К содержанию
РецензированоUZ2025

ODAM GAVDASIDAN OLINADIGAN O’LCHOVLARNI STEAM USULI ORQALI O’QITISH SAMARADORLIGI

Muxamadaliyeva Gulhayo Qahramonjon qizi

Современное образование и развитие · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada odam gavdasi haqida, hamda gavdadan olinadigan asosiy o’lchovlar haqida malumotlar yoritilgan. Shuningdek, bu mavzuni o’quvchilarga tushuntirishda ,,STEAM’’ usulidan foydalanib, o’quvchilar bilim samaradorligini 20-25% oshganligi ko’rsatilgan. Kalit so’zlar: anatomiya, morfologiya, antrapologiya, steam, o’lchov, tana, gavda Avvalo kiyim yaratishda oldin inson gavdasidan bir qancha o’lchamlar olinadi. Chunki kiyim inson tanasiga mos holda yaratilishi kerak, libosni kiygan inson o’zini noqulay his qilmasligi uchun shunday tikiladi. Tikuvchi mutaxassis odam gavdasi tuzilishini ko’z oldida tasavvur qila olishi lozim. Anatomiya-inson organizmi:ayrim organlar va sistemalarning tuzilishi hamda formalari haqidagi fan. Anatomiya morfologiyaning bir qismi hisoblanadi. Morfologiya-inson organizmining shaxsiy o’zgaruvchanligi, gavda o’lchamlari va mutanosibliklarining yoshga qarab o’zgarishi hamda organism ayrim qismlarining o’zgaruvchanligi qonuniyatlari haqidagi fan bo’lib, inson tanasining tuzilishi haqidagi ta’limotdir. Antrpologiya fani esa yuqoridagilarning hammasini o’z ichiga olib, odam gavdasi tuzilishi haqida to’liq ma’lumot beradi. Odam gavdasidan olinadigan birinchi o’lchov bu kiyim uzunligi hisoblanadi.O’lchov lishda ba’zi qisqartmalar mavjud bo’lib, ular U-uzunlik, A- aylana, YaA-yarim aylana, K-kenglik, B-balandlik.Aylana o’lchovlari to’la olinsada, ammo bu o’lchamlar yarmi (yelka, bilak, yelka qiyamasining kengligidan tashqari) Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 443 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yoziladi.Qolgan uzunlik o’lchovlari to’liq yoziladi. Inson gavdasidan olinadigan o’lchovlar 24ta bo’lib, ular quyidagilar: 1. Bo'yin aylanasi (BnA). Santimetrli lenta bo'yin nuqtasi va bo'yin asosidagi nuqta orqali o'mrov nuqtasigacha aylanib o'tadi. 2. Ko'krakning birinchi aylanasi (KA ). lenta gavda ort qismi bo'ylab, 1 gorizontal qo'ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib, oldinda kukrak bezlari asosining ustidan o'tadi. 3.Ko'krakning ikkinchi aylanasi (KA ). Santimetrli lenta kuraklarning 2 turtib chiqqan nuqtalari bo'ylab, qo'ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib, oldinda ko'krakning turtib chiqqan nuqtalari bo'ylab o'tadi. 3a. Ko'krakning uchinchi aylanasi (KA ). Santimetrli lenta kurakning turtib 3 chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan qat'iyan gorizontal o'tadi. 4. Bel aylanasi (BlA). Santimetrli lenta bel chizig'i darajasida eng ingichka joydan tanani aylanib o'tadi. 5. Bo'ksa aylanasi (BkA). Santimetrli lenta tana atrofidan gorizontal aylanib, lekin qorinning turtib chiqqanini hisobga olib, dumbaning turtib chiqqan nuqtalari orqali o'tadi. 6. Bilak aylanasi (BA). Panja bilakka ulanadigan joyidan aylantirib o'lchanadi. 7. Son aylanasi (SA). Sonning eng yuqori qismidan dumba chiziqlaridan gorizontal ravishda aylantirib o'lchanadi. 8. Tizza aylanasi (TA). Oyoqni 90º bukilgan holatda tizza atrofidan aylantirib o'lchanadi. 9. Gavdaning ort qismining kengligi (OrK). Gavda ort qismi bo'ylab qo'ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o'lchanadi. 10. Ko'krak kengligi 1 (KK1). Ko'krak bezlarining asosida ustidan qo'ltiq chuqurligining oldingi burchaklari orasi gorizontal oʻlchanadi. Bu nazorat qilish o'lchovidir. Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 444 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 11. Ko'krak kengligi 2 (KK2). Santimetrli lenta ko'krak bezlarining uchlaridan qo'ltiq chuqurligining oldingi burchaklaridan hayolan pastga tomon o'tkazilgan vertikal chiziqlar orasidan o'tadi. 12. Ko'krak markazi (KM). Koʻkrakni turtib chiqqan nuqtalarining orasi oʻlchanadi. 13. Yelka kengligi (YelK). Bo'yin asosining nuqtasidan yelka nuqtasigacha o'lchanadi. 14. Yelka aylanasi (YelA). Qo'lning yuqori qismidan aylantirib. qo'ltiq chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal oʻlchanadi. 15. Yeng uzunligi (YeU). Santimetrli lenta yordamida yelka nuqtasidan qo'lini bir oz bukilgan tirsak nuqtasi orqali bilakgacha oʻlchanadi. Bir vaqtda yengning tirsakkacha uzunligini ham belgilab olish kerak. 16. Gavda ort qismining belgacha uzunligi (OrbU). Santimetrli lenta bo'yin asosidan kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa pog'onasigacha parallel ravishda o'tadi. 17.Yelka qiyamasi uzunligi (YeQU). Bel chizig'i umurtqa chizig'i bilan kesishgan nuqtasidan yelka nuqtasigacha o'lchanadi. 18. Gavdaning old qismi belgacha uzunligi (OlbU). Santimetrli lenta bo'yin asosi nuqtasidan ko'krak bezlarining uchlari orqali belgacha vertikal ravishda o'tadi. 19. Ko'krak balandligi (KB). Santimetrli lenta bo'yin asosi nuqtasidan ko'krak bezlarining uchlarigacha o'tadi. 20. Yeng oʻmizi uzunligi (Yeo'U). Bo'yin asosi yonida loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan, qo'ltiq chuqurligining ort tomon darajasida gorizontalgacha vertikal o'lchanadi. 21. Kiyim uzunligi (KU). Yettinchi bo'yin umurtqasidan istalgan uzunlik darajasigacha umurtqa bo'ylab, belga yopishib turadigan kiyimlarda bel bukilishini hisobga olib o'lchanadi (kiyim uzunligi ikkita o'lchamdan ham iborat bo'

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada odam gavdasi haqida, hamda gavdadan olinadigan asosiy o’lchovlar haqida malumotlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada odam gavdasi haqida, hamda gavdadan olinadigan asosiy o’lchovlar haqida malumotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
anatomiya, gavda Avvalo kiyim yaratishda oldin inson gavdasidan bir qancha o’lchamlar olinadi. Chunki kiyim inson tanasiga mos holda yaratilishi kerak, antrapologiya, libosni kiygan inson o’zini noqulay his qilmasligi uchun shunday tikiladi. Tikuvchi mutaxassis odam gavdasi tuzilishini ko’z oldida tasavvur qila olishi lozim., o’lchov, steam, tana, morfologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники