К содержанию
РецензированоUZ2026

CHO‘L VA ADIR HUDUDLARDAGI LALMI YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO'LLARINI ISHLAB CHIQISHI.

Azimov Muhiddin Turamurodovich · O‘zbekistonning Navoiy

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Qamashi tumanidagi cho‘l va adir hududlarda joylashgan lalmi yerlarning hozirgi holati tahlil qilinadi hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Lalmi dehqonchilikni rivojlantirish, suvdan tejab foydalanish, muqobil ekinlarni joriy etish, agrotexnik tadbirlarni kuchaytirish orqali hosildorlikni oshirish masalalari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, iqlim sharoitiga moslashgan ekin turlari va agroinnovatsion texnologiyalar asosida barqaror dehqonchilik yuritish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: Lalmi yerlar, cho‘l va adir hududlar, Qamashi tumani, suv resurslari, agrotexnika, hosildorlik, iqlimga mos ekinlar, yer unumdorligi. O‘zbekistonning tog‘oldi va adir hududlarida joylashgan lalmi yerlar mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Cho‘l va adir mintaqalari tabiiy iqlim sharoitlari tufayli sug‘orma dehqonchilik uchun qulay emas, ammo zamonaviy yondashuvlar orqali bu yerlardan ham unumli foydalanish imkoniyati mavjud. Qamashi tumani misolida ushbu yerlardan foydalanishdagi mavjud muammolar, imkoniyatlar va yechimlar tadqiq qilinadi. O‘zbekistonning Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ham lalmi dehqonchilik yetakchi tarmoqlardan biri sanaladi. Bu hududlarda suv resurslarining cheklanganligi, tuproqning kuchli sho‘rlanishi yoki eroziyaga uchrashi lalmi yerlardan foydalanish samaradorligini pasaytiradi. Shunga qaramasdan, quyidagi choralar orqali ijobiy natijalarga erishilmoqda: Yilma-yil ekin almashinuvi – yerning unumdorligini saqlash va zararkunandalarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Organik o‘g‘itlardan foydalanish – yer tarkibini yaxshilab, tabiiy unumdorlikni tiklaydi. Agromeliorativ chora-tadbirlar – tuproqni tiklash va eroziyani kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi (terrasalash, yuvilgan yerlarga yaylov ekinlari ekish). Iqlim o‘zgarishi sharoitida lalmi dehqonchilikni moslashtirish: https://scientific-jl.com 8 7 65-son_2-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Iqlim isishiga qarshi kurashda lalmi yerlarda quyidagi yondashuvlar foydali hisoblanadi: Qurg‘oqchilikka chidamli navlarni tanlash (masalan, duragay arpa, no‘xat, zig‘ir). Yerni minimal ishlov berish (no-till) – tuproqdagi namlikni saqlaydi. Biologik himoya usullarini joriy etish – kimyoviy ishlovga ehtiyoj kamayadi. Mulchalash – yer sathini qoplab, quyosh ta’siridan himoya qiladi va namlikni ushlab turadi. Barqaror agrotexnologiyalar va innovatsiyalar: – Aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari (GPS monitoring, dron orqali kuzatuvlar) lalmi yerlarning real holatini aniqlashga yordam beradi. – Agrometeorologik stansiyalar – ob-havoni oldindan aniqlab, dehqonlarni ehtimoliy qurg‘oqchilikdan ogohlantiradi. – Bioorganik texnologiyalar – tuproq mikroflorasini yaxshilash orqali hosildorlikni tiklash imkonini beradi. Lalmi yerlar asosan aholi zich yashaydigan tog‘oldi hududlarda joylashgan. Bu esa ushbu yerlarni to‘g‘ri va oqilona boshqarishni talab etadi: Fermer xo‘jaliklarini klaster tizimiga jalb qilish orqali tajriba va texnika almashinuvi mumkin bo‘ladi. Mahalliy aholi uchun qishloq xo‘jaligi ko‘nikmalarini oshirish kurslari tashkil etish muhim. Yoshlarni jalb qilish – innovatsion yondashuvlar bilan ishlaydigan yangi avlod fermerlarini tarbiyalash mumkin. Qamashi tumanining tabiiy-geografik tavsifi: – Iqlim sharoiti: kam yog‘ingarchilik, baland harorat. – Yer resurslari: lalmi yerlarning ko‘p uchraydigan hududlari. – Aholining asosiy bandlik sohasi – dehqonchilik va chorvachilik. Lalmi yerlardan foydalanishdagi muammolar: – Suv tanqisligi va yog‘ingarchilikka bog‘liqlik. – Ekin maydonlarida hosildorlikning pastligi. – Tuproq eroziyasi va sho‘rlanish xavfi. – Zarur agrotexnika usullarining yetarlicha qo‘llanmasligi. Samarali foydalanish yo‘llari: – Muqobil ekinlarni ekish: arpa, suli, zig‘ir, dukkakli o‘simliklar. – Agrotexnik tadbirlar: tuproqni mulchalash, chuqur haydash, minimal ishlov. – Suv tejovchi texnologiyalar: tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatish usullari. – Chorvachilik bilan uyg‘unlashtirish: ozuqa bazasini yaratish. – Iqlimga mos texnologiyalarni joriy etish: barqarorlikka asoslangan yondashuvlar. – Qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar: agrodrone, monitoring tizimlari. Xulosa. https://scientific-jl.com 8 8 65-son_2-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Qamashi tumanida joylashgan lalmi yerlardan samarali foydalanish uchun an’anaviy usullardan tashqari, ilmiy asoslangan, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish zarur. Suvdan tejamkor foydalanish, muqobil ekinlarni ekish va yerga doimiy agrotexnik ishlov berish orqali cho‘l va adir hududlardagi yerlarning hosildorligini oshirish mumkin. Shuningdek, fermer va dehqonlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali lalmi yerlar iqtisodiy samaradorlik manbaiga aylanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xushmurodov F.M. Qashqadaryo havzasi vohalari agrolandshaftlarin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Qamashi tumanidagi cho‘l va adir hududlarda joylashgan lalmi yerlarning hozirgi holati tahlil qilinadi hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Qamashi tumanidagi cho‘l va adir hududlarda joylashgan lalmi yerlarning hozirgi holati tahlil qilinadi hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqlimga mos ekinlar, yer unumdorligi., suv resurslari, agrotexnika, hosildorlik, Kalit so‘zlar: Lalmi yerlar, Qamashi tumani, cho‘l va adir hududlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники