Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QIZAMIQ KASALLIGI PROFILAKTIKASI
QIZAMIQ KASALLIGI PROFILAKTIKASI · Kamolov Jaloliddin Kamolovich.
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Qizamiq – havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan yuqori darajada yuqumli virusli kasallik bo‘lib, asosan bolalar va emlanmagan shaxslar orasida keng tarqaladi. Kasallik isitma, toshmalar, yo‘tal, burun bitishi va kon’yunktivit kabi belgilar bilan kechadi. Qizamiqning oldini olishning eng samarali usuli – emlash bo‘lib, bu kasallikka qarshi barqaror immunitet hosil qiladi. Profilaktika choralariga emlashdan tashqari gigiyena qoidalariga rioya qilish, kasallanganlarni izolyatsiya qilish va ommaviy immunizatsiya dasturlarini amalga oshirish kiradi. Ushbu maqolada qizamiq kasalligining oldini olish usullari va ahamiyati haqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: qizamiq, virusli kasallik, emlash, immunizatsiya, profilaktika, yuqumli kasalliklar, bolalar infektsiyalari, epidemiyalar, gigiyena, vaksina. Infeksion kasalliklar — patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va hokazo)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (masalan, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (masalan, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasaaalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi. Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir. Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 136 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va hokazo) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va hokazo). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalliklari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi. Infeksion kasalliklar bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. Infeksion kasalliklarning paydo boʻlishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab Infeksion kasalliklarning turli (tipik — rostmana, yengil va b.) shakllari na-moyon boʻladi. Infeksion kasalliklarning oʻtishida inku- batsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi. Infeksion kasalliklarning har birida shu davrlarning oʻziga xos xususiyatlari bor.1 Qizamiq – yuqori darajada yuqumli bo‘lgan virusli kasallik bo‘lib, havo- tomchi yo‘li orqali tarqaladi. U asosan bolalar orasida uchraydi, ammo emlanmagan kattalarda ham jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Kasallikning oldini olishda eng samarali chora – emlashdir. Ushbu maqolada qizamiq kasalligining belgilari, yuqish yo‘llari va profilaktika usullari haqida so‘z yuritiladi. 1 A.ZAKIRXODJAYEV. Yuqumli kasalliklar. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2011. Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 137 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Qizamiq kasalligining sabablari va yuqish yo‘llari Qizamiq kasalligi Paramyxoviridae oilasiga mansub virus orqali yuzaga keladi. Virus bemor bilan aloqa qilgan paytda yoki havo orqali tomchilar shaklida tarqaladi. Kasallik yuqtirgan odam yo‘talganda, aksirganda yoki gaplashganda virus atrof-muhitga tarqaladi va yaqin atrofdagi odamlar nafas olish orqali zararlanishi mumkin. Kasallik juda yuqumli bo‘lib, emlanmagan odam bilan kasallangan bemor o‘rtasida 90% hollarda yuqishi mumkin. Qizamiqning inkubatsion davri odatda 7–14 kun davom etadi. Qizamiq kasalligining belgilari Qizamiq odatda quyidagi belgilarga ega: Dastlabki bosqichda – yuqori isitma (38–40°C), bosh og‘rig‘i, holsizlik, burun bitishi va yo‘tal; Ko‘z yallig‘lanis
Доказательный фрагмент
«Qizamiq – havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan yuqori darajada yuqumli virusli kasallik bo‘lib, asosan bolalar va emlanmagan shaxslar orasida keng tarqaladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюQizamiq – havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan yuqori darajada yuqumli virusli kasallik bo‘lib, asosan bolalar va emlanmagan shaxslar orasida keng tarqaladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emlash, vaksina., epidemiyalar, profilaktika, virusli kasallik, gigiyena, bolalar infektsiyalari, yuqumli kasalliklar, qizamiq, immunizatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014