Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY FOJIASI: JADIDCHILIK YO‘LIDAGI QURBONLIK
Quqonboyeva Moxlaroyim Elmurodjon qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
XX asrda Turkistonda boshlangan jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z faoliyati davomida xalq ma’rifatli bo‘lishi hamda Vatani mustaqil bo‘lishi uchun harakat qildi. Bu yo‘lga qat’iy kirishgan Behbudiy davr mutasaddilari uchun haqiqiy raqib bo‘ldi. Shu sababli ma’rifatparvar Behbudiy fojiali tarzda o‘ldirildi. Ushbu maqolada Behbudiy faoliyati, fojiali taqdiri haqida so‘z yuritiladi. Kirish so‘zlar: jadidchilik, mustaqillik, ma’rifat, qozilik, muftiy, teatr, Qizil Armiya, Fitrat. Buyuk ishlar doimo kata qurbonliklar talab qiladi. Uzoq tarixga nazarga solar ekanmiz, yurt ravnaqi va xalq kelajagi yo‘lida kurashga chiqqan va bu yo‘lda o‘zini ham qurbon qilgan insonlar talaygina ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Mana shunday Vatani va xalqi uchun jon-jahdi bilan kurashgan, hayotini oliy maqsad yo‘lida garovga qo‘ygan qahramonlardan biri buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy hisoblanadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy yoshligidan puxta ta’lim oldi, tengdoshlari o‘yin- kulgiga berilgan paytda ham vaqtning qadrini anglab ilm olishni afzal bildi. Shu sababli o‘zining tirishqoqligi, aqli va ayricha iqtidori bilan barchadan ajralib turdi. “Bola boshidan” deganlaridek, bo‘lajak lider, tabiiyki, bundan o‘zgacha bo‘lishi mumkin emasdi. Arab tili va shar’iy ilmlarni atroflicha o‘zlashtirgan Behbudiy avval qozilik, so‘ngra muftiylik bilan bir muddat shug‘ullandi. Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan jonkuyar bobomiz Turkistonda jadidchilik faoliyatini boshlab, bu yo‘lda peshqadamlardan bo‘ldi. O‘z mablag‘laridan yangi usuldagi maktablar, kutubxona, Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 343 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nashriyot uylari qurdirdi; bir necha gazeta va jurnallarga asos soldi; Turkistonda teatr tamal toshini qo‘ydi hamda maktab uchun darsliklar ta’lif qildi. Xalqning ko‘zini ochishga, mustaqillik va ozodlikka undashga urinayotgan bunday fidoyilar mustamlakachilar uchun haqiqiy dushman edi, albatta. Turli majlis va qurultoylarda ham Turkiston ozodligini yoqlab mardona nutq so‘zlagan va bu yo‘lda sezilarli harakatlarni amalga oshirayotgan Behbudiy o‘sha davr amaldorlarini havotirga solib qo‘ydi. Turkiston muxtoriyati ayovsiz vayron qilingach, navbat bu ishning boshida turgan rahbarlarga yetib keldi. 1919-yilda o‘z faoliyatini davom ettirish maqsadida Qo‘qonga safarga otlangan Behbudiy yo‘lda Qizil Armiya tomonidan hibsga olinadi. Uning “aybi” aniq edi – u jadidchilik faoliyati, milliy mustaqillik tarafdori bo‘lgani va Sovet hokimiyatiga qarshi chiqishi mumkinligi uchun qatl etiladi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Behbudiy Qizil Armiya tomonidan sud qilinmasdan 1919-yil mart oyida otib tashlanadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u sovet zobitlari tomonidan josuslik va qarshilik uyushtirishda ayblangan. Uning qatl etilishi Turkiston jadidchilik harakatiga katta zarba berdi. Bu davrda yana ko‘plab jadidlar hibsga olinib, surgun qilindi yoki o‘ldirildi. Behbudiy o‘limi haqida aniq hujjatlar saqlanmagan bo‘lib, uning jasadi qayerga dafn etilgani ham, afsuski, noma’lum. Atoqli shoir va yozuvchilardan biri Fitratning Behbudiyga atab “Behbudiy sag‘anasin izladim” degan marsiya yozgani ham bejizga emas edi. Behbudiy yo‘q qilingan bo‘lsa-da mustaqillik tufayli uning nomi tiklandi. Hozirda ham dolzarb bo‘lgan g‘oya va qarashlari turli ilmiy tadqiqotlar uchun asos bo‘lib kelmoqda hamda asarlari o‘rganilib, keng targ‘ib qilinmoqda. Behbudiy taqdiri ayanchli yakun topgan bo‘lsa-da bu mehnat va fidoyilik besamar ketmadi. Jadidlar boshlab bergan islohot ishlari hozirgi kunda ham davom ettirilib, buyuk bobolarimiz maqsadlariga hamohang tarzda amalga oshirib kelinmoqda. Xalqni ma’rifatga, rivojlanishga, Vatanga sadoqat va muhabbat bilan xizmat qilishga undagan va bu yo‘lda moli ham jonini ham ayamagan Behbudiy nomi tarix zarvaraqlariga mudom faxr ila yoziladi hamda qalblarda mangu yashaydi. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 344 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Jadidlar. Mahmudxo’ja Behbudiy. [Matn]: risola. \Z. Abdirashidov. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – 156 bet. 2. Aliyev A. Mahmudxo’ja Behbudiy. – Toshkent: Yozuvchi. 1994-yil. 3. Xalqaro ijodiy to’plam. “Buyuk jadidchilar izdoshlari”. Ilmiy va ijodiy to’plam. O’zbekiston: “Phoenix publication” nashriyoti, 2024. – 650 bet. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 345
Доказательный фрагмент
«XX asrda Turkistonda boshlangan jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z faoliyati davomida xalq ma’rifatli bo‘lishi hamda Vatani mustaqil bo‘lishi uchun harakat qildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюXX asrda Turkistonda boshlangan jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z faoliyati davomida xalq ma’rifatli bo‘lishi hamda Vatani mustaqil bo‘lishi uchun harakat qildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muftiy, teatr, qozilik, Qizil Armiya, Fitrat., mustaqillik, ma’rifat, : jadidchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025