Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TERMINOLOGIYA VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (NEMIS VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Islamov Dilshod Narmaxammatovich
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article discusses the role of the field of terminology in linguistics, its stages of development, the requirements placed on it, modern trends in terminology, its connection with various branches of linguistics, and the importance and specific features of the field of terminology in German and Uzbek. Kalit so’zlar: termin, terminologiya, leksikologiya, semantika, kognitiv terminologiya, funksiya, kommunikativ funksiya, monosemiya, polisemiya, komposita, sotsiolingvistika, stilistika, ilmiy matn. Ключевые слова: термин, терминология, лексикология, семантика, когнитивная терминология, функция, коммуникативная функция, моносемия, полисемия, композит, социолингвистика, стилистика, научный текст. Key words: term, terminology, lexicology, semantics, cognitive terminology, function, communicative function, monosemy, polysemy, composite, sociolinguistics, stylistics, scientific text. Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 45 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tilshunoslik – tilni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganuvchi fan. Uning tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan terminologiya muayyan soha doirasidagi tushunchalarni ifodalovchi maxsus so’z va iboralarni o’rganadi. Terminologiya tilshunoslikda muhim o’rin tutadi, chunki u tilning leksik tizimini boyitadi, ilmiy bilimlarni aniq va ixcham tarzda ifodalashga yordam beradi, soha mutaxassislari o’rtasida o’zaro tushunishni ta’minlaydi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi. Shu o’rinda terminologiya so’ziga quyidagicha ta’rif berib o’tamiz: Terminologiya (termin va … logiya) 1) leksikaning bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika ham hisoblanadi. Terminologiyaning til lug’at tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud. Birinchi g’oyaga ko’ra, terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e’tirof etilsa, ikkinchi ta’limotga muvofiq u adabiy til so’z boyligi tarkibidan ajratiladi, “alohida turuvchi” obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlari (sheva, jargon, jonli so’zlashuv)ga tenglashtiriladi. V.P.Danilenkoning ta’kidlashicha, terminologiya deganda umumadabiy tilning mustaqil funksional turi, ya’ni an’anaviy fan,ilm yoki texnika tili nazarda tutiladi. Fan tili umumadabiy tilning funksional sistemalaridan biri sifatida jonli so’zlashuv tili va badiiy adabiyot tili tushunchalari bilan bir qatorda turadi. Terminologiyaning tilshunoslik sohasida o’ziga xos bo’lgan muhim vazifalari mavjud. Ushbu vazifalarni quyida ko’rib chiqamiz. Aniqlikni ta’minlash (Ta’riflash funksiyasi): Terminlar muayyan sohada ishlatiladigan tushunchalarni aniq va qisqa ta’riflashga xizmat qiladi. Har bir termin aniq bir tushunchani ifodalashi va uning xususiyatlarini belgilashi kerak. Bu xatoliklarni oldini olish va mutaxassislar o’rtasida aniq tushunishni ta’minlash uchun juda muhimdir. Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 46 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tizimlashtirish (Tizimlashtirish funksiyasi): Terminologiya soha doirasidagi bilimlarni tizimlashtirishga yordam beradi. Terminlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tushunchalar o’rtasidagi aloqalarni aks ettiradi, soha haqida yaxlit tasavvur hosil qiladi. Misol uchun, tibbiyotda "yurak", "qon tomirlari", "qon aylanish tizimi" kabi terminlar birgalikda yurak-qon tomir tizimini tavsiflovchi tizimni tashkil qiladi. Muloqotni osonlashtirish (Kommunikativ funksiya): Terminologiya soha mutaxassislari o’rtasida muloqotni osonlashtiradi. Umumiy terminologiya soha vakillariga bir-birlarini tushunishga, o’z tadqiqotlari haqida aniq ma’lumot almashishga, yangi g’oyalar va texnologiyalarni muhokama qilishga imkon beradi. Bilimni saqlash va uzatish (Bilimni saqlash va uzatish funksiyasi): Terminologiya ilmiy bilimlarni saqlash va kelajak avlodlarga uzatishda muhim rol o’ynaydi. Darsliklar, ilmiy maqolalar, monografiyalar va boshqa o’quv materiallarida terminlar orqali bilimlar aniq va ixcham tarzda taqdim etiladi. Bu esa o’quvchilarga ularni o’rganishni osonlashtiradi va soha bo’yicha bilimlarini oshirishga yordam beradi. Terminlarni termin sifatida qaralishi uchun talab etadigan o’ziga xos jihatlarga ega. Ishonchli va yaxshi termin quyidagi talablarga javob berishi keradir. Ilk o’rinda albatta, aniq ma’nolilik, ya’ni, monosemiyani ta’kidlab o’tmoqni joiz deb bilamiz. Termin bir ma’noli bo’lishi va turli talqinlarga yo’l qo’ymasligi kerak. Bir so’z bir nechta tushunchani ifodalaganda, chalkashlik yuzaga kelishi mumkin. Keying o’rinni ixchamlik va qisqalik xususiyati egallaydi. Termin qisqa va esda qolarli bo’lishi kerak. Bu terminni oson yodlash va uni nutq
Доказательный фрагмент
«This article discusses the role of the field of terminology in linguistics, its stages of development, the requirements placed on it, modern trends in terminology, its connection with various branches of linguistics,…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the role of the field of terminology in linguistics, its stages of development, the requirements placed on it, modern trends in terminology, its connection with various branches of linguistics,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- term, terminology, lexicology, semantics, cognitive terminology, stilistika, funksiya, terminologiya, kommunikativ funksiya, kognitiv terminologiya, komposita, polisemiya, semantika, ilmiy matn., monosemiya, termin, leksikologiya, sotsiolingvistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024