Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI TABIATSHUNOSLIK DARSLARI ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATISH USULLARI
Erkinova Shohsanam Faxriddin qizi
Современное образование и развитие · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini tabiatshunoslik darslari orqali mustaqil fikrlashga o'rgatishning ahamiyati, tabiatshunoslik darslarida qo’llanadigan usullar to’g’risida batafsil hikoya qilinadi. Tayanch tushunchalar: sigir, ot, qo'y va parranda, parvarish qilish, o’lka, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “6x6x6”, “Lahzada aql charxi”, “Qarorlar mojarosi” (qaror qabul qilish texnalogiyasi) Maktab ta’limida o‘quv fani mazmunining hajmini belgilash va dars uchun material tanlash bilan bir qatorda, o'qitish uslublari ham katta ahamiyatga ega. Mazmuni va o'quvchilaming bilish faoliyatiga muvofiq tarzda tanlangan uslublar bilim sifatining yuqori bo'lishini, shu bilan birga o’quvchilarni tabiatni sevishga, mustaqil fikrlashga o’rgatishda asosiy manba hisoblanadi. Bunday uslublar o'quvchilaming rivojlanishiga, bilimning puxta, ongli bo'lishiga yordam beradi va tarbiyaviy ta’sir ko'rsatadi. Uslub o'zining umumiy ma’nosida maqsadga crishish usuli. ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyatdir. Darsda o'qituvchi turli ta’lim uslublaridan foydalanadi, o'qitish uslublarini tanlash, bir qator omillar, yordamchi maktabning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti, o'quv fani, o'rganiladigan materialning mazmuni, o'quvchilaming yoshi va ulaming rivojlanish xususiyatlari hamda o'quv materiallarini egallashga tayyorgarlik darajasiga bog'liq bo'ladi. O'qituvchi materialga mos tarzda ko'rgazmali materiallami tanlaydi va tushuntiradi. Bunda o'quvchilaming yangi bilim olishi uchun asosiy manba so'z hisoblanadi: hikoya, tushuntirish, ma’ruza, suhbat. O'quvchilaming faoliyati ko'proq eshitish, fikrlash va keyingi javoblarda ifodalanadi. Boshqa metodlaming qo'llanilishi o'qituvchining narsa va hodisalami ko'rsatishi, namoyish qilishi o'quvchilarga bilim berishda asosiy Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 123 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT manba hisoblanadi. O'qituvchi shunday metodlami qo'llaydiki, bunda o'quvchilar amaliy ishlami bajarish jarayonida ko'proq bilim oladi. Ular, topshiriq va vazifalarga binoan, urug' va mevaning tuzilishini, tilling шiib chiqishini, maktab o'quv-tajriba uchastkasida ekish va parvarish qilish, chorva fermalarida sigir, ot, qo'y va parrandalami parvarish qilish, ovqatlantirish ishlarini bajaradi, 2-o'quvchilarga so'zlab berishnigina emas, shu bilan birga, gulni qumlarga ajratish, ulaming rasmini chizishni ham taklif qiladi. Har bir metod va ulaming butun tizimi o'quvchilar mustaqilligini rivojlantirish maqsadini ko'zlaydi. O'quvchilami darsda tushuntirishni faol eshitib borishga, kitob bilan mustaqil ishlashga, amaliy ishlar bajarishga fikr yuritishga o'rgatadi. O'quvchilar nazariy bilimlami amaliyotda mustahkamlashi uchun o'qituvchi chidam bilan o'rgatishi va rahbarlik qilishi kerak. Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “6x6x6”, “Lahzada aql charxi”, “Qarorlar mojarosi” (qaror qabul qilish texnalogiyasi) kabi interfaol usullardan va ta’limiy o‘yinlaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrini jamoa bilan maslahatlashishga o‘rgatdi, muammolarni hal qilishda ishtirok etish maylini yuzaga keltirdi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘rganiladigan turli mavzulardagi asarlarni o‘rganishda muammoli vaziyatlar yaratish o‘quvchilarda o‘quv faoliyatini aktivlashtirdi. 4-sinfda “Fasllar ko‘rki” mavzuni o‘rganishda interfaol usul “Klaster”dan foydalaniladi. O‘quvchilar o‘qigan asarlari: Rauf Tolibning “Gullar va shamol” ertagi Abduraxmon Akbarning “Osmonning ko‘zi”, N. Ostonovning “Bahor”, T. Adashboevning “Navro‘z”, “Boychechak”, Z. Diyorning “Binafsha” she’ri asosida “Bahor” mavzusida klaster hosil qiladilar. Tabiatshunoslik fanini o'rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o'rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o'rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar chiqarish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o'tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o'rganishga katta e’tibor beriladi. Ekskursiya darsi davomida yig'ilgan ko'rgazmali materiallardan sinflarda Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 124 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o'tkaziladigan darslarda ham foydalanish mumkin. Shuning uchun ham tabiatshunoslik darslarini o'tkazishga alohida e’tibor berish zarur. Jamiyatimizda vatanparvarlik tarbiyasini baynalmilalchilik tarbiyasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Buning uchun tabiat muhofazasi yetarli material beradi. Shunga ko'ra vatanparvarlik tarbiyasini atrof tabiatni o'rgan ishdan boshlash kerak. Tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. Tabiatga muhabbat ulkan va murakkab hissiyotdir. U bolaning ruhiy va aqliy dunyosini o'z ichiga olib murakkab psixik kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni tarbiyalashni Iwla esini taniy boshlaganidan boshlash kerak, chunki unda jonajon tabiatga m uhabbat bilan birga jonajon o'lkaga ko'ngil qo'yish o'sib boradi. Bolalikda tug'ilgan bu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini tabiatshunoslik darslari orqali mustaqil fikrlashga o'rgatishning ahamiyati, tabiatshunoslik darslarida qo’llanadigan usullar to’g’risida batafsil hikoya qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini tabiatshunoslik darslari orqali mustaqil fikrlashga o'rgatishning ahamiyati, tabiatshunoslik darslarida qo’llanadigan usullar to’g’risida batafsil hikoya qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- parvarish qilish, “Lahzada aql charxi”, “Aqliy hujum”, o’lka, “Klaster”, sigir, qo'y va parranda, “Qarorlar mojarosi” (qaror qabul qilish texnalogiyasi), “Kichik guruhlarda ishlash”, ot, “6x6x6”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025