К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABDA BASKETBOL DARSLARIDA O’YIN TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYATI

TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYATI. · Muratov Djamshid Isoxonovich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

The initial preparatory stage of many years of sports training is recognized by all specialists-scientists as the fundamental stage that lays the foundation for technical and tactical skills. Therefore, starting from the initial preparatory stage, when teaching the movement technique specific to the selected sport, it is important to take into account the factors of accuracy and speed, which represent the logical characteristics of the movement and are inextricably linked to each other. . Assessment of the speed, technique and accuracy of hitting the ball along a sharply changing direction and running into the basketball basket in 11-12-year- old children. Keywords: basketball, strength and speed, flexibility, coordinated movements, throwing, game, movement, and techniques. Выпуск журнала №-22 Часть–4_Март –2025 289 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ko‘p yillik sport trenirovkasining dastlabki tayyorgarlik bosqichi barcha mutaxassis-olimlar tomonidan texnik-taktik mahoratga asos soluvchi fundamental bosqich deb tan olingan. Shunday ekan dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab tanlangan sport turiga xos harakat texnikasiga o‘rgatishda u harakatning mantiqiy xususiyatlarini ifodalovchi va bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan aniqlik hamda tezkorlik omillari e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Isbotlanganki, harakat texnikasini qismlarga bo‘lib sekin ijro etishda uning nusxasi va elementlari model na’munaga nisbatan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Lekin shu harakat tezligi oshirilgan sari uning texnikasi buzila boshlaydi, aniqligi esa yo‘qoladi. Yetakchi mutaxassis-olimlarning fikrlariga asosan harakat refleksi (yoki texnik-taktik ko‘nikmani ifodalovchi refleks) tabiiy holatda qanday namoyish etilishi zarur bo‘lsa, u shunday holat va qiyofada shakllantirilishi lozim ekan (P.K. Anoxin, 1980; Yu.D. Jeleznyak, 1998; V.I. Lyax, 2006; I.Tugashvili, V.Yanchuk, 1998). Boshqacha qilib aytganda biror-bir texnik ko‘nikma tezlik va aniqlik jihatlaridan musobaqa davomida qanday ijro etilsa, u shu ko‘rinishda erta yoshlikdan boshlab shakllantira borilishi afzal ekan. Binobarin, mazkur magistirlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida rejalashtirilgan eksperimental tadqiqotning g‘oyasi qayd etilgan masalani tajriba davomida o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning vazifalari 1. 11-12 yoshli bolalarda keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab to‘pni urib yugurib kelib basketbol savatiga tashlash tezligi, texnikasi va aniqligini baholash. 2. Harakat texnikasi, aniqligi va tezligini o‘zaro bog‘liq holda shakllantirish afzalligini tajriba asosida o‘rganish. 3. Amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni basketbol to‘garagida shug‘ullanuvchi bolalar mashg‘ulotlariga tadbiq etish. Tadqiqot uslublari 1. Adabiyotlar tahlili. 2. 2x14 m.ga to‘psiz yugurish. 3. 2x14 m.ga to‘pni urib yugurish. 4. 2x14 m.ga to‘pni urib keglilararo yugurish. Выпуск журнала №-22 Часть–4_Март –2025 290 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 5. Keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab to‘pni urib yugurib kelib devorda chizilgan nishonga tashlash texnikasi, aniqligi va tezligini baholash. 6. Pedagogik tajriba. 1. Adabiyotlar tahlili. Ushbu uslub tanlangan mavzu yo‘nalishiga mansub ilmiy-uslubiy ma’lumotlar to‘plash va mutaxassis-olimlar fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda ularni qiyosiy tahlil qilish asosida shu mavzuning dolzarbligi va uning amaliy ahamiyatini ochib berish maqsadida qo‘llanildi. Aniqlandiki, ko‘p yillik sport trenirovkasining dastlabki bosqichida tanlangan sport turiga xos harakat ko‘nikmalari musobaqa davomida qanday ijro etilsa, ularga shu nusxada o‘rgatish afzal ekan. Jumladan, ushbu jarayonda harakat texnikasi, aniqligi va tezligi bir vaqtni o‘zida parallel shakllantirilishi shu harakatni tabiiy ko‘rinishida o‘zlashtirishga imkon yaratar ekan. 2. 2x14 m.ga yugurish testi. Basketbolda to oldinga, to orqaga to‘psiz tezkor yugurib hujum yoki himoya harakatlarini ijro etish, bo‘sh va qulay joyni tanlab to‘p o‘z vaqtida qabul qilib, shu hujum yoki himoya harakatini foydali amalga oshirish zaruriyati tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun ham mazkur test natijalari muhim ahamiyat kasb etadi. Test quyidagi tartibda o‘taziladi. (1-rasm) Tekshiriluvchi orqa chiziqning ortida joylashadi: signal berilishi bilan u 2x14 m. yo‘nalishi bo‘ylab maksimal tezligida moksimon yuguradi. Vaqt sekundomer yordamida aniqlanadi. 4. 2x14 m.ga to‘pni urib yugurish testi. Bugingi basketbol musoboqalarida keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda, jumladan raqib shiti tomon va o‘z shiti tomon to‘pni urib yugurish orqali qulay fursatni poylab hujumni uyushtirish hollari ko‘p Выпуск журнала №-22 Часть–4_Март –2025 291 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uchraydi. Bunday holatlar ba’zida vaqtni «cho‘zish» taktikasidan foydalanish uchun ham qo‘llaniladi. Ana shunday qobiliyatni baholashda tanlangan ushbu test mashqidan foydalanish mumkin. Test quydagi tartibda qabul qilinadi. (2-rasm): tekshiriluvchi orqa chiziqni ortida to‘p bilan joylashadi; signal berilishi bilan 2x14 m.ga to‘pni urib maksimal ta

Доказательный фрагмент

«The initial preparatory stage of many years of sports training is recognized by all specialists-scientists as the fundamental stage that lays the foundation for technical and tactical skills.»

Образец извлечения

Демо-превью

The initial preparatory stage of many years of sports training is recognized by all specialists-scientists as the fundamental stage that lays the foundation for technical and tactical skills. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
basketball, strength and speed, flexibility, coordinated movements, o‘yin, koordinatsiyali harakatlar, harakat, mashlar metodlar., uloqtirish, egiluvchanlik, kuch va tezlik, basketbol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники