Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAFAKKUR VA UNING BOLALARDA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Normamatova Dildora Xasan qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi, ko’rinishlari hamda tushuncha va tasavvurlarining paydo bo’lish bosqichlari haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: tafakkur, bola, rivojlanish, analiz, fikrlash. Asosiy qism. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Bolalarda turmush tajribasining ko‘payishi, ikkinchidan, nutqning nisbatan o‘sganligi, bolalarining juda ko‘p erkin va mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari bunga sabab bo‘ladi. Bolalar o‘zlarining mustaqil harakatlari davomida atrofidagi turli xil narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish va, nihoyat, umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi. 3 yoshdan oshgan bolalarning tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli xarakterga ega bo‘ladi. Ular o‘zlarining mulohazalarida mavhum tushunchalarga emas, balki ko‘z o‘ngidagi aniq narsalarga asoslanadilar. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur ko‘rgazmali-harakat tafakkuriga qaraganda nutq bilan ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Bu davrda ham bolalarning turli faoliyatlarida aniq obrazli tafakkur bilan nutq birga, ya’ni ketma-ket amalga oshiriladi. Bolalar ko‘z o‘ngidagi turli narsalar haqida mulohaza yuritganlarida bu narsalarning nomlarini ataydilar. Lekin bu yoshdagi ba’zi bolalarning mulohazalarida so‘zlarga nisbatan obrazlar katta o‘rin egallaydi. Ularning tafakkurida so‘zlar qandaydir ikkinchi darajali, yordamchi rolni o‘ynaydi, so‘zlardan erkin foydalana olmaydilar. Buni aniqlash uchun professor B.C. Muxina shunday misol keltiradi. 4-5 yoshli bolalarga ataylab buzilgan o‘yinchoqlar berilib, ularning buzilish sabablarini aniqlash va tuzatish talab qilingan. Ko‘pchilik bolalar buzilgan Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 174 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘yinchoqlarning buzilish sababini aniqlab, ularni tuzatganlar. Lekin qanday qilib tuzatganlarini so‘z bilan aytib bera olmaganlar. Ular o‘yinchoqlarning mana bu yerini unday qildik, mana bu yerini bunday qildik, deb aniq ravishda ko‘rsatish bilan cheklanganlar. Ana shu misoldan ko‘rinib turibdiki, aniq obrazli tafakkurda ham hali so‘z yetakchi rol o‘ynamaydi. 4-5 yoshli bolalar nutqni jadallik bilan o‘zlashtiradilar. Bu yoshdagi bolalar sodda tarzda umumlashtirish, guruhlash qobiliyatiga ega bo‘la boshlaydilar. Bu davrni mantiqiy tafakkurni egallashga tayyorgarlik davri deyish mumkin. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 6-7 yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur taraqqiyotining barcha imkoniyatlari yuzaga kelgan bo‘ladi. Birinchidan, bu yoshdagi bolalarda nutq yetarli darajada rivojlangan, ikkinchidan, tushunchalar tarkib topa boshlagan. Bolalar obrazlardan, tasavvurlardan foydalanmay, mustaqil ravishda so‘zlar orqali tafakkur qila olishlari uchun ular voqelikdagi narsa va hodisalarning eng muhim xususiyatlarini aks ettiradigan tushunchalarni o‘zlashtirishlari kerak. Bolalarda avval so‘zlar bilan ifodalanadigan tasavvurlar tarkib topadi. Lekin bu tasavvurlar o‘z-o‘zidan tushunchaga aylanib qolmaydi. Tushunchalarni tarkib toptirishda bu tasavvurlardan foydalanish mumkin. Tushunchalar va ularga asoslangan mantiqiy tafakkur shakllari bolalarning turli sohalarga doir 11 bilim asoslarini o‘zlashtirish jarayonida tarkib topa boshlaydi. Tushunchalarni izchil tarzda o‘zlashtirish maktabdagi ta’lim bilan bog‘liqdir. Bolalar ma’lum darajada tushunchalarni o‘zlashtirganlaridan so‘ng mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bunda bolalar berilgan masalani aql bilan yecha oladigan bo‘ladilar. Bolaning maktabgacha yoshdagi davrida uning erkin harakat qilish maydoni kengayadi. Bu esa tafakkurning rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘z tajribalarida ancha narsalarni bilib olganlaridan so‘ng narsalarning ichki xususiyatlari bilan ham qiziqa boshlaydilar. Shu sababli ularda juda ko‘p savollar (Bu nima? Nega bunaqa? Kim qilgan? Qayerdan kelgan? Nima qiladi? kabi) paydo bo‘ladi. Bu tafakkurning aktiv va jadal rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi. Bolalarning savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar uning savoliga ahamiyat Выпуск журнала №-22 Часть–5_ Март –2025 175 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bermasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Bolalarning savollariga javob berish qiyin, chunki ular o‘zlari hali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar haqida ham savol beraveradilar. Tarbiyachi bolalarning son- sanoqsiz savollariga ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda javob berishi va tushuntirishi lozim. Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushu- na olmaslik, biron narsadan taajjublanish, hayron qolish natijasida hosil bo‘ladi. Juda ko‘p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar ortiqcharoq savol bersalar, ularni «Ko‘p mahmadona bo‘lma!», «Sen bunday gaplarni qayerdan o‘rganding?», deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta ana shunday pand yegandan so‘ng, k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi, ko’rinishlari hamda tushuncha va tasavvurlarining paydo bo’lish bosqichlari haqida so’z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi, ko’rinishlari hamda tushuncha va tasavvurlarining paydo bo’lish bosqichlari haqida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- analiz, : tafakkur, rivojlanish, fikrlash., bola
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026