К содержанию
РецензированоUZ2025

“KAPALAKLAR O‘YINI” ROMANIDA TRAGIK VAZIYAT XRONOTOPI

To‘ychiyeva Laylo · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article shows how the mountain chronotope in the novel The Game of Butterflies represents a tragic situation. It is written that the death of the commander has a metaphorical significance, not only in its meaning. The tragic situation of man and the situation of understanding beauty are revealed through the mountain chronotope. Keywords: Chronotope. Situational chronotope. The Game of Butterflies. Tragic situation. Understanding beauty. Абстрактный. В данной статье показано значение горного хронотопа в романе «Игра бабочек» как трагической ситуации. Написано, что смерть Сардара не только значима, но и метафорична. Трагическое положение человека и ситуация понимания красоты раскрываются через горный хронотоп. Ключевые слова: Хронотоп. Хронотоп ситуации. Игра «Бабочка». Трагическая ситуация. Понимание красоты. Выпуск журнала №-22 Часть–4_Март –2025 278 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Xronotop asar mazmunini, umumiy syujet liniyalarini va asar kompozitsiyasini bir ritmda ushlab truvchi asosiy vositadi. Xronotop atamasiga oid qarashlar bir qancha mulohazalarning yuzaga kelishiga olib keldi. O‘zbek adabiyoshunosligida Uzoq Jo‘raqulov, Bahodir Karimov, Qozoqboy Yo‘ldoshev va boshqa bir qator olimlar xronotop haqida o‘zlarining qimmatli ma’lumotlarini berib kelmoqdalar. Biz ushbu maqolamizda “Kapalaklar o‘yini” romanida targik (fojiaviy) vaziyat xronotopini yoritishni maqsad qildik. Asarda tragik vaziyat bir necha o‘rinlarda ushraydi, ammo, Sardorning o‘limi bilan bog’liq holatga biz asosiy fojiaviy vaziyat deb qarashni joiz deb topdik. Sardor bilan bog’liq eng yorqin xronotop shakllaridan biri esa tog’ xronotopidir. Tog‘ xronotopi asar kompozitsiyasida muhim burilish nuqtalari va ruhiy anglash jarayonlari orqali ifodalanadi. U syujetning turli bosqichlarida paydo bo‘lib, voqealar rivojiga ta’sir qiladi. Bu xronotop orqali asar strukturasida sirli boshlanish, keskin dramatik cho‘qqi va anglash bosqichi bir-biriga bog‘lanadi. Tog‘ xronotopi asarda nafaqat syujet rivojining muhim komponenti, balki kompozitsiyaning ichki strukturasini shakllantiruvchi va vaziyat kategoriyalarini ochib beruvchi markaziy element sifatida namoyon bo‘ladi. Bu xronotop asar kompozitsiyasida voqealar tizimliligi, dramatik cho‘qqilar, anglash jarayoni bilan bog‘langan bo‘lsa, vaziyat kategoriyalari bilan murakkablik, go‘zallik va uni anglash, fojiaviylik mezonlari asosida uzviy munosabatda turadi. Asar kompozitsiyasida tog‘ xronotopi uch asosiy bosqichda ko‘rinadi: 1. Sirli bosqich – Sardorning shaxsiy makoni sifatida seziladi, lekin hali bevosita ochilmaydi. 2. Fojiaviy cho‘qqi – Sardorning jarlikka qulash sahnasi orqali dramatik burilish hosil qiladi. 3. Anglash bosqichi – Do‘stlari Sardorning sirini ochadi va bu joy ularning anglash makoniga aylanadi. Tog‘ning ushbu uch bosqichda aks etishi asarning dramatik ritmini shakllantiradi. Syujet chizig‘ida tog‘ xronotopi bo‘limlararo bog‘lovchi vazifani bajaradi. Sardorning sir saqlash bosqichi, fojiaviy yakun va xotira, anglash jarayonlari shu xronotop orqali uzviy bog‘lanadi.Shu tariqa, tog‘ xronotopi asar Выпуск журнала №-22 Часть–4_Март –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kompozitsiyasida sir, fojea va anglash bosqichlarini bog‘lovchi markaziy tuzilma sifatida xizmat qiladi. Tog‘ xronotopi va vaziyat kategoriyalari bilan munosabati tahliliga e’tibor bersak, asarda vaziyat kategoriyalari o‘zgaruvchan, ko‘p qatlamli va murakkab tuzilishga ega. Tog‘ xronotopi ushbu kategoriyalarni ochib beruvchi markaziy obraz sifatida namoyon bo‘ladi. a) Murakkablik va ulug‘vorlik kategoriyasi. Tog‘ xronotopi Sardorning shaxsiyati bilan bog‘liq bo‘lib, inson ruhiyati va tabiatning ulug‘vorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Tog‘ oddiy geografik makon emas, balki inson ongining chuqur qatlami, ruhiyati, ichki olami bilan bog‘liq muhitdir. Sardor tog‘ni o‘ziga xos makon sifatida tanlaydi – tog‘ning ulug‘vorligi Sardorning ulug‘vor shaxsiyatiga ishora qiladi. Bu kabi ulug’vor tog’ faqat haqiqiy sardorlargagina o‘z g’ozalligini ko‘rsatishi, jilva qilishi romanda ko‘plab ramziy ma’nolarni anglatadi b) Go‘zallik va uni anglash kategoriyasi. Roman davomida g‘amgin ruh hukm suradi. Achinish, afsuslanish, xo‘rsinish kabi tuyg‘ular yetakchilik qiladi. Biroq tog‘ xronotopi butunlay o‘zgacha: u tasalli beruvchi, inson qalbida ajib tuyg‘ularni uyg‘otuvchi, Baqahovuzning boshqa joylariga o‘xshamaydigan makon sifatida tasvirlanadi. Muallif ushbu xronotopni Badal Armon tilidan quyidagi so‘zlar bilan keltiradi: “O‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharning bunchalik zebo ekanini u sira xayoliga keltirmagandi. Osmonda charaqlayotgan son-sanoqsiz yulduzlar ham Badalning ko‘ziga hech qachon bu qadar fusunkor ko‘rinmagandi. Xuddi qo‘l cho‘zsa yetadigandek. Lekin cho‘zmaysan—ularga teginib to‘zg‘itishga botinmaysan...”1 Sardor tirikligida tog‘, faqat, uning shaxsiy makoni, bu joyni boshqalar bilmaydi. Uning o‘limidan keyin tog‘ do‘stlari uchun ham falsafiy anglash joyiga aylanadi. Badal tog‘da yolg‘iz qolganida Sardorni va u

Доказательный фрагмент

«This article shows how the mountain chronotope in the novel The Game of Butterflies represents a tragic situation.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article shows how the mountain chronotope in the novel The Game of Butterflies represents a tragic situation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Chronotope. Situational chronotope. The Game of Butterflies, Xronotop. Vaziyat xronotopi. Kapalaklar o‘yini. Fojiaviy vaziyat. Go‘zallikni anglash.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники