К содержанию
РецензированоUZ2026

SHIFOKOR QABULIGA NAVBAT JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH VA UNING SAMARADORLIGI

VA UNING SAMARADORLIGI · Rustamova Nodiraxon Abduraxmon qizi (Andijon Davlat Texnika Instituti talabasi,) · Ilmiy raxbar: S.Ibragimov (Andijon Davlat Texnika Instituti talabasi,)

Исследователь · 2026

Аннотация

This thesis explores the relevance of digitalizing the appointment and queue management system in the healthcare sector. Implementing digital solutions improves service quality, saves time, and increases patient convenience. The system enables automated queue scheduling through a mobile application and web portal. Additionally, it reduces doctors’ workload, enhances communication, and ensures efficient management of patient flow. Keywords: digital queue, healthcare, mobile application, doctor, patient, online platform. Аннотация: В данной тезисной работе рассматривается актуальность цифровизации процесса записи и ожидания в очереди к врачу в сфере здравоохранения. Внедрение цифровых решений повышает качество обслуживания, экономит время и обеспечивает удобство для пациентов. Система автоматизирует запись через мобильное приложение и веб-портал. Также снижается нагрузка на врачей, улучшается передача информации и оптимизируется управление потоком пациентов. Ключевые слова: цифровая очередь, здравоохранение, мобильное приложение, врач, пациент, онлайн-платформа. Bugungi raqamli transformatsiya davrida jamiyat hayotining barcha jabhalarida, xususan sog‘liqni saqlash sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tobora kengaymoqda. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, vaqt va resurslarni tejash, xizmat ko‘rsatish tartibining shaffofligini ta’minlash zamonaviy yechimlarni talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, https://scientific-jl.com 1 6 9 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tibbiy muassasalarda shifokor qabuliga navbat jarayonini raqamlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda[1]. An’anaviy navbat tizimi — ya’ni jonli tartibda navbat kutish yoki telefon orqali oldindan yozilish — ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bemorlar tomonidan uzoq kutish, qabul vaqti bilan bog‘liq noaniqliklar, resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishi va shifokorlar yuklamasining oshishi bu tizimdagi muammolarning asosiylaridandir[2]. Ushbu muammolarga zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida yechim topish mumkin. Shifokor qabulini raqamlashtirish orqali navbatlarni onlayn tarzda tashkil qilish, bemorlar uchun qulaylik yaratish, shifokor ishini rejalashtirish va vaqtni optimal taqsimlash imkoniyati yaratiladi[3]. Mobil ilova yoki veb-portal orqali amalga oshiriladigan navbatlar avtomatlashtirilgan tarzda yuritiladi, bu esa jarayonni tezkor va shaffof qiladi. Mazkur tezisda sog‘liqni saqlash sohasida raqamli navbat tizimini joriy etishning afzalliklari, uni yaratishning texnik va tashkiliy jihatlari, hamda mavjud tizimlar bilan solishtirma tahlil asosida raqamlashtirish samaradorligi yoritiladi. Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sog‘liqni saqlashda axborot texnologiyalarini samarali joriy etish orqali sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishga hissa qo‘shishdan iborat[5]. Tadqiqot davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud navbat kutish amaliyotlari o‘rganildi va ularni raqamlashtirish yo‘nalishida bir qator tajribaviy tahlillar o‘tkazildi. Xususan, Andijon viloyatidagi bir nechta poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida hozirgi ishlatilayotgan navbat tizimi, bemorlar oqimi, kutish vaqti, yozilish usullari va shifokorlar yuklamasi bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ildi[6]. 1. An’anaviy navbat tizimidagi kamchiliklar: Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunda asosan uch xil usul qo‘llaniladi: - Telefon orqali yozilish - Yozma daftarlar orqali ro‘yxat yuritish - Bevosita klinikada navbatga turish Bu usullar quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi: - Bemorlar tomonidan uzoq vaqt navbatda kutish - Shifokor ish jadvalining tartibsizligi - Navbatlar ustidan nazoratning sustligi - Favqulodda holatlarda bemorlarni qabul qilishdagi murakkabliklar[4]. 2. Raqamli tizim modeli ishlab chiqildi: Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun mobil ilova va veb-portal orqali ishlaydigan raqamli navbat tizimi prototipi ishlab chiqildi. Tizim quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: - Shaxsiy kabinet orqali ro‘yxatdan o‘tish - Shifokor tanlash va mavjud bo‘sh vaqtlarni ko‘rish - Qabulga yozilish va eslatma olish - Navbat holatini real vaqtda kuzatish https://scientific-jl.com 1 7 0 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 3. Sinov natijalari:Tizim sinov tariqasida kichik guruh (50 ta foydalanuvchi) ishtirokida testdan o‘tkazildi. Quyidagi ijobiy natijalar qayd etildi: Ko‘rsatkich An’anaviy tizim Raqamli Farq tizim (%) O‘rtacha kutish vaqt 45 daqiqa 10 daqiqa -78% Bemorlarning qoniqish 62% 93% +31% darajasi Shifokor ish samaradorligi 100% 135% +35% Soxta yozilishlar 18% 0% -100% 4. Foydalanuvchilarning fikrlari: Foydalanuvchilarning aksariyati tizimni sodda, tushunarli va qulay deb baholadi. Ayniqsa, keksa yoshdagi foydalanuvchilar uchun Telegram orqali navbat olish imkoniyati afzal deb topildi. 5. Xavfsizlik va integratsiya: Tizim ma’lumotlar bazasi MySQL asosida qurilgan bo‘lib, foy

Доказательный фрагмент

«This thesis explores the relevance of digitalizing the appointment and queue management system in the healthcare sector.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis explores the relevance of digitalizing the appointment and queue management system in the healthcare sector. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital queue, healthcare, mobile application, doctor, patient, online, Kalit so‘zlar: raqamli navbat, shifokor, bemor, sog‘liqni saqlash, mobil ilova, onlayn platforma.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники