Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IXTISOSLASGAN SAN’AT MAKTABLARIDA INFORMATIKA O’QUV KURSI MAZMUNINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURIYATI
Egamberdiyeva Nasiba Shavkat qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ixtisoslashgan san’at maktablarida informatika fanini o‘qitishning ahamiyati, Informatika o’quv kursi mazmunini rivojlantirishning asosiy komponentlari, mazmuni va samarali o‘qitish metodikalarini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Shuningdek, informatika fanining zamonaviy talablarga javob beruvchi o‘quv dasturlari, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va o‘quvchilarni kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlash metodikalari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: raqamli texnologiyalar, raqamli savodxonlik, differensial yondashuv, integrativ yondashuv, individuallashtirish, sun’iy intellekt, ma’lumotlar bazasi, kompetensiya, Big Data, Blockchain, modellashtirish, loyihaviy ta’lim, ta’limiy robototexnika. XXI asr – raqamli texnologiyalar asri. Informatika va axborot texnologiyalari (AT) hayotimizning barcha sohalarida muhim o‘rin tutmoqda. Shu sababli, maktab ta’limining asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish va ularga dasturiy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Ayniqsa, ixtisoslashgan maktablarda informatika fanining mazmuni chuqurroq va amaliy jihatdan boy bo‘lishi talab etiladi. Ta’lim muassasalarida dars jarayonini sifatli tashkil qilish va o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, mavzuni tushuntirishda zamonaviy axborot kommunikatsion va pedagogikaning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 326 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ixtisoslasgan san’at maktablarida informatikaning mazmuni differensial va integrativ yondashuvlar asosida shakllantiriladi. Bu informatika fanining zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlab, o‘quvchilarga kasbiy yo‘nalishlarini belgilash uchun mustahkam asos yaratadi. Ixtisoslasgan san’at maktablarida informatika kursining mazmunini rivojlantirish nazariy jihatdan integratsiya va differensiallashuvning uyg‘unligini ta’minlashga asoslanadi. Bu tamoyil butun ta’lim tizimining mazmuniy xususiyatlarini belgilab beradi. Me’yoriy hujjatlar bilan mustahkamlangan differensial ta’lim tizimi bosqichma-bosqich o‘quv jarayonini tashkil etish imkonini beradi. Ushbu yondashuv doirasida fanlarning chuqurlashtirilgan o‘qitilishi o‘quvchilarning tanloviga asoslangan holda amalga oshiriladi [2]. Informatika kursini o‘zlashtirish natijasida shakllanadigan fanga oid kompetensiyalar asosiy, maxsus va global guruhlarga ajratilishi lozim. Fanni o‘rganish bosqichlariga qarab, e’tibor turli kompetensiya guruhlariga qaratiladi. Ushbu kompetensiyalarni shakllantirish uchun yangi ta’lim texnologiyalari (ta’lim robototexnikasi, loyiha texnologiyasi, aralash ta’lim, formatif baholash va boshqalar) qo‘llaniladi. Zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonida aks etish imkoniyatlarini tahlil qilish orqali informatika mazmunini rivojlantirish mumkin. Ushbu natijalar tegishli jadvalda tizimli ravishda aks ettirilgan (1-jadval). 1-jadval Informatika o‘qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning mazmuni Asosiy raqamli Informatika kursida aks etishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar yo‘nalishlar 1 Katta hajmdagi Ma’lumotlarni shifrlash turlari va kodlash usullari; ma'lumotlar (Big Data) strukturalangan va strukturalanmagan ma’lumotlar; tipik ma’lumotlar tuzilmalarini qayta ishlash algoritmlari; katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 327 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qilishning asosiy usullari; sun’iy intellekt yo‘nalishlariga kirish. 2 Neyrotexnologiyalar va Sun’iy intellekt (SI) fan va texnologik yo‘nalish sun’iy intellekt sifatida taqqoslash; SI tizimlarining “kuchli” va “zaif” variantlari; ekspert tizimlari va ontologik modellash; o‘z-o‘zini o‘rgatuvchi texnik tizimlar va ularning modifikatsiyasi. 3 Taqsimlangan reyestr Ma’lumotlar bazalarida ma’lumotlarni saqlash va tizimlari (Blockchain) taqdim etish usullari; axborot tizimlarining hayotiy tsikli va ularning xavfsizligi; elektron sertifikatlar va raqamli imzo; davlat va tijorat xizmatlarining huquqiy ta’minoti. 4 Yangi ishlab chiqarish Avtomatlashtirilgan loyihalash va prototiplash texnologiyalari asoslari; maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish; 3D modellashtirish va 3D bosib chiqarish; qo‘shimcha va gibrid texnologiyalar. 5 Sanoat interneti Kompyuter tarmoqlarining ishlash tamoyillari; (Industrial Internet of sanoat interneti konsepsiyasi va uning raqamli Things) iqtisodiyot sharoitida afzalliklari; intellektual algoritmlar yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish. 6 Robototexnika va Bulutli texnologiyalar va intellektual algoritmlar sensorika asosida ishlab chiqarish komplekslarini avtomatlashtirish; raqamli iqtisodiyot sharoitida robototexnika imkoniyatlarini kengaytirish. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 328 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 7 Simsiz aloqa Kompyuter tarmoqlarining simsiz aloqa texnologiyalari texnologiyalari asosida ishlash tamoyillari; mobil ilovalar yaratish va ulardan foydalanish usullari. 8 Virtual va qo‘shimcha Kompyuter
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ixtisoslashgan san’at maktablarida informatika fanini o‘qitishning ahamiyati, Informatika o’quv kursi mazmunini rivojlantirishning asosiy komponentlari, mazmuni va samarali o‘qitish metodikalarini ishla…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ixtisoslashgan san’at maktablarida informatika fanini o‘qitishning ahamiyati, Informatika o’quv kursi mazmunini rivojlantirishning asosiy komponentlari, mazmuni va samarali o‘qitish metodikalarini ishla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- integrativ yondashuv, raqamli texnologiyalar, loyihaviy ta’lim, ma’lumotlar bazasi, differensial yondashuv, Blockchain, ta’limiy robototexnika., modellashtirish, kompetensiya, sun’iy intellekt, raqamli savodxonlik, Big Data, individuallashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025