К содержанию
РецензированоUZ2026

URBANIZATION AND BIODIVERSITY: THE NATURALIZATION OF URBAN DEVELOPMENT.

RIVOJLANISH XUSUIYATLARINI O‘RGANISH. · Sulaymanova Muhlisa Kozimjon qizi · v.b dotsent PhD Utbasarova Umida.M

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada motor alaliya — bolaning nutq markazlari zararlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqiy rivojlanish nuqsoni keng va chuqur yoritilgan. Alaliyaning kelib chiqish sabablari prenatal, natal va postnatal omillar orqali izohlangan. Maqolada alaliyaning turlari — motor, sensor va aralash shakllari haqida batafsil ma’lumot berilgan hamda ayniqsa motor alaliyaning klinik ko‘rinishlari, psixologik va nevrologik xususiyatlari chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu holatda bolalarda uchraydigan nutqiy, leksik-grammatik, artikulyatsion va fraza nutqi muammolari tavsiflangan. Alaliyaning erta tashxisi, logopedik terapiya va boshqa reabilitatsiya usullari orqali davolash muhimligi alohida ta’kidlangan. Maqola, alaliya bilan og‘rigan bolalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda tizimli, komple Kalit so‘zlar: Motor alaliya Bolalar nutqiy rivojlanishi Nutq nuqsonlari Prenatal omillar Logopedik terapiya Sensor alaliya Psixomotor rivojlanish Artikulyatsion muammolar Nutq markazi Nevrologik buzilish Fraza nutqi Alaliyaning davolash usullari M uloqot qobiliyati Reabilitatsiya Motor alaliyaga ega bo‘lgan bolalar va ularning rivojlanish xusuiyatlarini o‘rganish. Alaliya — bolaning prenatal yoki hayotining dastlabki rivojlanish davrida bosh miya yarim sharlari nutq zonalarining organik shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan patologik holat bo‘lib, u normal fiziologik eshitish va intellekt saqlangan holda nutqning yo‘qligi yoki yetarlicha rivojlanmaganligi bilan tavsiflanadi. Ushbu holat bolaning nutqiy rivojlanishida sezilarli cheklovlar va kechikishlarga olib keladi. Alaliya holatida bolaning eshitish va intellekt darajasi saqlangan bo‘lsa-da, nutq shakllanishi sezilarli darajada kechikadi yoki umuman rivojlanmaydi. Alaliyaning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar prenatal (homiladorlik davridagi), natal (tug‘ruq vaqtida yuzaga keluvchi) va postnatal (tug‘ruqdan keyingi) bo‘lishi mumkin. Prenatal omillarga homiladorlik davrida ona organizmidagi patologiyalar, masalan, gipoksiya, https://scientific-jl.com 9 0 65-son_2-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali toksikoz, yuqumli kasalliklar (qizamiq, toksoplazmoz, qizilcha va boshqalar), onaning og‘ir anemiyasi yoki surunkali kasalliklari, homiladorlik paytida qabul qilingan zararli dorilar yoki toksik moddalarning ta’siri kiradi. Natal omillar tug‘ruqning og‘ir kechishi, asfiksiya (kislorod yetishmovchiligi) va tug‘ruq travmalarini o‘z ichiga oladi. Postnatal omillar esa hayotning ilk yillarida bosh miya shikastlanishi yoki jarohati, neyroinfeksiyalar (ensefalit, meningit) va uzoq davom etgan intoksikatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Alaliya turli xil sabablarga ko‘ra rivojlanishi mumkin, lekin tadqiqotchilar uning shakllanish mexanizmi va og‘irlik darajasidan qat’i nazar, umumiy tasnifga ega ekanligini aniqlashgan. Shu sababli, mutaxassislar alaliyaning qanday turlari borligini aniqlab, ularni guruhlarga ajratishgan. Hozirgi kunda logopedlar tomonidan alaliyaning V.A. Kovshikov tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyasidan keng foydalaniladi. Ushbu tasnifga ko‘ra, alaliya quyidagi turlarga bo‘linadi: ekspressiv (motor), impressiv (sensor) va aralash (sensomotor yoki motosensor) alaliya. Klinik kuzatuv natijalariga ko‘ra, ekspressiv alaliya retseptiv (sensor) alaliyaga qaraganda ancha keng tarqalgan; Aniq statistik ma'lumotlar yo‘q . Motor alaliya bolaning nutq markazlari joylashgan bosh miya qismlarining erta shikastlanishi natijasida rivojlanadi. Bu shikastlanish tufayli bola atrofdagilarning gaplarini eshitsa ham, o‘zi faol gapira olmaydi yoki so‘zlarni to‘g‘ri shakllantirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Zararlangan sohaga qarab, motor alaliyaning ikki turi farqlanadi: afferent motor alaliya va efferent motor alaliya. Afferent motor alaliyada bosh miyaning pastki po‘stlog‘ining shikastlanishi natijasida artikulyatsiya apparatining motor koordinatsiyasi buziladi, bu esa bolaning individual tovushlarni aniqlash va talaffuz qilishida qiyinchiliklarga olib keladi. Efferent motor alaliya esa Broka markazining shikastlanishi natijasida yuzaga kelib, so‘zlar va jumlalarni izchil, grammatika qoidalariga mos holda tuzish jarayonining buzilishi bilan tavsiflanadi. Bunday bolalar bir so‘zli iboralar bilan cheklanib qolishi yoki nutqini izchil rivojlantira olmasligi mumkin. Sensor alaliya bosh miyaning eshitish va nutqni tushunish bilan bog‘liq sohalari shikastlanganda rivojlanadi. Bu holatda bola eshitish qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, so‘zlarni anglab yetishda qiyinchilikka duch keladi. Natijada u atrofdagilarning gaplarini to‘liq tushunmaydi yoki noto‘g‘ri talqin qiladi, bu esa tovushlarini analiz va sintez qilish jarayonining buzilishiga olib keladi. Sensor alaliyalik bolalar odatda atrofdagi odamlarning gaplarini to‘liq tushunmaydi yoki so‘zlarni noto‘g‘ri talqin qiladi, bu esa ularning nutqiy rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Aralash alaliya (sensomotor yoki motosensor) esa motor va senso

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada motor alaliya — bolaning nutq markazlari zararlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqiy rivojlanish nuqsoni keng va chuqur yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada motor alaliya — bolaning nutq markazlari zararlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqiy rivojlanish nuqsoni keng va chuqur yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivers, biodiversity, lakes, Keywords: urbanization, natural environment, natural areas, ecosystems., human factor
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники