К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻSIMLIKLAR QOPLAMINING MINTAQALAR BOʻYLAB TARQALISH QONUNIYATLARI

Mirzayeva Malika Xurram qizi · Turayeva Sabrina Kamoliddin qizi (Shahrisabz davlat pedagogika institute Pedagogika fakulteti Tabiiy fanlar)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Plant cover on Earth is distributed according to specific ecological, climatic and geographical patterns. Understanding these distribution patterns is important for ecology, conservation and land management. The distribution of plants is influenced by climatic zones, topographic changes, soil composition and human activities. This article examines the main factors affecting the distribution of plants and the main patterns observed in different regions. Keywords:relict law, polar region, lichens, endemic species, equatorial region, Florida Everglades, Chernozem, infrastructure construction, Melting permafrost Kirish: Oʻsimliklar qoplami Yer yuzasida muayyan qonuniyat asosida taqsimlanadi. Ularning tarqalishi iqlim, tuproq, namlik, geografik kenglik va balandlik kabi omillarga bogʻliq. Ushbu maqolada oʻsimliklarning mintaqalar boʻylab taqsimlanish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Oʻsimliklar qoplamining tarqalishiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar.Oʻsimliklarning tarqalish qonuniyatlarini tushunish uchun quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqlim omillari: Iqlim oʻsimliklarning asosiy shakllanuvchi omillaridan biridir. Harorat, yogʻingarchilik miqdori va taqsimoti, namlik darajasi oʻsimliklar turlarining shakllanishi va tarqalishini belgilaydi. Ekvatorial mintaqalarda nam tropik oʻrmonlar hukmron boʻlsa,Choʻl hududlarida qurgʻoqchil oʻsimliklar uchraydi,Moʻ’ta iqlimli hududlarda oʻrmon va dasht oʻsimliklari keng tarqalgan. Tuproq omillari: Tuproqning tarkibi, unumdorligi va namlikni ushlab turish qobiliyati oʻsimliklar tarkibiga bevosita taʼsir qiladi. Masalan:Qora tuproqli hududlar – serhosil va gʻalla ekinlari uchun qulay,Shoʻrlangan tuproqlar – shoʻrga chidamli oʻsimliklar oʻsishi mumkin,Qumli tuproqlar – choʻl va yarim choʻl oʻsimliklari uchun mos.Geografik kenglik va balandlik: Oʻsimliklarning tarqalishi geobotanik mintaqalarga bogʻliq. Yer sharining turli kengliklarida oʻsimliklar oʻziga xos xususiyatlarga ega:Qutbiy kengliklarda liken va moxlar,Moʻ’ta kengliklarda aralash oʻrmonlar,Issiq mintaqalarda tropik oʻrmonlar tarqalgan. Shuningdek, togʻ tizmalari boʻylab balandlik ortishi bilan oʻsimliklarning zonalligi kuzatiladi.Oʻsimliklarning geografik mintaqalar boʻyicha tarqalishi. ¹Tropik Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 449 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oʻrmonlar: Tropik mintaqalarda yogʻingarchilik yil boʻyi moʻl boʻlib, oʻsimliklarning xilma-xilligi juda yuqori. Masalan, Janubiy Amerika, Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyo tropik oʻrmonlari koʻplab endemik turlarga ega. Savannalar va dashtlar: Tropik va subtropik hududlarda yogʻingarchilik mavsumiy boʻlib, bu joylarda oʻt oʻsimliklari, butalar va siyrak daraxtlar uchraydi. Afrikada savannalar, Shimoliy Amerikada preriyalar, Yevroosiyo mintaqasida esa dashtlar keng tarqalgan. Choʻl va yarim choʻl hududlari: Choʻllar oʻsimliklarning kamligi bilan ajralib turadi. Bu hududlarda suvni tejaydigan, qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklar (kaktuslar, saksofon, shuvoq) oʻsadi. Moʻ’ta iqlim mintaqalari: Bu hududlarda bargli va ignabargli oʻrmonlar, shuningdek, oʻtloqlar mavjud. Evropa va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan oʻrmon mintaqalari shular jumlasidandir. Tundra va qutbiy mintaqalar: Bu hududlar sovuq iqlimi bilan ajralib turadi va asosan moxlar, likenlar hamda siyrak butalar oʻsadi. Oʻsimliklarning tarqalish qonuniyatlari Oʻsimliklarning mintaqalar boʻylab tarqalishi asosan quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi. Geobotanik zonallik qonuniyati: Bu qonuniyatga koʻra, oʻsimlik qoplami iqlim zonalariga mos ravishda tarqaladi. Masalan: Ekvatorial mintaqa – nam tropik oʻrmonlar,Subtropik mintaqa – quruq oʻrmon va butazorlar,Moʻ’ta mintaqa – aralash va ignabargli oʻrmonlar,Qutbiy mintaqa – tundra oʻsimliklari.Vertikal (balandlik) zonallik qonuniyati: Togʻli hududlarda balandlik ortishi bilan oʻsimliklarning oʻzgarishi kuzatiladi. Bu holat togʻli mintaqalardagi harorat va namlik rejimiga bogʻliq. Masalan, Pomir yoki Alplarda:Pastki zonalarda dasht va oʻrmonlar,Oʻrta balandliklarda ignabargli oʻrmonlar,Yuqori balandliklarda alp oʻtloqlari,Eng yuqori balandliklarda esa qor va muzlik zonalari joylashgan.Kontinental qonuniyat: Qitʼaning ichkarisiga chuqur kirgan sari iqlim kontinental tus oladi va oʻsimliklar qoplamining tarkibi oʻzgaradi. Masalan: Okean sohillarida sernam oʻrmonlar koʻp,Ichki qismda esa dasht va choʻl oʻsimliklari ustunlik qiladi. Endemiklik va reliktlik qonuniyat:Baʼzi oʻsimliklar faqat muayyan geografik hududlarda uchraydi (endemik turlar). Bunga sabab – uzoq yillik izolyatsiya yoki maxsus iqlim sharoitlari. Masalan:Madagaskar orolida koʻplab noyob oʻsimliklar mavjud,Ginkgo daraxti Xitoyning ayrim hududlarida saqlanib qolgan relikt oʻsimlik hisoblanadi. Antropogen Выпуск журнала №-22 Часть–4_ Март –2025 450 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT omillar ta’siri: Inson faoliyati natijasida oʻsimliklarning tabiiy tarqalishi oʻzgarib bormoqda.Qishloq xoʻjaligi uchun oʻrmonlarning kesilishi, Shaharsozlik va infratuzilma qurilishi, Atmosfera ifloslanishi

Доказательный фрагмент

«Plant cover on Earth is distributed according to specific ecological, climatic and geographical patterns.»

Образец извлечения

Демо-превью

Plant cover on Earth is distributed according to specific ecological, climatic and geographical patterns. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
relict law, polar region, lichens, endemic species, equatorial, likenlar, infratuzilma qurilishi, Florida Evergleydlari, ekvatorial mintaqa, Chernozem, Eriydigan permafroso, endemik turlar, qutbiy mintaqa, reliktlik qonuniyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники