К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘SMIRLARDAGI XULQ-ATVORGA OILAVIY MUHITNING TA’SIRI

Nilufar Kirgizbayeva

Современное образование и развитие · 3 · 2025

Аннотация

The uniqueness of human activity lies in the fact that it is constantly in interaction with other people or with things created by itself. In addition to the natural laws that coordinate the relations between them, the laws of moral norms in the form of strict rules of social life, which determine the variability of relations to a certain extent, sometimes come into force. This article provides information about this. Keywords: variability, philosophy, morality, individual development. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 316 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT KIRISH Insonlar o‘zaro munosabatlarni idora qiluvchi bir-birining xatti- harakatini va xulqini, shuningdek boshqa insonlarga qaratilgan xususiy harakatlarni baholash tizimi ishga tushadi. Insonlar tomonidan belgilanadigan munosabatlarni aks ettiruvchi mazkur baholarning nisbiyligi asosiy falsafiy va ahloqiy masaladir. Kimningdir nuqtai-nazariga ko‘ra zaruriyatday tuyuladigan narsa boshqa bir inson uchun nafaqat befoyda, balki zararli deb hisoblanishi mumkin, bir madaniyatda ma’qul sanalgan narsa boshqa bir madaniyatda noma’quldek e’tirof etilishi mumkin. Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda insonlararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xarakteristkalaridan biri agressivlikdir. Psixologiyada “agressiya” tushunchasi turlicha yondashuv asosida tahlil qilingan bo‘lib, bir guruh tadqiqotchilar agressiyani negativ xulq-atvor modeli sifatida baholasalar, yana bir guruh tadqiqotchilar bu xulq- atvorning pozitiv tomonlari ham mavjudligini ta’kidlaydilar[1]. Adabiyotlar tahlili va metodlar: Bizlar, - deb yozadi R. Kratchfild va N. Livsonlar – agressiya ahloqiylikning ziddi demoqchi emasmiz: zotan agressiyaning ba’zi bir shakllariga ahloqsizlik sifatida qaramaydi. Biroq u aksariyat hollarda ahloqsizlikdir, shuning uchun ahloqiylikni o‘zlashtirilishiga ma’sul mexanizmlar agressiv inpulslar ijtimoiylashuvi negizida ham yotadi. Ular agressiyaning ikki bir- birini inkor etmaydigan va birday maqbul tavsiflarini berganlar. Birinchisi, xulq- atvorning zoxiriy (tashqi) alomatlariga asoslanadi: “Agressiya” - kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir. Ikkinchisi, odamning botini (niyatlari) bilan bog‘lik, ya’ni insonni harakatga undovchi kuchlarni o‘rganish bilan anglash mumkin bo‘lgan holatlar bilan mushtarak: “Agressiya - boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday xatti-harakatdir”[2]. Agressiyaning yukoridagi zikr etilgan tavsiflariga monand tushunchalarga tayangan holda ko‘pgina psixologlar agressiyani jonli olamning, yashash uchun ko‘rash bilan bog‘lik, uzviy xarakteristikasi deb hisoblaydilar. Agressiyaning ijtimoiy ma’qul va assotsial agressiv xulq-atvor turlari farqlanadi. Ijtimoiy ma’qul agressiya turida frustratsiya va nizo natijasida kelib chiquvchi zo‘riqish hamda havotirlanish ijtimoiy normalarga mos keluvchi harakatlar Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 317 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT orqali hal qilinadi. Assotsial agressiv xulq-atvor normalarga zid bo‘lgan (urishish, so‘kish) harakatlarda namoyon bo‘ladi. Agressiv xatti-harakat asosida agressivlik motivi yotadi. Agressiv xatti-harakatlar odamlarga ma’naviy, ruhiy, moddiy va jismoniy zarar yetkazadi. Agressivlik boshqa odamga bila turib zarar yetkazish demakdir. Bunday xatti-harakatlarni bartaraf etishning psixologik jihatdan qiyin tomoni shundaki, agressiv xulq-atvorli shaxs o‘z xatti-harakatlarini oqlash uchun osongina ko‘plab mantiqiy dalillarni keltiradi va aybni o‘z bo‘ynidan soqit qilishga urinadi. Muhokama va natijalar: Ma’lumki, oilaning to‘liqligi, noto‘liqligi yoki qayta tuzilganligi ham bolalardagi agressivlikni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardandir. Mashhur psixolog Gettingning “Oiladagi agressiv bolalarni o‘rganish” bo‘yicha olib borgan maxsus tadqiqotining natijasiga ko‘ra, noto‘liq oilalarda o‘ta qahrli, qo‘pol, agressiv va shu bilan birga voyaga yetmagan jinoyatchilar kelib chiqayotganligini alohida ko‘rsatib e’tirof etdi.[3] Gettingning ta’kidlashicha to‘liq bo‘lgan oilalarda ham noto‘liq oilalarda ham sog‘lom yoki nosog‘lom oilaviy muhit mavjud bo‘ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar oilada nosog‘lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh omillardir. Nosog‘lom oila muhitida asosiy e’tibor o‘zaro ziddiyatlarga qaratilganligi sababli ularda bola tarbiyasi ko‘pincha tahdid va jismoniy jazolashdan iborat bo‘ladi. Bunday nosog‘lom oila muhitida voyaga yetgan bolalar o‘ta agressiv, jizzaki, janjalkash bo‘lishi kuzatilgan[4]. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, davrlar silsilasidan o‘tib, bizning istiqlol davrimizgacha yetib kelgan sharq allomalarini durdona asarlari bugungi kunda nodir qo‘lyozmalar qatoridan munosib o‘rin egallagandir. Ma’naviy merosimizdagi tarbiyaviy g‘oyalar rivojiga bir nazar soladigan bo‘lsak, qanchalik ma’naviy javohirlarga ega ekanligimizga ishonch hosil qilamiz. Darhaqiqat, yuqorida biz cheksiz bir ummondan bir tomchisinigina tahlil qilib chiqdik xolos. Shuni

Доказательный фрагмент

«The uniqueness of human activity lies in the fact that it is constantly in interaction with other people or with things created by itself.»

Образец извлечения

Демо-превью

The uniqueness of human activity lies in the fact that it is constantly in interaction with other people or with things created by itself. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
variability, philosophy, morality, individual development, ahloq, variativlik, falsafa, individual taraqqiyot.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники