Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR: 2024-YIL NATIJALARI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI
Ismatova Sevara Jasur qizi · Ingliz filologiyasi · Raximova Go‘zal Bagriddinovna · Ingliz tili
Исследователь · 2024
Аннотация
So‘nggi yillarda O‘zbekiston jadal rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Turli sohalarda chuqur islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlar jamiyat hayotini yaxshilash, fuqarolarning huquqlarini ta'minlash va zamonaviy davlat qurish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Shuningdek, davlatimiz yoshlarga juda ko’p imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bu esa kelajakda rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishimizni ta’minlab beradi. Kalit so’zlar: islohotlar, YAIM, eksport, import, ekologiya Kirish. O‘zbekiston 2017-yildan boshlab keng ko‘lamli islohotlar yo‘liga o‘tdi. 2024-yil bu jarayonning muhim bosqichi bo‘lib, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida 78 ta aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu maqolada iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ekologik islohotlar asosida amalga oshirilgan natijalar tahlil qilinadi. Asosiy qism. Bilamizki, davlatimiz turli xil sohalarda islohotlar o’tkazmoqda. Bulardan biri iqtisodiy islohotlardir. Unga ko’ra , yalpi ichki mahsulot (YAIM) 2024- yilda 6,5%ga o‘sdi va 115 milliard AQSh dollariga yetdi. Asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 27,6%ga o‘sdi. Xorijiy investitsiyalar 1,6 barobarga ko‘payib, 34,9 milliard dollarga yetdi. Eksport hajmi birinchi marta 27 milliard dollardan oshdi. Tashqi savdo aylanmasi 3,8%ga o‘sib, 66 milliard dollarni tashkil etdi. Bundan tashqari sanoat ishlab chiqarishi 6,8%ga, xizmat ko‘rsatish sohasi esa 12,9%ga o‘sdi. Moliya sektori alohida ravishda 20,6%ga kengaydi. Bu kabi natijalar davlatimizning jadal rivojlanayotganidan dalolatdir. Yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarni ham ta’kidlashimiz zarur. Ta’lim tizimida xususiy sektor kengayib, yangi xususiy oliy ta’lim muassasalari ochildi. Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida muhim qadamlar qo‘yildi. Ayollar va yoshlar siyosatida esa, ularning jamiyatdagi faol roli kuchaytirildi. Ayollarni biznes va siyosatdagi ishtirokini rag‘batlantirish, yoshlar uchun esa "Yoshlar daftari" va "Temir daftar" orqali ijtimoiy yordam mexanizmlari https://scientific-jl.com 8 65-son_2-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yaratildi. Sud-huquq tizimi va boshqaruv islohotlariga ham alohida to’xtalish lozim. Sudlar mustaqilligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida islohotlar davom etmoqda. Davlat boshqaruvi sohasida davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish ishlari bosqichma- bosqich amalga oshirilmoqda. 2024-yilda 18 ta yirik korxona aksiyalari xalqaro bozorda ommaviy savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan. Yana bir islohot, ya’ni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to’g’risida ko’plab ishlar amalga oshirilyapti. Yashil energetikani rivojlantirish maqsadida 2024- yilda 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi. Natijada 1,6 milliard kilovatt soat "yashil" energiya ishlab chiqarildi. Shuningdek, "Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi. Bundan tashqari Prezidentimiz tomonidan 2025-yil “Atrof- muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Bu doirada quyidagi chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishuchun atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil zonalarni kengaytirish, chiqindilarni kamaytirish va karbonat chiqindilarini qisqartirishga qaratilgan loyihalar boshlangan. Yashil energiya manbalarini kengaytirish bo’yicha esa Quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish orqali qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish rejalashtirilgan. SHuningdek , davlatimizda 2025-yili turli sohalarda ko’plab islohotlar amalga oshirishni ko’zda tutilgan. Xulosa. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar 2024-yilda iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ekologik sohalarda muhim natijalar berdi. Ushbu islohotlar mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda va xalq farovonligini oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Foydalanilgan manbalar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi – https://asr.gov.uz/news/9983 2. Vzglyad.uz – https://vzglyad.uz/uz/post/2025/01/16/yim 3. UZA – https://uza.uz/oz/posts/2024-yilda-ozbekiston-iqtisodiyoti-barqaror- osgan_680697 4. Gazeta.uz – https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/10/unobserved-economy/ 5. Spot.uz – https://www.spot.uz/oz/2024/07/18/economic-growth/ 6. Daryo.uz – https://daryo.uz/uruA0fV6 https://scientific-jl.com 9 65-son_2-to’plam_Iyul-2025
Доказательный фрагмент
«So‘nggi yillarda O‘zbekiston jadal rivojlanish yo‘liga o‘tdi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSo‘nggi yillarda O‘zbekiston jadal rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- YAIM, Kalit so’zlar: islohotlar, eksport, ekologiya, import
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024