К содержанию
РецензированоUZ2025

“AJOYIB KUNLARNING BIRIDA”: ICHKI OLAM VA TASHQI VOQELIKNING BADIIY TALQINI

BADIIY TALQINI · Adilova Fanuza Shodiyor qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur tezisda Xayriddin Sultonning “Ajoyib kunlarning birida” qissasi zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi janriy, poetik va falsafiy xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Asarda sodda hayotiy voqea fonida insonning ichki olami, ruhiy kechinmalari va hayot mazmuni haqidagi falsafiy mushohadalar chuqur yoritilgani alohida e’tiborga loyiqdir. Qissaning syujeti an’anaviy qissa tuzilmasiga asoslangan bo‘lsa-da, asarda zamonaviy psixologizm va ichki monolog vositalari ustuvorlik qiladi. Bosh qahramon Sultonning ruhiy kurashi, ichki dialoglari va hayotiy sarhisobi orqali muallif inson ongining nozik qatlamlarini ochishga erishadi. Yordamchi personajlar – Abdulla, Kamol va ayniqsa, tarixiy shaxs sifatida gavdalangan Botir Zokirov obrazlari qahramon xarakterini ochishda hamda milliy-estetik qadriyatlarni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Asarda milliy o‘zlik, ma’naviyat, mehr-oqibat, avlodlararo bog‘liqlik kabi mavzular adabiy-estetik vositalar orqali yoritilib, qissa zamonaviy o‘zbek nasrining ruhiy-falsafiy yo‘nalishdagi yutuqlarini namoyon etadi. Kalit so‘zlar: Zamonaviy qissachilik, ruhiy kechinma, ichki monolog, falsafiy mushohada, qahramon obrazi, Botir Zokirov, milliy ma’naviyat, avlodlar bog‘liqligi, psixologizm, syujet dinamikasi, lirik-falsafiy qissa. Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Ajoyib kunlarning birida” asari hajm jihatidan qissa janriga taalluqli bo‘lib, zamonaviy o‘zbek qissachiligi rivojida o‘ziga xos yangi qirralarni namoyon etgan. Avvalo ta’kidlash joizki, adib bu qissada oddiy hayotiy voqea orqali chuqur falsafiy va ruhiy mazmunni ochib berishga erishadi. Janr xususiyati sifatida asarda realistik tasvir usuli psixologik tahlil bilan uyg‘unlashgan: an’anaviy qissa syujet tuzilmasi (ekspozitsiya, tugun, rivoj, kulminatsiya va yechim) saqlangan holda, zamonaviy nasrga xos psixologizm va lirik-tafakkuriy ohang ilgari suriladi. Binobarin, zamonaviy qissa janri evolyutsiyasi jarayonida Sultonning ushbu asari yangi mavzu va yangi qahramonlarni adabiyotga olib kirgan namunalardan biridir. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, “Ajoyib kunlarning birida” singari qissalar o‘zbek adabiyotiga yangicha ruh bag‘ishlab, undagi personajlar nihoyatda tabiiy, hayotiy va milliy qiyofasi bilan ajralib turadi. Asarda zamon va makon uzviy uyg‘unlikda tasvirlanib, qissa janrining o‘tish davridagi imkoniyatlari to‘la namoyon etilgan. Mazkur qissaning janr tabiati an’anaviy qissadan farqli o‘laroq, syujetning ichki dinamikasiga ko‘proq tayanadi. Bu holat qissada odatdagi tashqi voqealardan ko‘ra qahramonning ichki kechinmalari, xotiralari va mulohazalari asosiy o‘rin tutganida ko‘rinadi. Shunga qaramay, asarda syujet kompozitsiyasi klassik qissa talablari darajasida izchil qurilgan: ekspozitsiyadan tortib yechimga qadar voqealar oqimi uzviy va mantiqiy ravishda rivojlanadi. Jumladan, asar ekspozitsiyasi qahramonning shahardagi mehmonxonaga kelishi va muhit tasviri bilan boshlanadi. Muallif kinoya va subtil ironiya orqali o‘quvchini voqea zamiriga tortadi: “Bu voqea ajoyib kunlarning birida ro‘y berdi. Ochig‘ini aytganda, bu kunni bu qadar ajoyib deb ham bo‘lmasdi (havo sovuq, yer balchiq, yo‘l-yo‘lkalar shilta-shalobbo, samolyotga bilet yo‘q, «Paxtakor» birinchi 21 Iyul, 2025-Yil ligaga tushib ketgan...)”. Ushbu satrlarda davr realiyalari (ob-havoning noxushligi, transport muammosi, futbol jamoasining mag‘lubiyati) hazil aralash ifoda etilib, asarga realizm ruhi bilan birga kinoyali muhit yaratilgan. Shu tariqa, qissa to‘g‘ri ekspozitsiya orqali voqealarni boshlab, o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi. Adabiyotshunoslar fikricha, zamonaviy o‘zbek qissachiligida 1970-80-yillardan boshlab hayotni realistik aks ettirish barobarida inson ruhiyatini chuqur tahlil etishga intilish kuchaygan. Xususan, O‘tkir Hoshimov, Erkin A’zam, Xayriddin Sulton kabi yozuvchilar qissa janrida realistik va falsafiy-uslubiy izlanishlar olib bordilar. “Ajoyib kunlarning birida” qissasi ham ana shunday izlanish mahsuli bo‘lib, unda an’anaviy povest elementlari (syujet dramatizmi, konflikt) zamonaviy ruhiy kechinmalar ifodasi bilan boyitilgan. Buning natijasida asar o‘z janriy doirasida falsafiy-lirik qissa sifatida e’tirofga loyiq bo‘lgan. Bahodir Karim ta’kidlaganidek, badiiy asarni takror mutolaa qilish uning sirli va yashirin qirralarini kashf etishga yordam beradi, hatto “qayta mutolaa asarning yangi bir davr-u davronini boshlab berishi mumkin”. Xayriddin Sulton qissasi ham xuddi shunday, takroran o‘qilganda yanada teran ma’no-mazmun qatlamlarini ochib beruvchi janr durdonasiga aylangan. “Ajoyib kunlarning birida” qissasining obrazlar poetikasi – bosh qahramon va yordamchi personajlarning yaratilish usuli, ularning ichki dunyosi va ijtimoiy-estetik vazifalari bilan ahamiyatlidir. Asarning markazida 43 yoshli bosh qahramon Sulton turadi. Sulton – hayot sinovlaridan o‘tgan, ma’lum ma’noda ruhiy iztiroblar bilan yashayotgan oddiy bir inson. Adib bu qahramonni to‘liq hayot yo‘li bilan tanishtirish yo‘lidan bormaydi; aksincha, eng murakkab vaziyat – ha

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda Xayriddin Sultonning “Ajoyib kunlarning birida” qissasi zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi janriy, poetik va falsafiy xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda Xayriddin Sultonning “Ajoyib kunlarning birida” qissasi zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi janriy, poetik va falsafiy xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
falsafiy mushohada, Zamonaviy qissachilik, milliy ma’naviyat, syujet dinamikasi, lirik-falsafiy qissa., ruhiy kechinma, qahramon obrazi, Botir Zokirov, avlodlar bog‘liqligi, ichki monolog, psixologizm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники