К содержанию
РецензированоRU2025

O’ZBEKISTONNING FOYDALI QAZILMALARI

OʻZBEKISTONNING FOYDALI QAZILMALARI · Alimardonova Moʻtabar Xolmoʻminovna (Shahrisabz davlat Pedagogika instituti) · Ermatova Nigina Farxod qizi (Shahrisabz davlat Pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются полезные ископаемые Узбекистана, их виды, рациональное использование недр и меры по их сохранению. Кроме того, представлена информация об организации Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 76 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT экскурсионных занятий для объяснения нашим младшим школьникам природных ресурсов. Ключевые слова: природные богатства, полезные ископаемые, климатические ресурсы, водные ресурсы, космические ресурсы, почвенные ресурсы, растительные ресурсы и другие. Rivojlanib borayotgan mustaqil Oʻzbekistonimiz bir qancha moddiy hamda maʼnaviy boyliklari bilan dunyoga mashhurdir. Shu jumladan,foydali qazilma boyliklarimiz koʻpligi va sifati bilan dunyoning badavlat mamlakatlari safidan oʻrin egallaymiz. Taʼkidlab oʻtish lozimki, Oʻzbekiston hududida 1895 ta foydali qazilma konlari aniqlangan. Ushbu konlarning 40% dan koʻproq qismi mustaqillik yillarida kashf etilgandir. Va bu shuni anglatadiki, mustaqillik yillarida geologik ishlar samaradorligi anchagina oʻsib oʻz natijasini berib kelmoqda. Qazilma konlari, qazilma boyliklari haqida suhbatlashishdan avval tabiiy resurs tushunchasiga toʻxtalib oʻtsak. Tabiiy resurslar deb yashash uchun zarur boʻlgan tabiiy jismlar va energiya manbalariga aytiladi. Tabiiy resurslarga suv, havo, tuproq, foydali rudalar, shamol, oʻsimliklar, hayvonlar, neft,uran, koʻmir,oltin, kumush kabilar kiradi. Bularning hammasi Yer sayyorasida mavjud boʻlgan tabiiy resurslar hisoblanadi. Tabiiy resurslar bir necha turlarga boʻlinadi: a)qazilma boyliklari b)iqlim resurslari c)suv va havo resurslari d) tuproq resurslari e)oʻsimlik resurslari f)atom resurslari g) biosfera resurslari h) kosmik resurslar I)fauna resurslari Tabiiy resurslar qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslarga boʻlinadi. Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 77 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ana endi tabiiy resurslar tarkibiga kiruvchi qazilma boyliklari haqida soʻz yuritsak. Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanib borish natijasida ularning miqdori va sifati kamayib boradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va ularni asrash quyidagicha boʻlishi lozim: miqdori va sifatiga eʼtibor berish, kompleks ravishda to’g’ri, tejab o’rnida oqilona foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash, ishlatishda isrofgarchilikka yo’l ko’ymaslik, chiqindini kamroq chiqarish choralarini ko’rish, yangi konlar kashf qilish va ularning o’rnini bosuvchi yangi sun’iy manbalar topish va boshqalar muhim hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalansak,, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq muddatlargacha to’laqonli ta’minlay oladi. Fan va texnika taraqqiyotining natijasida ba’zi foydali qazilmalar tugaguncha ularning o’rnini bosadigan yangi resurslar yaratish ham mumkin. Oʻzbekistonda aniqlangan foydali qazilma boyliklarinu bir necha guruhlarga tasniflaymiz: 1)Uglevodorodlar: 235 ta kon, xususan neft va tabiiy gaz manbalari mavjud; 2)Metall rudalari: 151 ta kon oltin, kumush, qoʻrgʻoshin,mis va rux kabilarni oʻz ichiga oladi; 3)Ko‘mir: 7 ta kon va ularda toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir kabi turlari maʼlum; 4)Tog‘-kon xomashyosi: 55 ta kon mavjud boʻlib, ularda sanoat uchun zaruriy minerallarni uchratishimiz mumkin; 5)Tog‘-kimyo xomashyosi: 34 ta kon mavjud va ular kimyo sanoati uchun manba hisoblanadi; 6)Yarim qimmatbaho toshlar: 30 ta kon va ularda zargarlik buyumlari uchun kerak boʻladigan xomashyolar mavjud; 7)Qurilish materiallari: 764 ta kon bor va ularda ohaktosh, marmar, granit kabilar qazib olinadi va qayta ishlanadi; 8)Yer osti mineral suvlari: 619 ta kon; sogʻliqni saqlash va dam olish uchun sanatoriyalari uchun muhim manbalar bor. Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 78 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shuningdek, mamlakatimizda 43 turdagi noruda qazilma boyliklarining 2085 ta konlari mavjud boʻlib, ularning 85% dan ortiq qismi sanoatda oʻzlashtirilib kelinmoqda. Oʻzbekiston foydali qazilmalari mamlakatimiz sanoat rivoji va iqtisodiy barqarorligida muhim omillardan biridir. Ularni samarali oʻzlashtirish va ulardan oqilona foydalanish kelajak avlod uchun barqaror rivojlanish poydevorini yaratadi. Ammo bugungi kunda tabiiy resurslar bilan bogʻliq bir qancha muammolar ham mavjud. Inson tabiiy resurslardan foydalanishda iqtisodiy foyda olishni ko’zda tutadi. Lekin tabiiy sharoitning o’zgarishi insonlarning jismoniy-psixik holatiga ta’sir etishini hisobga olmaydi. Inson tabiatning har bir bo’lagi, har bir komponenti (suv, havo, tuproq, o’simlik, hayvon va minerallar) bir-biri bilan shu qadar chambarchas bog’langanki, uning biron bir qismiga noto’g’ri ta’sir etish oqibatida ma’lum vaqt o’tishi bilan tabiatning boshqa komponentlari holatini ham o’zgartirib yuborishini bilmaydi. Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston har tomonlama, har jihatdan boy davlat. Faqat davlatimiz boyligini saqlab qolish, asrash va koʻp yillarga yetkazish bizga bogʻliq. Tabiiy resurslardan foydalanish sifatimiz qanchalik

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются полезные ископаемые Узбекистана, их виды, рациональное использование недр и меры по их сохранению.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются полезные ископаемые Узбекистана, их виды, рациональное использование недр и меры по их сохранению. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
natural resources, minerals, climate resources, water resources, qazilmalar, iqlim resurslari, kosmik resurslar, tabiiy boyliklar, suv resurslari, tuproq resurslari, oʻsimlik resurslari va boshqalar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники