Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEZ SOVITISH ORQALI MEVA, SABZAVOT VA SUT MAHSULOTLARIDA BIOLOGIK FOYDALI MODDALARNING TABIIYLIGINI SAQLAB QOLISH
TABIIYLIGINI SAQLAB QOLISH
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Vegetables are the main source of vitamins, minerals and bulk substances necessary for the human body. Due to their seasonality, the freezing process of products allows consumers to receive quality food at any time of the year. This method not only ensures food safety, but also preserves the nutritional value of the products. Keywords: concentration, cryoscopic, kinetic, lyophilic, lyophobic, intensification, differential, thermal Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 98 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kirish.,O'zbekistonda ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni saqlash, transportda tashish va sotishda tabiiy yo‘qotish normativlari:belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining 2016-yil 24-avgustdagi 28-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ushbu normativlar meva va sabzavotlarni saqlash jarayonida yuzaga keladigan tabiiy yo‘qotishlar foizini belgilaydi. Bu hujjatda sovutiladigan va sovutilmaydigan omborlarda saqlash sharoitlariga qarab, har bir mahsulot turi uchun yo‘qotish normativlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, 2021-yil 22-iyuldagi 0017-21-son sanitariya qoidalari va normalarida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida tez buziladigan mahsulotlarni saqlash va foydalanish muddatlari belgilangan. Mevali, sut mahsulotlari va konserva maxsulotlari sanoati faoliyatini jadallashtirish hamda rentabelligini oshirish xom ashyo va ikkilamchi resurslarni qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalar va amaliyotlardan foydalanib, konsentrat mahsulotlarini olishda yangi vazifalarni qo‘yadi. Suyuq muhitlarni konsentratsiyalash jarayoni konsentratli suyuq muhitlar ishlab chiqarish texnologik jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, texnologik jarayonning sifat ko‘rsatkichlari va issiqlik energiya samaradorligini belgilaydi. Suyuq muhitlarni konsentratsiyalash uchun yangi texnik yechimlarni yaratishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri, buni ishlab chiqarishga tatbiq etish va sifatli mahsulotni birinchi kimyoviy tarkibini maksimal darajada saqlagan holda olish, shuningdek, energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat. Bu yo‘nalishda krioskopik konsentratsiyalash uchun yuqori intensiv kristallizatorlarni ishlab chiqish va sanoatga joriy etish muhim ahamiyatga ega. Oziq ovqat maxsulotlarini konsentratsiyalash jarayonida muzning kristallik fazasi tuzilishini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ularning apparaturaviy jihatlari xorijiy va mahalliy olimlarning ishlanmalarida aks ettirilgan. Ishning maqsadi–suyuq muhitlarni muzlatish orqali konsentratsiyalash jarayonlarini takomillashtirish, yuqori samaradorlikka ega texnikadan foydalanish, boshqaruv usullari va loyihalash hamda ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 99 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tayyorlashdir. Bu orqali tayyor mahsulotning yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish ta’minlanadi. Tadqiqotimizning maqsadi. Suyuq muhitlarning reologik, issiqlik-fizik va krioskopik xususiyatlarini, muzlatilgan namlik miqdorini hamda suyuq muhitlarni sovitishdagi o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash. - Suyuq muhitlarni muzlatish orqali konsentratsiyalash jarayonining asosiy kinetik qonuniyatlarini, rejim parametrlarining keng diapazonida o‘zgarishini tadqiq etish va tayyor konsentratlarning xususiyatlarini kompleks qiyosiy tadqiq qilish. - Muzlatish jarayonida suyuq muhitlarning o‘zgarishlari va turli konfiguratsiyadagi issiqlik almashinuvchi sathlarda muz shakllanish xususiyatlarini nostatsionar massa almashinuv sharoitida tasvirlovchi matematik modellar majmuasini yaratish. - Suyuq muhitlarni muzlatish orqali konsentratsiyalash uchun yuqori samaradorlikka ega usullar va texnika yaratishga konseptual yondashuvlarni ishlab chiqish. - Suyuq muhitlarni muzlatish orqali konsentratsiyalash va konsentrat olish uchun yuqori samaradorlikka ega kristallizator konstruksiyalari hamda muzlatish usulini ishlab chiqish, bu esa muzlatgich modda va muhit o‘rtasida intensiv issiqlik almashinuvini ta’minlashga imkon beradi. - Tadqiqot metodologiyasi Suyuq muhitlarning muzlatish orqali konsentratsiyalash jarayonlarini uzluksiz va davriy ishlovchi kristallizatorlarda algoritmik boshqarish shartlarini taklif qilish. - Suyuq muhitni muzlatish orqali konsentratsiyalash texnologik tizimining barqarorligi, aniqligi va ishonchliligini baholash. - Eksergetik tahlil o‘tkazish va konsentratlangan suyuq muhitlarni olish jarayonining issiqlik-energetik samaradorligini baholash. - Taklif qilingan metodikalar va ishlab chiqilgan jihoz konstruksiyalarini suyuq muhitlarni muzlatish orqali konsentratsiyalash jarayonida sanoatda qo‘llab Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 100 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko‘rish hamda ishlab chiqarishga joriy etishning texnik-iqtisodiy samaradorligini asoslash. Kristallizatorlarning turli ish rejimlari va muhitlardagi quruq moddalarning boshlang‘ich miqdoriga qarab, muzlatish orqali suyuq muhitlarni krioskopik konsentrats
Доказательный фрагмент
«Vegetables are the main source of vitamins, minerals and bulk substances necessary for the human body.»
Образец извлечения
Демо-превьюVegetables are the main source of vitamins, minerals and bulk substances necessary for the human body. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- concentration, cryoscopic, kinetic, lyophilic, lyophobic, krioskopik, differensial, konsentratsiyalash, kinetik, termik, intensifikatsiya, liofob, liofil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025