Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“PIYELONEFRIT BILAN KASALLANGAN HOMILADORLARDA HOMILADORLIKNING KECHISHI VA TUG’RUQ ASORATLARINI O’RGANISH”
Najmutdinova D.K () · Аxrorova Saida()
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Homiladorlik davrida piyelonefrit ona va homila uchun xavf tug'dirishi sababli sog'liq uchun jiddiy muammo hisoblanadi. O'tkir piyelonefrit tug'ruqdan oldin kasalxonaga yotqizilish holatlarining 1-2% qismini tashkil qilsa, surunkali piyelonefrit va uning asoratlari natijasida 15-25% homilador ayollar gospitalizatsiyaga muhtoj bo’lishadi. Bundan tashqari: anemiya, sepsis (15-20%), o’tkir buyrak kasalligi va erta tug’ruq xavfi (20-50%) kabi jiddiy asoratlarga olib Piyelonefrit homila bilan bog’liq quyidagi xavflarni yuzaga keltirishi mumkin: Bu holat muddatiga yetmasdan tug’ilish, kam vaznlilik va o’tkir respirator distress sindromi (O’RDS) sababli neonatal intensiv terapiyaga muhtojlik holatlari. Kritik holatlarda onaning infeksiyasi homila o'limiga olib kelishi mumkin. Yana bir dolzarb muammo sifatida pielonefritning takrorlanishi va antibiotiklarga rezistentlik holatlatrini keltirish mumkin. Taxminan 20% ayollar homiladorlik davrida takroriy infeksiyalarni boshdan kechirishi mumkin, bu esa davolanishni murakkablashtiradi va buyraklarning uzoq muddatli shikastlanish ehtimolini oshiradi. Kalit so’zlar: Siydik yo’li infeksiyasi (SYI), simptomsiz bakteriuriya, respirator distress sindrom, anemiya, ultratovush tekshiruvi, bakteriologik ekma, E coli bakteriyasi, grammanfiy bakteriyalar, antibakterial davo. Piyelonefrit-homilador ayollar orasida ko’p uchraydigan infeksion kasallik bo’lib,siydik yo’llarining eng oddiy yallig’lanishidan tortib sepsisgacha bo’lgan og’ir asoratlarga olib keladigan,buyraklarning kosacha-jom sistemasing yallig’lanish kasalligidir.(1,1) Hozirgi vaqtda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ona organizmidagi Выпуск журнала №-22 Часть–4_Март –2025 267 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT siydik yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish jarayonining mavjudligi fetoplatsentar kompleksda va homilaning siydik ajratish tizimida bir qator o’zgarishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.(2,1) O‘tkir piyelonefrit 12% homilador ayollarda, ko‘pincha birinchi homiladorlikda, odatda uning ikkinchi yarmida (20-26 haftalarda) uchraydi. Piyelonefritda homiladorlikning eng ko‘p uchraydigan asoratlariga homila tushishi, gestoz, anemiya, yo‘ldosh yetishmovchiligi, homilaning surunkali gipoksiyasi yoki uning ona qornida rivojlanishining kechikishi kiradi.(3,1) Homiladorlik davrida piyelonefrit kasalligiga chalinish ehtimoli yuqori bo’lib, bu jarayon asosan homilador ayol organizmida yuzaga keladigan fiziologik va anatomik o’zgarishlarning rivojlanishi bilan izchil bog‘liq(1,2). Piyelonefritning Yevropa Urologlar Assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyasi quyidagicha: -O’tkir (asoratlangan,asoratlanmagan) -Qaytalanuvchi (asoratlangan,asoratlanmagan) -Kateter o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan (asoratlangan) Qaytalanuvchi piyelonefrit- yiliga uch marotaba yoki 6 oy davomida kamida ikki marotaba takrorlanuvchi kasallanishlar chastotasiga aytiladi. Kateter o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan piyelonefrit- so’nggi 48 soat ichida siydik kateteri o’rnatilgan bemorlarda kuzatiladi.(4,1) Piyelonefrit asosan ikkinchi va uchinchi trimestrlarda, taxminan 10-20% holatlarda birinchi trimestrda uchraydi (1,2). Piyelonefritning yuzaga kelishiga sabab bo’luvchi xavf omillar: Ayollarda kuzatiladigan jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari. Buyrakka infeksiya aksariyat hollarda :vulvit ( tashqi jinsiy a’zolarning yallig‘lanishi), kolpit (qindagi yallig‘lanish) hamda bakterial vaginozda yuzaga keladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari infeksiya o‘choqlaridan gematogen yo‘l bilan buyrak to‘qimasiga o‘tadi. Simptomsiz bakteriuriya. Bemorlarning siydigidan monoinfeksiya ajralib chiqadi, bunda klinik simptomatika bo‘lmaydi. Siydik shartli patogen mikrofloraning ko‘payishi uchun qulay muhit bo‘lganligi sababli, siydikning turib qolishi va orqaga Выпуск журнала №-22 Часть–4_Март –2025 268 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qaytishi sharoitida saprofit mikroorganizmlar faollashadi va piyelonefrit rivojlanadi. Anamnezida urologik patologiyalarning mavjudligi yashirin surunkali bakteriuriyaning tezroq rivojlanishiga olib keladi. Urodinamik o‘zgarishlar. Homilador ayollarda progesteron darajasining oshishi fonida kosacha-jom tizimi kengayadi, siydik pufagi gipotoniyasi (siydik oqimining buzilishi) rivojlanadi. Homiladorlikning kechki bosqichida bo‘shashish vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. (5,1) Yuqoridagi asosiy sabablardan taashqari quyidagilar umumiy sabablar ham muhim ahamiyatga ega: - Uzoq muddatli stress; -Uzoq muddatli o‘ta toliqish; -Vitamin-minerallar tanqisligi; -Infeksiya o‘choqlari; -Zaiflashgan immunitet (6) Siydik namunalarida asosiy o’rinni egallaydigan uropatogen bu-Escherichia Coli bo’lib, umumiy homiladorlar asoratlangan piyelonefrit holatlarining 80-95%ini egallaydi. Boshqa mikroorganizmlar ham kamroq miqdorda o’rin tutadi. Jumladan, Enterobacter aerogenes, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Enterococcus facealis va Streptococcus B guruhi. Homiladorlik davridagi fiziologik o‘zgarishlar hamda proteinuriya va glyukozuriya darajasin
Доказательный фрагмент
«Homiladorlik davrida piyelonefrit ona va homila uchun xavf tug'dirishi sababli sog'liq uchun jiddiy muammo hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHomiladorlik davrida piyelonefrit ona va homila uchun xavf tug'dirishi sababli sog'liq uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ultratovush tekshiruvi, simptomsiz bakteriuriya, anemiya, bakteriologik ekma, respirator distress sindrom, Siydik yo’li infeksiyasi (SYI), E coli bakteriyasi, grammanfiy bakteriyalar, antibakterial davo.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025