O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro Gender tenglik indeksida o‘z mavqeini 15 pog‘onaga yaxshiladi. 1 “Xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, 2019-yil. 2 “Gender tenglikni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun, 2020-yil. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 115 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2023-yil oxirigacha 250 mingdan ziyod xotin-qizlarga psixologik va ijtimoiy xizmatlar taqdim etildi. 2021-yilda tashkil etilgan “Ayollar akademiyasi” malakali rahbar ayollarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu loyiha xotin-qizlarni siyosiy va iqtisodiy boshqaruvda faol ishtirok etishga rag‘batlantiradi. Akademiya orqali 2023- yilgacha 5 mingdan ortiq ayol rahbarlik malakasini oshirdi. Mahalla instituti zo‘ravonlikni oldini olish va ayollarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin egallaydi. “Obod mahalla” dasturi doirasida mahallalarda maxsus psixologik xizmatlar tashkil etildi. Ayollar va bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida har bir mahallada ijtimoiy maslahatchi va psixologlar faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ayollarga qarshi zo‘ravonlikni kamaytirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyatlari hamkorligi mustahkamlanmoqda. Mamlakat bo‘ylab jamoatchilik nazorati kuchaytirilib, har qanday zo‘ravonlik holati mahalliy organlar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish, ularning huquqlarini himoya qilish va jamiyatdagi mavqeini oshirish davlat siyosa

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, shunindek jamiyat ha…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, shunindek jamiyat ha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ayollar huquqlari, ayollar tadbirkorligi, gender tenglik, ayollar daftari, mahalla tizimi, huquqiy islohotlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, himoya orderi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники