К содержанию
РецензированоUZ2025

“ICHIMIZDAGI NAZRUL ISLOM” (maqola)

“ICHIMIZDAGI NAZRUL ISLOM” · Ergasheva Nilufar Akramjon qizi

Исследователь · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni tahlil etiladi. Dostondagi har bir rivoyatning ma’naviy- ma’rifiy jihatlari yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: Jaholat, ma’rifat, Nazrul Islom, abadiyat, g‘alayon, isyon va oriflik. “Har bir san’atkor, – xoh u qo‘shiqchi, rassom bo‘lsin, xoh shoir-u yozuvchi, – ijodining eng baland cho‘qqilari bo‘ladi. Bu cho‘qqilar yo o‘z vaqtida (muallifning tirikligida) yohud ma’lum zamonlar o‘tgach (muallifdan keyin) ko‘zga tashlanadi. O‘zbekning ulkan shoirlaridan biri Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni shoir ijodidagi ana shunday cho‘qqilardan biri”-, degan edi shoir, yozuvchi Ulug‘bek Hamdam. Har qanday jamiyatning milliy qiyofasini saqlab qoluvchi katta kuch shoirlardir. Shoir so‘zining ikki xil ma’noda tushunamiz. Birinchisi, lirika masalasida. Inson tuyg‘ularini o‘ziga oyna qilishda she’rdan foydalaniladi. Bir qatlam shoirlar “She’r bu - tuyg‘u” desa yana bir toifadagilar “She’r bu – isyon” deydi. Shoirning ikkinchi vazifasi, ijtimoiy hayot bilan hamnafasligi, muammolarga qarshi isyoni aks etishi. Shoir Erkin Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonini yozib o‘z ijodida HAYKAL asar yaratdi. Nafaqat o‘z ijodi uchun, balki adabiyot, xalq uchun ham uzoq yillar yashaydigan doston yozdi. Ilk marta “Ruhlar isyoni” dostonini o‘qib chiqqan kezlarimda deyarli hech narsa tushunmagan ekanman. Nazrul Islom bir tomonda qolib, “Jaholat to‘g‘risida rivoyat” dagi tabibga rahmim kelgan. Ha, faqat tabibga. Endi 18 yosh qiz tafakkuri bilan tabibga emas, undan ko‘proq avomga rahmim keladi: Tinmay Kechayu kunduzi Topib kitob so‘zidan, Dedilar: “Dard bergan — O‘zi! Davosi ham O‘zidan! https://scientific-jl.com 2 0 7 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Bandasiga bermak doru Yaratganga isyondir. Demak, Hakim ishi makru Uning o‘zi Shaytondir” Yaxshilik qilgan inson har qanday davrda qadrlanmagan. Tabib obrazi esa zamonaning olimiga tenglashtirilgan obraz edi. Demak, insonlar tabibni ham, shoirni ham, olimni ham o‘z vaqtida qadriga yetmaydi degan xulosa chiqarish ham mumkin. Ammo meni hayratlantirgan yana bir qahramon bor. Bu ko‘r odam obrazi. O‘z dunyosini qorong‘u deb bilgan edi, afsuski ko‘zlari ochilganda ko‘rlik olamining qorong‘uligidan-da kattaroq qorong‘ulik – jaholat borligini ko‘rdi. Qani endi ko‘zlari ko‘r bo‘lsa-yu shu jaholatni ko‘rmasa edi: O‘ylar edim dunyoda bor Musaffolik, soddalik. Ko‘zim ochib Ko‘rdim ilk bor Berahmlik, soxtalik. O‘g‘rilig-u fahshni ko‘rib Jim yurarkan odamlar. O‘z do‘stiga Kulib turib, Tig‘ urarkan odamlar. Bir yonda aysh Ko‘kka chirmash. Bir yonda, boq, ohu voh… Bukun mening ko‘nglimda g‘ash, Imonimda — ishtiboh. Shoirning eng katta topilmasi tabib emas. Chunki har doim ilm odamlari zulm ostida qolishgan. Mening fikrimcha, eng katta yutug‘, topilma - ko‘r odam obrazi. Ko‘ngil ko‘zlari ochilmay qolgan insonlar fojiasi haqida bu rivoyat. Har bir fasl alohida-alohida tahlilga chorlaydi. “Ruhlar isyoni” dostoni aslida Nazrul Islom hayot yo‘liga bag‘ishlangan. Nazrul Islom aslida kim edi? Shoir, yozuvchi, musiqachi, faylasuf va jamoat arbobi. U asosan insoniy tenglik, hurlik kuylangan jabr-zulmga qarshi ruhda yozilgan she’rlari bilan mashhur. Otashqalb shoir ijtimoiy adolatsizlik qoralangan she’rlari va milliy ozodlik uchun kurashganligi bois “Bidrohi Kobi”, ya’ni “Isyonkor shoir” laqabini olgan. “Ruhlar isyoni” dostonining kompozitsion qurilmasi tizimli shaklda tartiblanib, mustaqil besh fasl va o‘n rivoyatdan tashkil topgan. Har bir rivoyat keyingi faslning https://scientific-jl.com 2 0 8 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali mantiqiy davomi bo‘lib, yozuvchi qissadan hissa tarzida izchillikka amal qilgan. Dostonning kirish qismida istibdod og‘ir dard sifatida aytiladi. “Abadiyat haqida rivoyat” nomli bo‘limda insonning mangu yashashi emas, balki uning hayoti abadiyat uchun xizmat qilishi lozimligi aytiladi. Xuddi shu bobda ko‘tarilgan mavzuni shumerlarning eposi “Bilgamish” da ham ko‘rishimiz mumkin. Bilgamish abadiyat uchun dengizlar oshib O‘tnaparshi ( abadiylikka erishgan shaxs) yoniga borganida ham abadiylikka erisha olmaydi. Ammo Erkin Vohidovning rivoyatida mavzuga yondashish uslubi o‘zgacha. Go‘yo Navoiy ham “Xamsa”sini hech qaysi “Xamsa”ga o‘xshatmagandek. “Shoir qalbi” faslida azaldan insonga isyon ruhi hokimligi, inson o‘zligini anglashga intilib yashashi aytiladi. Narzul Islom Xisrav Dehlaviy, Bedil, Boburlar singari oshiqlik haqida she’r yozib, dillarni xushnud aylashi mumkin edi, ammo taqdir unga ulug‘ ishni yukladi, u ozodlik haqida kuylashi o‘ziga qismat deb bildi: Yaramasang kuniga. Shoir esang, Shoir bo‘lib Nega kelding hayotga “Isyon qo ‘shig’i” faslida shoir inson ozod va hur bo‘lib tug‘ilgan, uning uchun QULLIK ISNODLIGI aytilib, inson zulmga bosh egmasligi kerak, deya uni isyonga chorlaydi. Isyon hodisaning asl mohiyatini anglash bilan boshlanadi. Isyon ham turlicha: amal uchun, e’tiqod uch

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
abadiyat, Nazrul Islom, Kalit so‘zlar: Jaholat, g‘alayon, ma’rifat, isyon va oriflik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники