Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU RAYHON BERUNIYNING “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARIDAGI AYRIM ANTROPONIMLARNING GRAMMATIK TUZILISHI
GRAMMATIK TUZILISHI · Hamida Orislanova
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье изучается грамматическое строение антропонимов в труде Абу Райхана Беруни «Памятники минувших поколений». Личные имена в произведении классифицируются на простые, производные и сложные антропонимы. Рассматриваются лексическая основа антропонимов, их семантические и морфологические особенности. Annotation: This article examines the grammatical structure of anthroponyms in Abu Rayhan al-Biruni’s work "Monuments of Past Generations". Personal names in the work are classified into simple, derived, and compound anthroponyms. The lexical roots of anthroponyms, as well as their semantic and morphological features, are analyzed. Kalit so‘zlar: Antroponimika, Beruniy, qadimgi xalqlar, grammatik tuzilish, sodda antroponimlar, yasama antroponimlar, qo‘shma antroponimlar, etimologiya. Ключевые слова: Антропонимика, Беруни, древние народы, грамматическая структура, простые антропонимы, производные антропонимы, сложные антропонимы, этимология. Keywords: Anthroponymy, Biruni, ancient peoples, grammatical structure, simple anthroponyms, derived anthroponyms, compound anthroponyms, etymology. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 310 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1. Kirish. Bugungi kunda jahon tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida ham antroponimika sohasi ko‘plab tadqiqotlar uchun o‘rganish obyekti bo‘lib kelmoqda. Antroponimika [antropo..+yun. onyma] onomastikaning kishi ismlari, ularning kelib chiqishi, tarqalishi va sh.k masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi [A.Madvaliyev, D.Xudoyberganova − O‘zbek tilining izohli lug‘ati – I tom A-D, 89]. Antroponimlar xalq tili, madaniyati va ma’naviyatining eng qadimiy merosi bo‘lib, ularda shu xalqning o‘tmish tarixi, tili, turmush tarzi, diniy-falsafiy qarashlari, e’tiqodi, orzu-armonlari aks etadi. Tilshunos olim E.Begmatov ham buni alohida ta’kidlab quyidagicha fikr yuritadi: “Antroponimlar xalqning tarixi va ma’naviyatini o‘zida mujassamlashtirgan leksik birliklar hisoblangani uchun ularning ma’no, yuzaga kelish, rivojlanish, qo‘llanish xususiyatlarini tadqiq etish muhim ilmiy ahamiyatga ega” [Бегматов Э.A.,2013:78]. Shu sababali ham antroponimika xuddi toponimika, zoonimika, etnonimika kabi onomastikaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Antroponimlarga qiziqish, ularni tahlil qilib o‘rganish uzoq tarixga borib taqaladi. Dastlabki ilmiy asarlarda shaxs ismlarining kelib chiqishi, ularning ma’no qatlamlari va ijtimoiy ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Masalan, yunonistonlik mashxur faylasuf Platonning “Kratil” asarini antroponimikaning tarixiy poydevori sifatida ko‘rish mumkin, ammo u ismlarni tadqiq qilishda falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilganligi ta’kidlanadi. Antroponimika XIX-XX asrlarda onomastikaning tarkibiy qismi sifatida shakllandi. O‘zbek tilshunosligida ham bu yo‘nalish o‘tgan asrning 60-70 yillarida rivojlanib, qator ilmiy asarlar yaratildi. Shunga qaramay, tilshunos olim E.Begmatov aytganidek: “…o‘zbek antroponimlarning bir qator nazariy va amaliy muammolari o‘zining ilmiy asosi va teran tadqiqini kutmoqda. Masalan, antroponimlar semantikasi va motivatsiyasi, antroponimlarni tasnif qilishning ilmiy tamoyillari, antroponimlarni qardosh va noqardosh tillar bilan qiyosiy o‘rganish, antroponimlarni davrlashtirish tamoyillari, o‘zbek tarixiy antroponimiyasi, antroponimlarning turli uslublarida, ayniqsa, antroponimiya fondiga ijtimoiy-lisoniy, milliy-madaniy, falsafiy-etnik jihatdan yondashish masalalari, antroponimlarning izohli, imloviy transkriptsiya lug‘atlarini tuzishning leksikografik talab va tamoyillari, tarixiy yozma obidalar tilidagi antroponimlarni o‘rganish, o‘zbek Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 311 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tili antroponimikasini yaratish muammolari va boshqalar” [Бегматов Э.A.,2013:4,5]. Ushbu maqolamizda Abu Rayhon Beruninyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi bazi antroponimlarni grammatik tuzilishini tahlil qilishga harakat qildik. 2. Metodologiya. Malumki, inson hayotining bir qismi bo‘lgan antroponimlar jamiyat hayotida ham muhim o‘rin tutadi, shu sababli kishi nomlari xalq tarixining bir qismidir. Ularda xalqlarning turmush tarzi, tarixi, tili, madaniyati o‘z aksini topadi. Shu tufayli tarixiy asarlarni antroponimik tahlil qilish shu davrda yashagan xalqlarning dunyoqarashi haqida qimmatli ma’lumot beradi. Chunki har bir xalqning urf-odatlari, turmush tarzi, diniy ishonchlari ularning ismlarida namoyon bo‘ladi. Asardagi antroponimlarni tahlil qilish jarayonida tasviriy va tasniflash metodlaridan foydalanildi. Bilamizki, tasviriy metod barcha ijtimoiy-tarixiy va tabiiy fanlarda keng qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra bu metod boshqa metodlar orasida qo‘llanish ko‘lami jihatidan eng yuqori o‘rinda turadi. “Tasviriy metodning asosiy vazifasi shundaki, u muayyan sinxron aspektga tegishli lisoniy birliklarni, hodisalarni tasvirlash, tavsiflash jarayonida ularni tahlil qilib boradi, tildagi vazifasini, oʻrnini, qoʻllanishini, tuzilishini, oʻziga xosliklarini aniqlaydi, umumlashtiradi, xulo
Доказательный фрагмент
«В данной статье изучается грамматическое строение антропонимов в труде Абу Райхана Беруни «Памятники минувших поколений».»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье изучается грамматическое строение антропонимов в труде Абу Райхана Беруни «Памятники минувших поколений». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Anthroponymy, Biruni, ancient peoples, grammatical structure, Antroponimika, etimologiya., grammatik tuzilish, Beruniy, yasama antroponimlar, qo‘shma antroponimlar, qadimgi xalqlar, sodda antroponimlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025