Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JEYMS KLIRNING “ATOM ODATLAR” KITOBI: SHAXSIYAT, MUHIT VA O‘ZGARISH YO‘LI
VA O‘ZGARISH YO‘LI · Lutfullaxo‘jayeva Vaziraxon Fayzulloxon qizi (Andijon davlat chet tillari instituti,)
Исследователь · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются ключевые идеи книги Джеймса Клира «Атомные привычки». Автор доказывает на научных и практических примерах, как маленькие, но систематические привычки могут привести к большим жизненным изменениям. Анализируются формирование привычек, личность и влияние среды. Kalit so'zlar: Atom odatlar, odat shakllanishi, shaxsiyat, muhit, izchillik, hayotiy o‘zgarish. Keywords: Atomic habits, habit formation, identity, environment, consistency, life transformation. Ключевые слова: Атомные привычки, формирование привычек, личность, среда, систематичность, жизненные изменения. Bugungi tezkor va raqobatbardosh dunyoda insonlar o‘z hayotini yaxshilash, samarali ishlash va salbiy odatlardan qutulish yo‘llarini izlamoqda. Biroq ko‘pchilik katta o‘zgarishlar faqat yirik qarorlar yoki keskin harakatlar bilan yuz beradi, degan noto‘g‘ri tasavvurda. Amerikalik yozuvchi va odatshunoslik bo‘yicha ekspert James Clear tomonidan yozilgan “Atom odatlar” kitobi bu fikrni rad etadi va aksincha, hayotdagi eng katta o‘zgarishlar aynan kichik, ammo muntazam qadamlar orqali sodir bo‘lishini asosli dalillar bilan isbotlaydi. “Atom odatlar” – bu oddiy, ammo chuqur g‘oyalarga asoslangan qo‘llanma bo‘lib, unda inson o‘z odatlarini qanday aniqlashi, o‘zgartirishi va mustahkamlashi mumkinligi amaliy misollar orqali tushuntiriladi. Kitobning asosiy shiori shunday: https://scientific-jl.com 1 9 2 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali "Katta o‘zgarishlar kichik odatlardan boshlanadi." Ushbu maqolada kitobning asosiy g‘oyalari, foydali maslahatlari va hayotiy darslari haqida so‘z yuritiladi. James Clear “Atom odatlar” kitobida shunday asosiy fikrni ilgari suradi: hayotingizni tubdan o‘zgartirish uchun sizga yirik reja yoki muhim qaror emas, balki har kuni qilinadigan kichik, ammo doimiy odatlar kerak. U buni “atom odatlar” deb ataydi – ya’ni bir qarashda arzimasdek tuyulgan, lekin o‘z vaqtida katta kuchga aylanuvchi odatlar. Muallif o‘z g‘oyasini matematik misol bilan ifodalaydi: agar siz har kuni o‘zingizni atigi 1% yaxshilab borsangiz, bir yil ichida o‘z ustingizda 37 barobar kuchliroq bo‘lasiz. Aksincha, har kuni 1% yomonlashsangiz, yil oxirida siz deyarli o‘zingizdan asar ham qoldirmaysiz. Bu oddiy formula katta saboq beradi – yaxshi odatlar vaqt o‘tishi bilan kutilgan natijalardan ham ortiq foyda keltiradi, yomon odatlar esa asta-sekinlik bilan insonni ichidan yemiradi. Kitobda inson hayotidagi eng muhim o‘zgarishlar nafaqat natijalarga, balki jarayonga asoslanishi kerakligi uqtiriladi. Maqsadlar qo‘yish yaxshi, ammo faqatgina natijaga e’tibor qaratish bizni muvaffaqiyatga olib chiqmaydi. Asl e’tibor — biz qurayotgan tizimga qaratilishi kerak. Masalan: Maqsad: 10 kg ozish Tizim: sog‘lom ovqatlanish, muntazam sport, uyqu rejimi Ushbu nuqtai nazar odatdagi "motivatsiya" va "maqsad qo‘yish" yondashuvidan farq qiladi. Motivatsiya vaqtinchalik, ammo odatiy tizim — barqaror. Clear shuningdek, bizning odatimiz aslida shaxsiyatimiz aksidir, deb yozadi. Biz o‘zimizni qanday tasavvur qilsak, shunday harakat qilamiz. Misol uchun: “Men chekishni tashlamoqchiman” degan odam hali chekuvchi deb hisoblanadi. Ammo “Men chekuvchi emasman” deb aytgan inson o‘zini allaqachon boshqacha shaxs sifatida ko‘radi. Demak, yangi odatlar yaratishda o‘zimiz haqidagi tasavvur – shaxsiy identitet – markazda bo‘lishi kerak. O‘zgartirishni istagan odatni emas, balki o‘zgartirmoqchi bo‘lgan shaxsni aniqlash eng muhim qadamlardan biridir. James Clear “Atom odatlar” kitobida odatlarni yaratish va ularni mustahkamlash uchun ilmiy asoslangan, amaliy tizimni taklif qiladi. Muallifga ko‘ra, har qanday odat to‘rt bosqichli jarayon asosida shakllanadi: ism (cue), istak (craving), javob (response), mukofot (reward). Ushbu to‘rt bosqich – miyamizda har qanday avtomatik harakatlar qanday paydo bo‘lishini tushunishga yordam beradi. Ism (Turtki): Bu — odatni boshlovchi tashqi yoki ichki signal. Masalan, tongda uyg‘onish budilnik ovozidan boshlansa, bu “ertalabki tartib” odati uchun turtki bo‘lishi mumkin. Bu bosqichda atrof-muhitdagi belgilar bizga biror harakatni eslatadi. Istak: Turtkidan so‘ng bizda ushbu harakatga bo‘lgan ichki istak paydo bo‘ladi. Muallif ta’kidlaydiki, odamlar harakatni emas, balki harakatdan keyingi hissiy holatni xohlaydi. Masalan, biz qahva ichishni emas, hushyorlik va tetiklikni xohlaymiz. https://scientific-jl.com 1 9 3 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Javob: Bu — odatni bajarishning o‘zi, ya’ni amaliy harakat. Har qanday odat bu bosqichda shakllanadi. Agar harakat juda qiyin yoki noqulay bo‘lsa, miyamiz uni bajarmaslikka harakat qiladi. Shu sababli, yaxshi odatlarni soddalashtirish juda muhim. Mukofot: Odat oxirida biz biror ijobiy natijani olamiz — bu yoqimli his, yengillik, maqtov yoki boshqa turdagi rag‘bat bo‘lishi mumkin. Aynan mukofot tufayli miya bu odatni eslab qoladi va keyingi safar ham uni takrorlashga
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются ключевые идеи книги Джеймса Клира «Атомные привычки».»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются ключевые идеи книги Джеймса Клира «Атомные привычки». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Atomic habits, habit formation, identity, environment, consistency, izchillik, Kalit so'zlar: Atom odatlar, muhit, hayotiy o‘zgarish., odat shakllanishi, shaxsiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026