К содержанию
РецензированоUZ2026

O`RTA ASRLARDA SHARQNING BUYUK MUTAFFAKIRLARILARI RISOLALARIDA MUSIQANING TUTGAN O‘RNI

Mamatkulov Oybek · Mamatkulova Maxfuza · Mamatkulov Abdulxamid · Zahiriddin Muhammad Bobur · Abdurahmon Jomiy · Alisher Navoiy

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o`rta asrlarda sharqning buyuk mutaffakirlari risolalarida musiqaning tutgan o‘rni va ularning negizi ko‘rsatilgan. Ushbu masalalarni hal qilishda olib borilgan tadqiqotlarga va olingan tajribalar natijalariga binoan, uchraydigan muammolarni echimi taklifi berilgan. Kalit so‘zlar: risola, evritmiya, mimesis, mutafakkir, san’at, musiqa, kanon. Buyuk sharq allomalari Muhammad AlXorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug‘ bobokalonlarimiz o‘zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg‘u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san’atkorlikning qoidalariga bag‘ishlangan alohida bob o‘rin olgan. Qadimiy qo‘lyozmalarda X-XII asrlarda ijod qilgan Abubakr Rubobiy, Bunasr, Buamir va changchi Lukoriy va boshqa sozanda va hofizlarning nomlari eslab o‘tiladi. IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o‘z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo‘lganligi, ayniqsa «Bo‘yi juyi muliyon» she’rini ushshoq kuyida aytilgani qadimgi qo‘lyozmalarda ko‘rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallaev qadimiy ko‘lyozmalar asosida X-XII asrlarda tanbur, rubob, kushnog‘ora, qo‘biz, tabl, tanburok, zir, nay, chag‘ona, shaypur, surnay, karnay, arg‘unan, qonun kabi torli, zarbli va puflab chaladigan cholg‘u asboblari o‘lkamizda keng tarqalganini va o‘n ikki maqom taraqqiy topib takomillashganini ko‘rsatib o‘tgan. Tarixiy manbalarga suyanib A.Semenov yozishicha X-XII asrlarda Buxoro Samarqand Balx kabi shahar sozandalarining orasida shahar arkalarida va maydonlarida kechayu kunduz to‘xtamay 12 maqomni ijro etuvchilar bo‘lgan ekan. Har bir maqom navbati oldidan ular o‘z kiyimlarini o‘zgartirib turishgan ekan. Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida shakllangan bo‘lib, ular o‘z risolalarida musiqanig jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati https://scientific-jl.com 1 7 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali xaqida atroflicha ma’lumot berganlar. Forobiyning ( 873 -950) “Katta musiqa kitobi” (“ Kitob al-musiqa al-kabir”), Ibn Sinoning ( 980-1037) “Davolash kitobi” (“Kitob ush-shifo”) qomusidagi “Musiqa xaqida risola”, Al-Xorazmiyning (X asr) “Bilimlar kaliti”, Safiuddin Urmaviyning (1216 -1294) “Olijanoblik xaqida kitob” yoki “SHarafiya kitobi”, Jomiyning (1414-1492) “Musiqa xaqida risola” kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg‘ulari haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan. O‘rta asrlardayoq SHarqning buyuk mutaffakkirlari musiqiy psixologiya, musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o‘rganishgan: Forobiyning «Musiqa haqida katta kitob»i va boshqa asarlari, Ibn Sinoning «Kitob ash-shifo», «Kitob an-najot», «Donishnoma» kabi asarlarining musiqa haqidagi bo‘limlari, Abdurahmon Jomiyning «Risolai musiqa» kitobi shular qatorida turadi. Musiqa psixologiyasi haqidagi yanada qadimiyroq ta’limotlar Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy olimlari, zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da bayon etilgan. Pifagorning evritmiya, Arastuning mimesis ta’limotlari shular jumlasidan. Ular musiqaning inson ongi, shaxsiga, umuman, jamiyat rivojiga ulkan ta’sirini ta’kidlab o‘tishgan. Masalan, Aflotun «davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi lad va qay ritmda yangrayotganligigiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq», – degan.Safiuddin Urmaviy iste’dodli ud cholg‘uchisi, xonanda, mashhur sozanda sifatida tanilgan. U Ozarbayjonning Urmiya shahrida tug‘ilgan. Safiuddinning eng katta yutug‘i lad (“modus”)larning mukammal sitemasini ishlab chiqqanligidadir. Ibn Zaylining (1044 yilda vafot etgan) “Musiqa haqida to‘liq kitob”i (“ Kitob ul-kabi fil musiqiy “) uning musiqa ilmidagi yagona va bebaho kitobidir. U yangi usulni - musiqada ladlarni harflar bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abdulqodir Marog‘iy ( XV asr), Abdulqodir ibn- G‘oyibiy (Marog‘iy), Ozarbayjonning Marog‘ shahrida tug‘ilgan bo‘lsada, hayotining ikkinchi yarmi Temur saroyida Samarqandda o‘tgan va Hirotda vafot etgan. “Musiqa ilmida ohanglar to‘plami”(“ Jami al-alxan fi-ilm al musiqiy”) risolasida musiqa xaqidagi ta’limotni - kamoncha etti torli g‘ijjak kabi bir turdagi musiqa cholg‘ulari borligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitdi. Al-Husaynning (XV asr) Musiqiy Kanonlarida asosan O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan ikki torli musiqa cholg‘usi - dutor haqida ma’lumot berilgan. Qutbiddin ash-SHeroziy (1236-1310) eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo‘lib, o‘z risolasida kamonchali tanbur haqida ibratli mulohazalar bildirgan, hamda inson ovozini musiqa asboblari ichida eng yoqimli deb hisoblagan. XVII asrda yashagan buxorolik musiqashunos Darvish Ali o‘z risolasidagi tanbur,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o`rta asrlarda sharqning buyuk mutaffakirlari risolalarida musiqaning tutgan o‘rni va ularning negizi ko‘rsatilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o`rta asrlarda sharqning buyuk mutaffakirlari risolalarida musiqaning tutgan o‘rni va ularning negizi ko‘rsatilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kanon., mutafakkir, Kalit so‘zlar: risola, musiqa, san’at, evritmiya, mimesis
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники