К содержанию
РецензированоRU2025

Boshlang’ich sinf tabiy fan darslarida hayvonot olamining xilma-xilligi va ularning tabiatda tutgan o’rni mavzusini o’rgatish usullari

Alimardonova Moʻtabar Xolmoʻminovna · Joʻrayeva Sabina Oʻktam qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · SCIENCE CLASSES (WORLD AND THEIR ROLE IN NATURE IN PRIMARY SCHOOL)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article discusses the diversity of the animal world and its role in nature, as well as the types of animals, their movements, and their distribution. Keywords: fauna, environment, species, organism, climate. МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ МНОГООБРАЗИЯ ЖИВОТНОГО МИРА И ЕГО РОЛИ В ПРИРОДЕ НА УРОКАХ ЕСТЕСТВОЗНАНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Аннотация: В статье рассматривается разнообразие животного мира и его роль в природе, а также типы животных, их передвижения и распространение. Ключевые слова: фауна, окружающая среда, вид, организм, климат. Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 68 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Barchamizga maʼlumki,tabiat bizni o‘rab turgan murakkab va o‘zaro bog‘liq ekotizimlardan iborat. Bu tizimda hayvonot olamining o‘rini alohidadir.Hayvonlarning xilma-xilligi nafaqat ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, balki ular tabiatda bajaradigan muhim vazifasi sanaladi. Hayvonlarning turlari juda ko‘p bo‘lib, ular turli muhitlarga moslashgan. Olimlarning fikricha, yer yuzida 1,5 milliondan ortiq hayvon turi mavjud va har yili yangi turlar kashf etilmoqda. Inson uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni goʻshtga, yogʻga, moyga, sutga, tuxumga, baliq mahsulotlariga va organizm uchun kerak boʻlgan boshqa talablarni taʼminlaydi . Maʼlumotlarga koʻra yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln tonna oqsil moddasi mavjud boʻlgan oziq-ovqat olishmoqda. Bularning barchasi hayvonot olamining tabiatda va inson hayotida roli juda katta ekanligidan darak beradi. Darslarni samarali tashkil etish uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlar va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos usullardan foydalanish lozim. Boshlang‘ich sinf tabiiy fan darslarida o‘quvchilarga hayvonlarning xilma- xilligi va tabiatdagi o‘rnini tushuntirish nafaqat ularning bilimlarini oshirish, balki ularda ekologik ong va atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.Tabiat insonning hayotiy muhitini shakllantiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Hayvonlar tabiatning ajralmas bir qismi boʻlib, tabiatdagi moddalar va energiya almashinuvida muhim rol oʻynaydi va hayvonlar oʻsimliklar bilan uzviy aloqada boʻladi. Baʼzi hayvonlar yirtqich qushlar, zararkunanda kemiruvchilarni qirib, oʻsimlik hosildorligini oshiradi yoki baʼzi foydali hasharotlar oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan va turli kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yoʻq qilib , 0.5 tonna donni saqlab qolsa , chumolilar oʻrmonlarni kasalliklardan saqlaydi. O‘quvchilarda hayvonlarga mehr-muhabbat uyg‘otish va tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatish kelajakda ekologik barqarorlikni saqlashga hissa qo‘shuvchi avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar haqida ma’lumot berish – ularning yo‘qolib ketish sabablari va ularga Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 69 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yordam berish yo‘llarini tushuntirish.Hayvonot olami haqida bilim berish bilan birga, o‘quvchilarga tabiatni asrash zarurligini tushuntirish ham muhim. Hayvonlarning yashash muhiti ham turlicha bo‘lib, ular dengiz, cho‘l, o‘rmon, tog‘, tundra kabi joylarda uchraydi. Har bir hayvon turi o‘z ekotizimida muhim o‘rin tutadi va tabiatdagi muvozanatni saqlashga yordam beradi.Hayvonlarning turlari quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: Sutemizuvchilar – masalan, sher, quyon, sigir. Qushlar – masalan, burgut, qaldirg‘och, laylak. Sudralib yuruvchilar – masalan, ilon, toshbaqa. Amfibiyalar (ikki hayot kechiruvchilar) – masalan, qurbaqa. Baliqlar – masalan, sazan, akula. Hasharotlar – masalan, asalari, kapalak, chumoli. Tabiatda hayvonlarning roli juda katta. Masalan, hasharotlar o‘simliklarni changlatadi, sudralib yuruvchilar zararli kemiruvchilar sonini tartibga soladi. -Hayvonlar oziq-ovqat zanjirining ajralmas qismidir. Masalan, o‘simlikxo‘r hayvonlar o‘simliklarni iste’mol qiladi, yirtqichlar esa ularni ovlaydi. - Hasharotlar changlatuvchi sifatida o‘simliklarning ko‘payishiga hissa qo‘shadi. -Asalarilar va kapalaklar gullarni changlatib, ekotizimni barqaror ushlab turadi. -Chigirtkalar va boshqa umurtqasiz hayvonlar tuproqni yumshatib, uning unumdorligini oshiradi. -Qurtlar chirindi hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tabiiy fan darslarida hayvonot olami, hayvonot dunyosi haqida tushunchalar berar ekanmiz, hayvonot olamining xilma- xilligi nafaqat tabiat muvozanatini saqlash kerakligi, insoniyat uchun ham muhimligini taʼkidlab oʻtishimiz lozim. Hayvonlar oziq-ovqat, dori-darmon, va estetik zavq manbai hisoblanadi. Lekin bugungi kunda inson faoliyati tufayli, tabiatga nisbatan yomon munosabatda ekanligi ko‘plab hayvon turlari yo‘qolish xavfi ostida ekanligini koʻrishimiz mumkin.Shuning uchun biz hayvonlarni himoya qilish, Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 70 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ularning yashash muhitini asrab-avaylash va tabiiy muvozanatni saqlash uchun barchamiz birdek m

Доказательный фрагмент

«This article discusses the diversity of the animal world and its role in nature, as well as the types of animals, their movements, and their distribution.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the diversity of the animal world and its role in nature, as well as the types of animals, their movements, and their distribution. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fauna, environment, species, organism, climate, tur, organizm, hayvonot olami, muhit, iqlim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники