Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUT MAXSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHDA SANITARIYA ME’YORLARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI
A.Saidov · Z.Xoliqov
Современное образование и развитие · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning belgilovchi xujjatlari, ya’ni SanQvaN lar to‘g‘risida ma’lumot, hamda sut maxsulotlari ishlab chiqarishda atrof-muhitning sanitariya muhofazasi qoidalari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: sut, oziq-ovqat, oqsillar, yog‘lar, sut qandi, vitaminlar, fermentlar, gormonlar, gazlar, pigmentlar. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning belgilovchi xujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasining «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi PF-6035-sonli farmoniga asosan “Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sanitariya qoidalari va me’yorlari” (0039-22-son SanQvaN) da belgilab berilgan. Sut va sut mahsulotlarining xavfsizlik mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 474-son qarori bilan tasdiqlangan “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament va SanQvaN lari 0366-19-son «Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha gigiena normativlari»da belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi aholisini to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etishda yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan sut mahsulotlarini ahamiyati juda katta. Sut mahsulotlari ishlab chiqarishda boshlang‘ich xomashyo – sutni o‘zi kelib chiqishi biologik bo‘lgan qimmatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Sutda odam organizmini normal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy muhim moddalar mavjud: oqsillar, yog‘lar, sut qandi, mineral tuzlar va suv, organik kislotalar, Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 63 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT vitaminlar, fermentlar, gormonlar, gazlar, pigmentlar va boshqalar. Komponentlarni optimal birgaligi sutni barcha yoshdagi odamlar uchun qimmatli, almashtirilmaydigan ovqatlanish mahsulotiga aylantiradi. Sut boshqa fiziologik suyuqliklar kabi ham ichki (fermentlar va boshqalar) va ham tashqi omillar ta’sirida doimiy o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi. Bunda mikrobiologik jarayonlar juda muhim rol o‘ynaydi, chunki sut bir vaqtni o‘zida ham saprofit va ham kasallik tug‘diruvchi bakteriyalarni rivojlanishi uchun o‘ta qulay muhit hisoblanadi. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning sanitariya himoya mintaqasi SanQvaN 0350-17-son «O‘zbekiston Respublikasi aholi turar-joy atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya qoidalari va normalari»ga muvofiq belgilanadi. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalaridan atmosferaga tarqalayotgan gaz va aerozol chiqindilari, separator chiqindilari oqava suvlar tarkibiga tushishi, shuningdek, yog‘lar va oqsil chiqindilari, qayta ishlangan kimyoviy reagentlar, dezinfektsiyalovchi va yuvish vositalari hamda boshqalar hisobiga atrof-muhit ifloslanishining oldini olish choralari ko‘rilishi kerak. Korxonada ishlab chiqarish va maishiy oqava suvlarni yig‘ish va oqizish uchun kanalizatsiya bo‘lishi kerak. Kanalizatsiya tizimi aholi turar joy punktlari kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi yoki xususiy tozalash inshootlari tizimiga ega bo‘lishi kerak. Korxona oqava suvlarini aholi turar joy punktining kanalizatsiya tizimiga oqizishdan oldin mahalliy tozalash qurilmalaridan o‘tkazilishi lozim. Korxonaning oqava suvlari epidemiologik jihatdan xavfli bo‘lgan holatlarda, ular suv ob’ektlariga tashlanishi taqiqlanadi. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida sutni quritish va quruq sut mahsulotlarini qadoqlash, erigan pishloqni dudlashda, pishloqni parafinlashtirish va boshqalarda gaz hamda bug‘larning ajralishi kabi texnologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan atmosfera havosini zararli chiqindilardan tozalash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 64 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Aerozollarni o‘zida saqlagan qayta tozalangan havo atmosfera havosiga chiqarilishdan oldin filtrlarda tozalanishi kerak. Qattiq chiqindilarni qopqoqli metall idishlarda yoki konteynerlarda yig‘ilishi hamda alohida ajratilgan chiqindixonalarga olib borib tashlanishi kerak. Yuqoridagi mulohazalarni hisobga olgan holda eng asosiy vazifa avvalo xomashyoni barcha qimmatli tabiiy xususiyatlarini uni sut fermalarida olinishidan boshlab savdo tarmog‘iga berilguniga qadar vaqt mobaynida saqlab qolish hisoblanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal etilishiga sutni qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilishi, ishlov berilishi, sanoatda uni sut mahsulotlariga qayta ishlanishi texnologik jarayonlarini yaxlit, uzluksiz zanjirini yaratish yo‘li bilan erishiladi. Sut mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi sut xomashyosiga kimyoviy, fizikaviy, mikrobiologik va boshqa ta’sir usullariga yoki ularni kombinatsiyasiga asoslangan alohida texnologik jarayonlardan iborat bo‘ladi. Sariyog‘, pishloq, tvorog ishlab chiqarishda yog‘siz sut, ayron va sut zardobi kabi qo‘shimcha mahsulotlar hosil bo‘ladi. Ular hozirgi paytda «yog‘siz sut xomashyosi» degan shartli nom bilan ataladi. O‘zini biologik xususiyatl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning belgilovchi xujjatlari, ya’ni SanQvaN lar to‘g‘risida ma’lumot, hamda sut maxsulotlari ishlab chiqarishda atrof-muhitning sanitariya muhofa…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning belgilovchi xujjatlari, ya’ni SanQvaN lar to‘g‘risida ma’lumot, hamda sut maxsulotlari ishlab chiqarishda atrof-muhitning sanitariya muhofa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sut, oqsillar, fermentlar, sut qandi, yog‘lar, gormonlar, gazlar, vitaminlar, pigmentlar., oziq-ovqat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026